y
osh va energetik jihatdan ancha samarali boʻlib, unda organik moddalar
CO2 va suvgacha toʻliq parchalanadi.
Hujayrada katabolizm va anabolizm reaksiyalari bir vaqtda kechadi;
katabolik oʻzgarishlarning oxirgi bosqichi anabolizmning boshlangʻich
reaksiyalari hisoblanadi. Birok, Moddalar almashinuvining anabolitik va
katabolitik yoʻllari oʻzaro mos kelmaydi. Mas, glikogenning laktat
kislotagacha parchalanishida 12 ta ferment ishtirok etib, ularning har biri bu
jarayonning alohida bosqichini katalizlaydi. Glikogenning
laktat kislotadan
hosil boʻlishi jarayoni esa 9 ta fermentativ reaksiyalardan iborat boʻlib, ular
tegishli katabolik reaksiyalarning aksi hisoblanadi. Xuddi shunga oʻxshash
oqsillar bilan aminokislotalar yoki yogʻlar bilan faollashgan atsetat kislota
oʻrtasida kechadigan anabolik va katabolik re-aksiyalar ham oʻzaro mos
kelmaydi. Moddalar almashinuvining reaksiyalari hujayraning maʼlum
qismlari
— kompartamentlarda amalga oshadi. Mas, glikoliz jarayoni hujayra
sitoplazmasida, gidrolitik parchalanish reaksiyalari
— lizosomalarda,
lipidlarning hosil boʻlishi silliq endoplazmatik toʻrda, oqsillar biosintezi
ribosomalarda roʻy beradi. Moddalar almashinuvining
umumiy bosqichlari
bir-
biri bilan doimo bogʻlangan boʻladi. Moddalar almashinuvining asosiy
oraliq moddasi piruvat kislota uglevodlar, lipidlar va oqsillar almashinuvi
reaksiyalarini oʻzaro bogʻlab turadi.
Barcha tirik organizmlar uchun xos boʻlgan hujayra darajasidagi Moddalar
almashinuvi, asosan, bir xil usulda boshqariladi.
Bunda biokimyoviy
jaray
onlarning jadalligi va yoʻnaltirilganligi fer-mentlar faolligiga taʼsir
koʻrsatish, ularning hosil boʻlishi yoki parchalanishini boshqarish orqali
amalga oshadi. Yuksak darajada rivojlangan organizmlarda Moddalar
almashinuvi qoʻshimcha boshqaruv mexanizmlariga ega. Moddalar
almashinuvi nerv sistemasi orqali va gormonal yoʻl bilan ham boshqarib
turiladi.
Siz aeroportda yoʻlovchilarni oʻtkazishdagi
xavfsizlik tizimini
bilasizmi? Agar bilsangiz, aeroportda faqat chiptasi bor insonlargagina baʼzi
bir taqiqlangan buyumlarsiz (misol uchun, qurol-yaroqlar, portlovchi
moddalar va biror-
bir idishda suv) samolyotga oʻtirishga ruxsat beriladi.
Samolyot kapitani, bort kuzatuvchilari va aeroport
xizmatchilari uchun
alohida yoʻlaklar bor hamda ular bemalol ushbu maxsus yoʻlaklar orqali
kerakli joyga tezda oʻta oladi. Oddiy yoʻlovchilar esa sekinlik bilan uzundan
uzun navbatlarda turib oʻtadi.
Hujayraning plazmatik membranasi ham aeroportda yoʻlovchilarni
oʻtkazuvchi xavfsizlik tizimiga oʻxshaydi. Hujayra membranasining
Dostları ilə paylaş: