Reja 11. 1 Mehnat resurslari va mehnat unumdorligining qishloq -fayllar.org
в ГТ1
n Bunda St- oylik tarif stavkasi; Th - bir oy ichidagi haqiqatda ishlangan kunlar miqdori; Thp - bir oy ichidagi hisoblangan ish kunlari soni (taqvim fondidan dam olish va bayram kunlari chegirib tashlanadi).
Oddiy vaqtbay haq to‘lashda ishlangan vaqt miqdori bilan ish haqi o‘rtasida mutanosib bog‘liqlik bor. Oddiy vaqtbay mehnat haqi to‘lashning boshqacha bog‘lanish shakllari mavjud emas.
Mehnatga oddiy ishbay haq to‘lashshunday tuzilganki, ishchining ish haqi ishbay bahoga bog‘liqdir, u tayyorlangan mahsulot birligi (bajarilgan ish) uchun to‘langan haqdan iboratdir, shuningdek ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish) miqdoriga bog‘liqdir. Ish haqi miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Iishb.=R ■ П, bunda Iishb. - mehnatga ishbay haq to‘lanadigan xodimning ish haqi (so‘m); R - mahsulot (bajarilgan ish) birligi uchun belgilangan ish haqi (so‘m); n - tayyorlangan mahsulot (bajarilgan ish)ning miqdori (so‘m);
Amalda mehnatga ishbay haq to‘lashning quyidagi tizimlari: yakka tartibdagi, jamoa (brigada), bir yo‘la haq to‘lash, bevosita, ishbay-progressiv va ishbay-regressiya tizimlari qo‘llanadi.
Mehnatga haq to‘lashning yakka tartibdagi ishbay tizimida bajarilgan ishning (buyum, detal, operasiya) har bir birligi uchun o‘zgarmas ishbay narx belgilanadi. U quyidagi formulalardan biri bo‘yicha aniqlanadi:
С
R = Стр
Н y°ki R -Str • Nvt, bunda R - ishbay narx (so‘m, tiyin); Str - bajarilayotgan ish razryadiga to‘g‘ri keladigan tarif stavkasi (so‘m, tiyin); Nich - mahsulot ishlab chiqarish normasi; Nvt - vaqt normasi.
Ishbay narxlarni aniqlashda tarif stavkalari uchun olinadigan vaqt birligi normalar belgilanadigan vaqt birligiga mos kelishiga (soat, smena) rioya qilinishi zarur.
Ko‘p stanokli xizmat ko‘rsatish sharoitida yakka tartibdagi ishbay haq to‘lashni tashkil etish muayyan o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Agar ishbay ishchi vaqt normalari bo‘yicha bir necha stanokda ishlasa, belgilangan xizmat ko‘rsatish me’yori shu doirada bo‘lganda, ishbay norxlar quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: