IoT–InternetofThings). Ya’ni, ko‘plab maishiy uskunalar elektr tarmog‘iga ulanganligi odatiy, lekin bular ikkinchi darajali hisoblanadi. Moddiy dunyoning tobora ko‘plab ob’ektlari internetga ulanmoqda, bu esa axborot to‘plash va hatto bu ob’ektlarni masofadan turib boshqarishni ham ta’minlamoqda. Amalda internetda tashqi dunyo va ob’ektning turli ko‘rsatkichlaridan iborat bo‘lgan moddiy ob’ektning virtual nusxasi paydo bo‘lib, ushbu ob’ektni internet orqali boshqarishga imkon bermoqda. Buyumlar internetiga misol qilib, masalan, texnik yordam hizmatida aniqlangan buzilishlar va rejadan tashqari ta’mirlash doirasida almashtirish lozim bo‘lgan ehtiyot qismlar ro‘yxatini yuboradigan vitual ma’lumotlar uzatish tizimini keltirib o‘tish mumkin. Buyumlar internet sohasi rivojlanishining keying bosqichida buyumlarning nafaqat odam bilan, balki o‘zaro aloqa qilishi mumkinligi ham hisoblanadi, bu konveyerli liniyalarda, texnik ta’mirlash tizimlarida, logistika va boshqa ko‘plab biznes sohalarida avtomatlashtirilgan o‘zaro aloqalarga erishish imkonini beradi. Lekin hali yechimini kutib turgan masalalar ham bor, chunonchi: elektr energiyasini minimal tarzda iste’mol qiladigan elektronika, shuningdek, buyumlarning o‘zaro aloqa qilishi uchun yangi aloqa standartlarini yaratish.
Raqamlashtirish bilan bog‘liq yana bir innovatsion yo‘nalish bu – to‘ldirilgan
reallikdir (AugmentedReality,AR). Real dunyoga virtual dunyo ob’ektlarini qo‘shishga imkon beradigan to‘ldirilgan reallik texnologiyasi eng istiqbolli texnologiyalardan biri hisoblanadi. Tasavvur qiling, ko‘chada ketayotib, yoningizda bo‘lgan odamlar va ob’ektlar haqida qo‘shimcha axborot ko‘rasiz. To‘ldirilgan reallikka misollar mavjud bo‘lib, ular hayotda faol qo‘llanmoqda. Masalan, Moskvadagi ayrim parklarda moddiy dunyo ob’ektining virtual dunyo ob’ektiga bog‘langanini ko‘rsatadigan belgilarni uchratish mumkin. To‘ldirilgan reallik elementlari bo‘lgan o‘yinlar faol tarqalmoqda, magazinlarda virtual ko‘zgular va kiyimlar kiyib ko‘rish xonalari mavjud, to‘ldirilgan reallik avtomobillarda ham sinab ko‘rilmoqda. Biznesda virtual reallik texnologiyalari u qadar faol qo‘llanilmaydi, u yerda hozir