SHVEYTSARIYA TA’LIM TIZIMIShveysariya ta’lim tizimi butun dunyoga ma’lum. U universal bo‘lib, o‘zidaingliz-amerika, fransuz va nemis maktablarining barcha ijobiy tomonlarini o‘zidamujassamlashtirgan. Bu mamlakatdagi xususiy kollej va universitetlar o‘zidayangi metodikalar va o‘qitishning texnik vositalarini klassik ta’lim tizimi bilanuyg‘unlashtirilgan holda olib borishi tufayli dunyoviy mashhurlikka erishdi. Boshlang‘ish va o‘rta ta’limBolalar uchun o‘qish 4-6 yoshdan bolalar bog‘chasi yoki maktabdaboshlanadi. Barcha maktablar uchun yagona majburiy dastur yo‘q. Davlatmaktablarida uzoq muddatdan beri yashab kelayotgan xorijliklarning bolalariuchun ham oshiq. To‘liq inglizcha, to‘liq amerikancha va ingliz-amerikanchamaktablar mavjud bo‘lib, ular o‘z vaqtida ingliz yoki amerikaliklar tomonidano‘zlarining bolalarini o‘qitish uchun oshilgan..Ular hozirda butun dunyodano‘quvchilarni qabul qiladi.Shveytsar ta’lim maktablarida keng yoyilgan o‘quv dasturlardan biri buSviss Federal Maturite yoki qisqacha-Matura dasturidir. Ta’lim yo‘nalishidanqat’iy nazar u 5 tipga bo‘linadi- Adan yegasha. A tip- eski tillar (lotin va yunontili), V- zamonaviy tillar va lotin tili, S- matematika va tabiiy fanlar, D- zamonaviyshet tillar, ye- iqtisodiy fanlar. O‘quv rejada har bir tip bo‘yisha 12 ta majburiy fankiritilgan. Bulardan 3 ta asosiy (ona tili, ikkinshi davlat tili, matematika), 7 tamajburiy (tarix, geografiya, fizika, ximiya, biologiya, musiqa-rasm, jismoniytarbiya) va ikkita mutaxassislik fanlari. Shunday qilib, o‘quvchilar 13-14 yoshidao‘zi qiziqqan sohani ajratib olish imkoniyaga ega bo‘ladilar. Kasbiy ta’lim.Shveytsariyada 120 ga yaqin kollejlar mavjud. Ular tor mutaxassislikka egabo‘lib, yaxshi kasbiy ta’lim beradi. Bu yerda kotibalik va mehmonxona ishlari,buxgalterlik xisobi kabi kundalik ish faoliyatida zarur bo‘lgan sohalaro‘rgatiladi. To‘liq o‘qish kursi 3-4 yil. Ko‘pgina chet elliklar fundamental ta’limberuvchi universitetlardan ko‘ra shveysar kollejlarida ta’lim olishni afzalko‘rishadi. Kollejlarni bitirganlar asosiy qismi ishsiz qolmaydi.