Jarayonlarni komp’yuterlashtirish va avtomatlashtirish (shu jumladan, ARM, ERP, EDI, SRM, SAPR, ASU, ASUTP va boshqalar)
Telekommunikatsiya – simli va simsiz, optik
Bosqich:
On-line platformalar (qidiruv tizimlari, elektron savdo maydonlari, masofaviy ta’lim, ijtimoiy tarmoqlar)
Bulutli va virtual texnologiyalar
Bosqich:
Katta ma’lumotlarning prediktiv analitikasi, narsalar interneti, robototexnika, additiv texnologiyalar (shu jumladan, 3D-printerlar), sun’iy intellekt (shu jumladan, mashina yordamidagi ta’lim jarayoni)
Raqamli iqtisodiyotning asosiy tamolillari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsata olamiz:
Vositachilarsiz global resurslardan foydalana olish imkoniyati
Turli xildagi resurslarni ijaraga berish imkoniyati
Ko’ngillilik (volonterlik) modelini ishlata olish (opensourcemodel)
Global ekosistema orqali savdo qila olish imkoniyati
Raqamli iqtisodiyot, elektron bizneshamda elektron tijorat uchun zaruriy bo’lgan resurslar jumlasiga esa quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
Kraudsorsing va kraudfunding tashkil qilish imkoniyatlari
Elektron biznes va tijoratda mustahkam raqobatli ustunlikka erishish, eng yuqori cho‘qqiga chiqash hamda bu maqomni saqlab qolish osonish emas, albatta. Xususan, AQSH statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2000 yil Fortune 500dan o‘rin olgan kompaniyalarning 52%dan ko’prog’i hozirgi kunga kelib mavjud emas. Yana bir muhim ko‘rsatkich: Standard&Poor’s500ga kiradigan kompaniyalarning o‘rtacha umr uzunligi 1960 yilda 60 yilni tashkil qilgan bo‘lsa, 2020 yilga kelib 12 yilga qisqargan. Yetakchilik muddatining bunday besh karra qisqarishining sababi – butun biznesning, jumladan, servis biznesining raqamli asoslarga o‘tishi sanalib, biz xozirgi kunda bu hodisaning guvohi va qatnashchisi
bo‘lib turibmiz. «Raqamli inqilob» (Digital Disruption) – fenomeni tahlilchilar orasida ham, kompaniyalar direktorlar kengashlarida ham dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi.