1-Mavzu: Qog’oz va karton turlari. Qog’oz va kartonlardan trafat, shablon va muxr tayyorlash texnikasi. Reja: Qog’oz turlari


-Mavzu: Tabiiy tashlandiq materiallardan ijodiy ishlar bajarish



Yüklə 408,06 Kb.
səhifə21/28
tarix16.12.2023
ölçüsü408,06 Kb.
#182146
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
1-Mavzu Qog’oz va karton turlari. Qog’oz va kartonlardan trafat

14-Mavzu: Tabiiy tashlandiq materiallardan ijodiy ishlar bajarish.


Reja:
1.Ekskursiya davomida tashlandiq materiallar yig’ish
2.Turli tuman tabiiy tashlandiq materiallardan ijodiy ishlar bajarish.

Tabiiy materiallar tarbiyachi rahbarligida ekskursiyalarda to'planadi. Ekskursiva uyushtirishdan oldin bolalarga bo'lajak ish namunasi ko'rsatiladi. Bolalar uni diqqat bilan ko'rib, unda ishlatilgan barg plastinkalarining shaklini, daraxt navlarini aniqlaydilar. Shundan so’ng uyushtiriladigan ekskursiya rejasi tuziladi. Ekskursiya marshrutida alohida e'tibor beriladigan obyekt (eman, zarang, akatsiya daraxtlari. hasharotlar, ninachi)lar aniqlanadi. Bolalarning e ’tiborlari va aqliy faoliyatlarini kuzatilayotgan obyektning zarur bo'lgan asosiy m uhim belgilari va xususiyatlarini ajratishga, to'planayotgan materialni to'g'ri baholashga yo'llaydigan savollar tuziladi. Daraxtzorga kelganda bolalar kayfiyati ko'tarilib, ular har narsaga qiziqish bilan qaraydilar, barglar, ularning ranglari bolalarni ajablantiradi. Ular kuzning butun go'zalligini, uning ranglarini, to'kilgan barglar hidi va ular o'zining elastiklik xususiyatini yo'qotganligini, qattiqlashib, sinuvchan bo'lib qolganligini ko'radilar. Bolalarning atrof-tabiat bilan zavqlanishlari kamayib borishiga qarab, ularning e'tibori barglarning shakli, daraxtlar navlariga qaratiladi. Ana shu vaqtda o'simliklarda sodir bo'lavotgan ichki jarayonlar qisqa va tushunarli shaklda bayon etib beriladi. Shundan kcyin bolalarning e'tibori atrofda uchib yurgan kapalak, ninachilarga, ularning asosiy belgilariga jalb qilinadi. Uchib yurgan hasharotlar ularning tuzilish shakllari mehnat darslarida hasharotlar applikatsiyasini tayyorlash uchun obraz, to'plangan barglar material xizmatini o'tashi kerak. Bolalar barglarni to'plar ekanlar, ularning ranglari, shakllarini qiyoslashni o'rganadilar, bu ularning kuzatuvchanligini o'stirishga yordam beradi. To'plangan barglar oldindan tayyorlab qo'yilgan daftar varaqlari orasiga qo'yiladi. Shundan keyin bolalarga barglarning mehnat mashg'ulotlarigacha rangini yo'qotmasligi, buralib ketmasligi uchun qanday ishlov berish kerakligi tushuntiriladi. Har 116 bir ekskursiyada bolalarning e ’tibori insonning yaratuvchilik mehnatiga albatta jalb etilishi kerak. Ekskursiya oxirida unga yakun yasaladi, ekskursiyada egallangan bilim lar um um - lashtiriladi. Bundan tashqari, bolalarga kapalak va ninachilar tasviri tushirilgan rasmlarni ko'rish, ularning tanasi va qanotlarining shakli, rangi qandayligiga alohida e'tibor berish topshiriladi. Bunday uyushtirilgan ekskursiyadan keyingi mashg'ulotda bolalar applikatsiyalarni zo‘r ishtiyoq bilan namoyish qiladilar, agarda applikatsiyani o'z istaklariga ko'ra, o'zlari to'plagan materiallardan mustaqil yasash topshirilsa, qiziqishlari yanada ortadi. Bunday mashg'ulot quyidagi sxemaga ega bo'lishi mumkin:


1. M ashg'ulot mavzusi va maqsadini aytish.
2. O 'tk a zilg a n ekskursiya b o 'y ic h a su hbat q u y id ag ich a bo'ladi:
— ekskursiyada qayerda bo'ldik?
— qandav daraxtlarni ko'rdik, ularning nomi qandav?
— ularning barglarining shakli bir xilmi? — qanday hasharotlarni ko'rdik?
3.Namuna tahlili:
— kapalak qanday qism lardan tashkil topgan?
— uning qismlari qanday joylashgan?
— uni tasvirlashda qaysi daraxtlar barglaridan foydalanilgan?
4.Ishni bajarish tartibini aniqlash:
— kapalakning ayrini qismlari (tanasi, qanotlari)ning joylashishini tasvirlash;
— k ap alak n in g tan asi va q an o tlari u ch u n shakli h a m d a o'lchamlari bir xil bo'lgan barglarni topish; — ularni qog'ozda joylashtirish;
— ishni amaliy bajarish.
5.Tarbiyachining ishni bajarish usullari haqidagi tushuntirishlari.
6. Applikatsiyani bajarish bo'yicha mustaqil ish:
— kapalakning ayrim qismlarini qog'ozda to'g'ri tasvirlash;
— shakl, o 'lch am va bo'yoqlarini to'g'ri tanlash;
— yelimlash ishlarini tartibli bajarish;
— kapalakning ko'z va m o'ylarini to'g'ri tasvirlash;
— ish bajarilgan qog'ozning orqasida barglaridan foydalanilgan daraxtlarning nomlarini yozish;
7. Ishni baholash. Ijodiy xarakterdagi ishlar. Masalan: «Baliqlardan kompozitsiya tuzish». Tarbiyachi umumiy vazifa beradi, bolalar esa, tarbiyachi nam unasi asosida o ‘z variantlarini izlaydilar. Tarbiyachi doskaga baliq rasmi tasvirlangan plakatni osib qo'yib, bolalar bilan birgalikda baliq tanasi, baliqning boshi, qanotlari, dum ining shakli tahlil qilinadi. Baliq turiga ko‘ra uning tanasi, qanot va dumlari har xil b o ’lishi mumkinligi aniqlanadi, shuning uchun bu ishda turli tabiiy materiallardan foydalanish mumkin bo'ladi. Shundan so'ng ishni bajarish tartibi aniqlanadi. Awal baliq qismlari uchun material tanlash, uning umumiy tarhini chizish kerak. Shundan keyin qaysi detaining qanday tartibda yelimlanishini, detallarning joylarini aniqlash lozim, so'ngra ishga kirishiladi. Bunday yum ushlar bajarilayotgan ishga ijodiy yondoshishni o'stirishga yordam beradi. Mashg'ulotga yakun yasash va bajarilgan ishni baholashda tarbiyachi foydalanilgan materiallar nomini so’raydi. Bu tabiiy materiallar bilan ishlash mashg'ulotining taxminiy tuzilishidir. Tabiiy materiallardan «Tizimcha» yasash, kartondan «Stakancha», matodan «M o‘yqalam artgich». «Ninachi va chumoli» yasash mumkin. M ashg‘ulotning vazifalari. Bolalarni tabiiy materiallardan toydalanib. turli ashyolar yasashga o'rgatish. Qo'l mehnati bilan shug'ullanishga o'rgatishni davom cttirish. Bolalarda o'zlarining mehnat ko'nikmasi va malakalarini mustaqil ravishda qo'llashni, unga intilishlarini tarbivalash. Bolalarni tabiatni asrash va muhofaza qilishga o'rgatish. Mashg'ulotni jihozlash: dub daraxti, kashtan daraxti mevalari, na'matak guli mevasi, patlar, plastilin, novdachalar, karton qog'oz, yelim, ip, igna, mato qiyqimlari. M ashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi: — Bolalar, o'lkam izda oltin kuz fasli kezmoqda. Bilamizki, kuz faslida sabzavot, mevalar pishadi, to'g'rim i? Manzarali daraxtlarning mevalari ham pishib, ko'chalarimizda, xiyobonlarda ostiga to'kilib yotibdi. Bilasizmi, bolalar bugungi mashg'ulotimizda sizlar bilan ana shu manzarali daraxt mevalaridan o'vinchoqlar yasaymiz. Faqatgina o'vinchoqlar emas, ilk marta birinchi sinfga boradigan o'quvchi kichkintoylarimiz uchun hisob-kitob mashg'ulotida foydalanish mumkin bo'lgan tizimchalarni ham yasaymiz. Tizimcha yasalishi uchun qalinroq ip olamiz-da, kashtan mevasini teshib, ip o'tkazamiz. Bolalar dastlab 10 raqami ichida sanashni o'rganishlari sababli, tizimchaga 10 ta mevani ipdan o ‘tkazib chiqamiz. Bu tizim chani em an daraxti mevasidan ham tayyorlash mumkin. Agar meva bir oz qurib qolgan bo'lsa, ozroq suvga solib qo'vilsa, ustki po'stlog'i yumshaydi va tizimchani tayyorlash mumkin bo'ladi. Qani, kim sanab beradi? Bolalar javob berishadi. Tarbiyachi: — Barakalla, bolalar, sizlar bilan m ana bunday stakanchalar tayyorlaymiz. Kvadrat shaklidagi karton qog'oz olib, undan doira qirqamiz. So'ng to'rtburchak shaklidagi qog'ozning pastki qismini bir sm cnlikda qoldirib arra tishlariga o'xshatib kesib chiqamizda, ikki tomonini yelimlab, pastki qismidagi qirqilgan bo'laklarga yelim surtamiz va doirachaga yelimlaymiz. Stakancha tayyor. Bolajonlar, sizlar ham stakanchangizni tayyorlab bo'ldingizlarmi? Barakalla! Stakan tayyor bo'lgan bo'lsa, endi mo'yqalamni artish uchun artgich. salfetka tayyorlaymiz. Keraksiz matolardan bir necha kvadratchalar qirqib undan doirachalar hosil qilamiz. Doirachalarni ustma-ust qo'yib, o'rtasidan tiqib qo'yamiz. Mana mo'yqalam artgich ham tayyor bo'ldi. Bolalar, o'yinchoq ham yasaylik, deyapsizlarmi? Albatta, o'yinchoqlar ham yasaymiz. Hozir na'matak va kashtan daraxtining mevasidan «Ninachi va chumoli»ni yasaymiz. Buning uchun kashtan mevasini olib, unga sal kichikroq kashtan mevasiga chum olining bosh qismini o ‘rnatam iz, oyoqqo'llarini esa novdadan yasab, to 'n k ag a o ‘tkazib qo'yam iz, ko'zlarini esa plastilindan yasaymiz. Ninachining tanasi kashtan m evasidan tayyorlanib, uning orqa tomoniga gugurt cho'p o'rnatib, kichik kashtandan bosh qismni yasaymiz: qo'1-oyoqlarini esa novdadan tayyorlaymiz. Manzarali daraxt barglaridan qanotlarini yasab. plastilin bilan yopishtiramiz. Mana. ninachimiz ham tayyor! Qani, eslang-chi, ninachi haqidagi qaysi masalni bilasiz? Bolalar javobi rag'batlantirilib, mashg'ulot yakunlanadi. Bolalarga chiqindi materiallar (ip, shoyi, mo'yna, polietilen kabilar)dan foydalanib har xil m azm unda applikatsiyalar tuzish taklif etiladi. S o'ng ularga m atolardan o'yinchoqlar, turli bayram ertaliklari uchun ertak qahramonlarining kiyimlari hamda quvnoq qiziqchilar, petrushkalar kiyimlarini tikish ham o'rgatiladi. Bolalarning o'zlari yasagan o'yinchoqlar ijodiy, harakatli o'yinlar jarayonida namoyon bo'ladi.









Yüklə 408,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin