Reja 11. 1 Mehnat resurslari va mehnat unumdorligining qishloq -fayllar.org
С DтР U R= Нвт
п bunda n - xizmat ko‘rsatish me’yori bilan belgilangan stanoklar sonidir.
Mehnat haq to ’lashning jamoa (brigada) ishbay tizimi shundayki, bunda ishchilarning ish haqi ishlab chiqarish brigadasi bajargan ish hajmi (mahsulot miqdori)ga muvofiq hisoblab chiqiladi. Ishbay haq to‘lashning bu turi ancha samarali bo‘ladi, chunki ishchilar guruhi ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarish uchun bir vaqtda kuch-g‘ayrat zarurati zarur bo‘ladi, ya’ni brigada a’zolari o‘rtasida doimiy ishlab chiqarish aloqasi o‘rnatiladi, uning buzilishi esa mehnat natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur tizimning tatbiq etish sohasi ishlab chiqarishni kompleks mexanizasiyalashni amalga oshirishga qarab kengaytirib boriladi. U egali alohida-alohida bajarilgan ko‘pgina operasiyalarni birga qo‘shib bajarish imkonini beradi.
Jamoa ishbay haq to‘lash usuli kompleks brigadalarida keng tatbiq etiladi, ularda kasblarni birga qo‘shib bajarish va ishchilarning bir-birlari o‘rnida ishlashi rivojlangan bo‘lada (qurilish brigadalari kumir va kon-ma’dan sanoatidagi tozalash zaboylarida, o‘rmon yog‘ochi tayyorlashda). U brigada bo‘lib xizmat ko‘rsatishda, yirik agregatlarni apparat va mexanizmlarni kuzatish va nazorat qilishda ham maqsadga muvofiqdir.
Mehnatga haq to‘lashning mazkur tizimida ishchilarning ish haqini hisoblash butun brigada uchun mo‘ljallangan umumiy jamoa narxlarini tatbiq etgan holda amalga oshiriladi (bunda brigada ichida qat’iy, barqaror mehnat taqsimoti bo‘lmaydi) yoki yakka tartibdagi ishbay narxlarni tatbiq etgan holda amalga oshiriladi (bunda brigadada ishchilarning mehnati qat’iy taqsimlangan bo‘ladi). Birinchi holda brigada tomonidan bajarilgan ish hajmi, ishlab chiqarilgan mahsulot birligi uchun umumiy jamoa narxi asosida umuman brigadaning ish haqi belgilanadi, keyin esa bu ish haqi uning a’zolari o‘rtasida taqsimlanadi. Ikkinchi holda har bir ishchining mehnatiga u bajargan ma’lum bir ish turiga qarab belgilanadigan narxlar bo‘yicha haq to‘lanadi. Bunda ishlab chiqarilgan mahsulotni hisobga olish umuman brigada ishlab chiqargan pirovard mahsulot miqdoriga qarab olib boriladi.
Umumiy jamoa narxlarini aniqlashning ikkita varianti mavjud bo‘lishi mumkin. Birinchi variantda brigada a’zolarining kundalik tarif stavkalari summasi brigadaning smenada ishlab chiqargan mahsuloti normasiga bo‘linadi:
nI
Rx = IcTi •—
t=1 H ичбр bunda: Rj - jamoa ishbay narxi (so‘m, tiyin); Nich br - brigadaning mahsulot ishlab chiqarish normasi; Sti - ishchining tarif stavkasi (so‘m, tiyin); n - brigada ishchilari soni.
Ish haqini hisoblashning ikkinchi varianti bajariladigan ishning sermehnatligi kalkulyasiyasiga asoslangan. Jamoa ishbay narxi bunday holda brigada baj argan ishlar majmuiga kiradigan alohida ish turlarining operasiyalar bo‘yicha narxlari summasidan iboratdir. Brigadaning umumiy ish haqi tayyorlangan mahsulot miqdori (bajarilgan ish birligi) uchun umumiy jamoa narxi hosilasi sifatida aniqlanadi, keyin esa har bir ishchining razryadi va hisobot davrida u ishlagan haqiqiy vaqtni hisobga olgan holda brigada a’zolari o‘rtasida taqsimlanadi.
Brigada ish haqining tarqalgan taqsimlash usullaridan biri qo‘shimcha haq koeffisiyenti yordamida taqsimlashdir. Bunday holda har bir ishchining ish haqini hisoblash usuli quyidagilardan iborat bo‘ladi: a)haqiqatda ishlagan vaqt uchun butun brigada ish haqining tarif stavkasi summasi aniqlanadi; b)qo‘shimcha haq koeffisiyenti aniqlanadi, buning uchun jamoa narxlari bo‘yicha brigadaning haqiqatda olgan ish haqi tarif stavkasi bo‘yicha ish haqi summasiga bo‘linadi; v)har bir ishchining haqiqiy ish haqi hisoblab chiqiladi: uning ishlangan vaqt uchun tarif bo‘yicha ish haqi qo‘shimcha haq koeffisiyentiga ko‘paytiriladi.
Jamoa ish haqini taqsimlash usuli ham qarab chiqilgan usulga ancha yaqindir, bu usul bilan I razryadga doir keltirilgan ish soatlari soni va ishning bir soatiga I razryad bo‘yicha haqiqatda to‘lanadigan haq hisoblab chiqiladi. Mazkur usul bo‘yicha ish haqini taqsimlash uchun dastlab brigadaning har bir a’zosi ishlagan soatlar va umuman brigada ishlagan soatlar soni aniqlanadi. Buning uchun har bir ishchi ishlagan soatlar soni uning razryadiga to‘g‘ri keladigan tarif koeffisiyentiga ko‘paytiriladi. Olingan natijalar jamlanadi. So‘ngra brigadaning haqiqatda ishlagan ish haqi summasi brigadaning 1 razryad bo‘yicha keltirilgan ish soatlari miqdoriga bo‘lish bilan keltirib o‘tilgan bir soat ishga to‘g‘ri keladigan haqiqiy mehnat haqi miqdori aniqlanadi. Nihoyat, bir soatga to‘langan haqiqiy haq miqdorini har bir ishchining 1 razryad bo‘yicha ishlagan soatlari soniga ko‘paytirish yo‘li bilan ularning haqiqiy ish haqi aniqlanadi.
Jamoa ish haqini brigada a’zolari o‘rtasida taqsimlashda vujudga keladigan asosiy muammo har bir ishchining brigada ishining umumiy natijasiga shaxsiy hissasini yanada to‘laroq hisobga olishdan iboratdir. Brigada ish haqini taqsimlashning qarab chiqilgan usullari buni shunday holda hisobga olishi mumkin: agar har bir ishchi o‘zining malakasiga to‘g‘ri keladigan murakkablikdagi ishni bajarish kerak bo‘lsa, brigada har bir a’zosining mehnat unumdorligi taxminan bir xil bo‘lsa. Biroq amalda hamisha ham shunday bo‘lavermaydi. Ishchilarning umumiy brigada ishiga yakunlariga qo‘shgan alohida hissasi ko‘pincha birmuncha farq qiladi, ishlangan vaqt va razryad bir xil bo‘lganda, ish haqi ham bir xil bo‘ladi. bu hol brigada ish haqini taqsimlashning odatdagi usullariga tuzatish kiritish zarurligiga olib keladi.
Tuzatish kiritish usullaridan biri ishbay qo‘shimcha haqni va brigadaning jamoa mukofotini ishtirok etish koeffisiyentlari yordamida taqsimlashdir, ular brigadaning ayrim a’zolari umumiy topshiriqni bajarishda qanday ishtirok etganligi darajasini ifodalaydi. Ishtirok etish koeffisiyentlari brigadaning o‘zi tomonidan oylik ish yakunini chiqarish vaqtida hisoblab chiqish tartibida belgilanadi, hisoblash mehnatga haq to‘lash to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan bo‘lib, u xodimlar bilan ish beruvchi o‘rtasida kelishib olingan bo‘ladi.
Ishtirok etishning o‘rtacha koeffisiyenti bir deb qabul qilinadi. Uning pasayishi odatda mehnatga beparvolik bilan qarash, brigada boshlig‘ining topshirig‘ini bajarmaslik, mehnat unumdorligining pastligi, mehnat va texnologiya intizomini buzish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilmaslik va boshqa sabablar bilan bog‘liqdir. Ishtirok etish koeffisiyentini oshirish shunday hollarda qo‘llanadi: ishchi brigadaning boshqa a’zolariga nisbatan mehnat unumdorligida ancha yuqori natijaga erishadi, bir-biriga yaqin kasblarni (operasiyalarni) o‘zlashtirib oladi, ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishda tashabbus ko‘rsatadi, ishining sifati yuqori bo‘ladi. amalda ishtirok etish koeffisiyentlari brigadalarda belgilanadi va ko‘pincha 0,8-1,5 atrofida bo‘ladi. Ishlangan vaqt uchun tarif ish haqi odatda kafolatlanadi, qo‘shimcha haq miqdori esa ishtirok etish koeffisiyentiga mutanosib ravishda aniqlanadi. shunday bo‘lishi kerakki, belgilangan barcha ishtirok etish koeffisiyentlarining summasi brigada a’zolari soniga teng bo‘lishi zarur, aks holda taqsimlangan ish haqining miqdori yozilgan ish haqi miqdoriga teng bo‘lmasligi mumkin.
Mehnatga haq to‘lashning ishbay (akkord) tizimida akkord topshiriqqa kirgan muayyan ishlar majmuini bajarganlik uchun to‘lanadi, ayrim operasiyalar va ish turlarining bajarilishi hisobga olinmaydi. Akkord naryad bo‘yicha ish haqi summasi kalkulyasiya asosida hisoblanadi. U vaqt (mahsulot ishlab chiqarish) me’yorini va mazkur majmuaga kiritilgan ish turlari narxlari hisobga oladi.
Akkord mehnat haqi to‘lash odatda ishchilar jamoasi (brigada, zveno) uchun joriy qilinadi va haqiqatda pirovard mehnat natijalariga qarab mehnatga haq to‘lash jamoa tizimining bir varianti sifatida qaraladi. Ayni vaqtda u mehnatga ishbay haq to‘lashning boshqa turlaridan shu bilan farq qiladiki, ish haqining umumiy miqdori bajarilgan ish uchun ishchiga oldindan, ish boshlanmasdan e’lon qilinadi.
Akkord haq to‘lashning tatbiq etilishi odatda ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarishning muayyan muddatini belgilash bilan bog‘liqdir. Akkord naryadini olgan ishchi ish hajmini yaqqol tasavvur qiladi va bajaradigan ishi uchun oladigan haqini va uni bajarish muddatini bilib oladi, bu esa ishlarni bajarish muddatini qisqartirishdan manfaatdorlikni oshiradi. Haq to‘lashning mazkur tizimi ishlab chiqarish sikli uzoq davom etadigan tarmoqlarda (kemasozlikda), shuningdek ishlarni bajarish muddatini qisqartirish hal qiluvchi rol o‘ynaydigan hollarda (masalan, yirik ishlab chiqarish agregatlarini shoshilinch ta’mirlashda) maqsadga muvofiqdir.
Akkord haq to‘lashdan foydalanish uchun qurilishda ancha qulay imkoniyatlar mavjud. Bunga xalq xo‘jaligining mazkur tarmog‘i uchun xos bo‘lgan mehnatni tashkil etishning jamoa shakli va qurilish ishlarini jadallik bilan olib borish zarurligi yordam beradi. Akkord ishlab chiqarish topshirig‘i bajarilishida atmosfera sharoitlarining yomon kelishi tufayli butun-butun smenalarda ish to‘xtab qolishi mumkin. Bunday hollarda topshiriqni bajarish muddati uzaytirilishi, ko‘rsatib o‘tilgan tanaffuslar aniq hisobga olinishi mumkin.
Agar akkord topshiriqni bajarish uchun uzoq muddat talab qilinsa, ishchilarga mazkur hisob davrida bajarilgan ish hajmidan kelib chiqib avans beriladi. Uzil-kesil hisob-kitob topshiriqda ko‘zda tutilgan barcha ishlar yakunlangandan keyin amalga oshiriladi.
Mehnatga haq to‘lashning bevosita ishbay tizimi shundan iboratki, xodimning ish haqi uning shaxsiy ishlab chiqarish normasiga emas, balki boshqa xodimlar mehnatining natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Haq to‘lashning bunday tizimi ish normalari bajarilishini hisobga olish qiyinroq bo‘lgan yordamchi ishlarni bajaruvchi xodimlar uchun tatbiq etiladi, lekin asosiy ishbay ishlovchi xodimlar ishlab chiqarish normalarining bajarilishi ularning mehnati natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Bevosita ishbay tizim bo‘yicha, masalan, asbob-uskunalarni sozlovchilar, transport ishchilari (haydovchilar, kirachilar, yuk tashuvchilar) mehnatiga haq to‘lanadi, ular detallarni sexlar o‘rtasida va sexlar ichida tashish ishlarida band bo‘ladilar, shuningdek ko‘prikli kran haydovchilari va stropalchilar mehnatiga ham shu tizim bo‘yicha haq to‘lanadi. Mehnatga bevosita ishbay haq to‘lashdagi narxlar quyidagi formula bilan aniqlanadi: