1-Mavzu: rivojlangan davlatlarda ta`lim-tarbiya



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə11/22
tarix28.11.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#167367
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
1-5 topshiriqlar

Sirtqi ta’limFransiyada sirtqi ta’lim 1 mln kishini qamrab olishi mumkin.Sirtqi ta’lim xususiy yoki davlat ta’lim shoxobchalarida amalga oshirilishimumkin. Mamlakatda milliy sirtqi ta’lim markazi faoliyat ko‘rsatmoqda, u 500turdagi o‘rta, oliy professional ma’lumot berishni tavsiya eta oladi.Odatda ta’limning bu turi oilaviy sharoit, iqtisodiy sharoitlar tufaylimaktabda o‘qishni davom ettirish imkoniyati bo‘lmagan kishilar uchunmo‘ljallangan. Sirtqi ta’lim katta yoshlilar uzluksiz ta’limining muhim shoxobchasi bo‘lib qolgan.Ular o‘z ixtiyorlari bilan, o‘z mablag‘lariga yoki korxonalar mablag‘ihisobiga o‘qiydilar.
Kadrlar bilan ta’minlanish. Fransiyada maktab rahbarlari lavozimigaerishmoq uchun ta’limga rahbarlik qilishdan saboq beruvchi maxsus markazlardao‘qiydilar. Bu yerda ular rahbarlik qilish, maktab iqtisodiyotini boshqarish,ta’limdagi yuridik masalalar, qonunchilik, ota-onalar bilan ishlash, madaniyoqartuv ishlarini tashkil etish, jamoada yaxshi psixologik muhitni barpo etish kabijihatlarni o‘rganadilar. O‘qish yakunida suhbat, test imtixonlari o‘tkaziladi.direktor dars bermaydi. Uning ish faoliyati 2 yil davomida kuzatib boriladi.Ko‘p hollarda ular maktab qoshidagi uyda yashaydilar. Sinovdan o‘tmasa qaytibo‘qituvchilikka tushuriladi. Direktor 65 yoshdan so‘ng umuman ishlamaydi.O‘qituvchilarni direktor ishdan bo‘shatmaydi. Ta’lim inspeksiyasitomonidan taftish o‘tkazilib, o‘qituvchi bo‘shatilishi mumkin.O‘qituvchilarga, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga qattiq talabqo‘yiladi. Malaka oshirib turiladi.Fransiya ta’lim tizimlarida maktabdan va sinfdan tashqari muassasalar ko‘zda tutilmagan, biroq maktab va litseylarda turli to‘garaklarmavjud. Sport seksiyalari, ushrashuvlar. Sayohatlar o‘quv muassasalarida tashkiletiladi.Fransiya ta’lim tizimidagi :- maktabgacha tarbiyadanoq o‘quvni predmetlashtirib tashkil etish;- boshlang‘ich ta’limni uch bosqichda puxta tashkil etish va amalga oshirish;- o‘quvchilarni didaktik materiallar bilan ta’minlashga katta e’tibor berish;- o‘quv muassasalarining turli firmalar, konsernlar, korxonalar bilan mustahkamaloqalari va boshqa ibratli jihatlar bizning ta’limga ham ko‘chsa, bizningpedagogikamiz olg‘a qarab dadil qadam bosgan bo‘lar edi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin