Ambivalentli yondashuv u yoki bu hodisaning rivojlanish jarayonidagi
ziddiyatli tendensiyalarni tadqiq qilishda qo‘llaniladi; qiyosiy pedagogika muammolarini
muayyan mamlakatdagi ta‘lim taraqqiyotining xususiyati va o‘ziga xosligi o‘rtasidagi
ziddiyatlarni hisobga olgan holda hal etish imkonini beradi. Bu yondashuv shuningdek,
ko‘pgina davlatlarga xos bo‘lgan ta‘lim taraqqiyotidagi inqirozli hodisalarni tahlil
qilishda ham qo‘llaniladi.
Kompleks yondashuvzamonaviy ta‘limning ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lgan
komponentlarini (masalan: ta‘lim mazmuni, metodlari, ta‘limni tashkil etish shakllari,
tarbiya qadriyatlari, ta‘limni asosiy bosqichlari yoki darajalar sh.k.)ni ajratish va tahlil
etish ahamiyatli sanaladi. Ushbu yondashuvni qo‘llash orqali turli ta‘lim tizimlarini u
yoki bu asosini o‘zaro taqqoslash mumkin bo‘ladi. Turli ta‘lim tizimlarini taqqoslash
uchun zamonaviy ta‘lim tarkibiy tuzilmasiga kiruvchi ta‘lim va tarbiya maqsadi (bu
ta‘lim tizimi g‘oyasi to‘g‘risida tasavvur hosil qiladi) muhim ahamiyatga ega.
Insonparvar yondashuv ta‘lim jarayonida shaxs, uning o‘rni, ahamiyatini
aniqlash yo‘l va usullarini tushunishga yordam beradi. Bu o‘rinda pedagogning ham,
tarbiyalanuvchining ham subyekt pozitsiyasi asosiy o‘rinda turadi. Turli mamlakatlarda
ta‘limning insonparvar rivojlanish imkoniyatlarini tahlil qilish hamda ta‘limni
insonparvarlashtirishda o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shgan ta‘lim va maorif
arboblarini o‘rganishga yordam beradi. Shuningdek, bu yondashuv turli ta‘lim
tizimlarida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro munosabatni, u yoki bu ta‘lim
muassasasida har bir ta‘lim oluvchining ijtimoiy va individual pozitsyasini tushunishga
ham yordam beradi.
Tarixiy yondashuvturli davlatlarda ta‘limning davrlar va o‘zgarib boradigan
tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlarda rivojlanish jarayoni,
dinamikasini tahlil etish va tavsiflash imkonini beradi. Ushbu yondashuvni amalga
oshirish jarayonida u yoki bu davlatning ta‘lim tizimini shakllantirish va rivojlantirishga
poydevor vazifasini bajargan tarixiy voqea hamda hodisalarni hisobga olish zarur.
Sizga turli mamlakatlarda ta'limni tahlil qilish va tavsiflash imkonini beradi,
bunda tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa sharoitlar, shakllanish jarayoni,
rivojlanish dinamikasi hisobga olinadi. Ushbu yondashuvni amalga oshirishda
ma'lum bir mamlakatda ta'limning rivojlanish tendensiyalarini aniq belgilab bergan
tarixiy voqealarni hisobga olish kerak.