1-Mavzu Qog’oz va karton turlari. Qog’oz va kartonlardan trafat
13-Mavzu: Ilm fan va tabiat markazi uchun ko’rgazmalar tayyorlash.
Reja:
1. Ilm fan va tabiat markazi uchun ko’rgazmalar tayyorlash yo’riqnomasi
Guruhlarda xonalarni til va nutq markaziga mos holda jihozlash yo’riqnomasi:
1. Suv va qum uchun idishlar
2. Shaklli qolipchalar
3. Qumda o‘ynash uchun leyka, kurakcha, grablicha, paqircha, tuproqni yumshatuvchi tayoqcha, xokandoz
4. Rangli qum
5. Tabiiy materiallar: o‘rta xajmdagi toshlar, rangli toshlar, suv, kashtanlar (kashtan daraxti mevasi), shishkalar
6. Bolalar uchun oq xalat
7. Tabiat burchagi uchun xona gullari:
Balzamin, koleus, aukuba, kitayskiy rozan, begoniya, geran,agava, asparanus, tradiskansiya, kliviya, amarilis, plyush, xona uzumi
8. Tabiat va ob-havo kalendari (qor,yomg‘ir, shamol, do‘l, quyosh va hokazo)
9. Akvarium (baliqlar, suv toshbaqalari)
10. Qishki tomorqa : ekilgan piyoz (piyozni o‘sish darajalari aks ettiruvchi rasmlar), no‘xat urug‘larini ekish, kuzgi barglar, erta kurtak chiqaruvchi terak, siren kabi daraxt novdalari(fevral oxirida)
11. Yil fasllari aks ettirgan katta xajmdagi tasvirlar
12. Xasharotlar tutish uchun setkalar
13. Urug‘ yig‘ish uchun xaltachalar
14. Shishali o‘lchov idishlari
15. Tarozu
16. Lupa
Ilm-fan va tabiat markazida tajriba sinov maydonchasida o‘tkazilayotgan tajribalar bolalarda qiziqish uyg‘otadi va ularni yangi ixtirolar qilishga undaydi. Bu markaz bolalarni tabiat va undagi hodisalarni bilish uchun eng katta imkoniyat markazi hamdir. Markaz faoliyati to‘g‘ri tashkil etilsa bolalar tabiat haqidagi bilimlarning 90%ini o‘zlashtiradi. Markaz nafaqat bolalarda balki pedagoglarda ham qiziqish uyg’otadi. Hayotimiz davomida ishlatiladigan narsalarni qayerdan kelganligini, ulardan nimalar olinganligi haqidagi ma’lumotlar bolalarning o’z qo‘llari bilan urug‘larni tuvaklarga sepish orqali unga suv qo‘yishi va urug‘ unib chiqishi bola uchun juda qiziqarli holatlar sanaldi. Ilm-fan va tabiat markazida boshqotirma va konstruktor kabi bolalar yig‘ishi va bo‘laklarga ajratishi mumkin bo‘lgan narsalar bo‘lishi lozim. Bu yerda, shuningdek, bolalarning bir xilda taqqoslashlari, turlicha tasniflashlari, sanashlari uchun yordam beradigan o‘yinlar ham bo‘lishi kerak. Ushbu markazda bolalarning tabiat hodisalari haqida bilib olgan tushunchalari va ko‘chadan topilgan narsalar bilan mashg‘ul bo‘lishlari uchun foydalaniladi.