1-mavzu. «Shaxs va jamiYaT» O`QİTİSh metodikasining predmeti, tuzilishi, maqsadi va vazifalari Reja: «Shaxs va jamiyat»


Shaxs va jamiyat fani kishilik jamiyatining taraqqiyoti jarayonini organadi



Yüklə 39,92 Kb.
səhifə4/4
tarix31.01.2022
ölçüsü39,92 Kb.
#51903
1   2   3   4
1-seminar

Shaxs va jamiyat fani kishilik jamiyatining taraqqiyoti jarayonini organadi. Kishilik jamiyatining taraqqiyot qonunlarini bilish o’tmish va hozirgi zamonni yaxshiroq tushunib olishga, kelajakni oldindan ko’rishga imkon beradi.

Metodika oqituvchilarni o’rta ta`lim va o’rta maxsus ta`lim tizimida Shaxs va jamiyat oqitish jarayonining tarkibiy qismlari va ular o’rtasidagi qonuniyatli aloqalarni ochib berish bilan birga oqitishning samaradorligini oshira borish maqsadida Shaxs va jamiyat oqitish jarayonini tadqiq etish metodlari bilan ham qurollantiradi. Metodika fanning asoslarini ochib berish maqsadida tarixiy manbalar, faktlar va umumiy xulosalardan foydalanadi. Oqitish metodikasi tarix fanining ba`zi bir tekshrish metodlaridan foydalanar ekan, oquvchilarning bilimlarini yaxshiroq ozlashtirishlarini va ularni tarix fanining ba`zi tadqiqot metodlari bilan tanishtirishni kozda tutadi. Oquvchilarning yangi faktlarni tahlil etish va ulardan zarur xulosalarni chiqarish paytida organgan bilimlari juda ham mustahkam va ishonarli boladi, shuningdek, oquvchilar mustaqil fikrlashga organadi, bu ularni tadqiqot olib borishning dastlabki usullari bilan tanishtirishga yordam beradi.

Shunday qilib, oz predmeti, vazifalari va tadqi etish metodlariga ega bolgan Shaxs va jamiyat oqitish metodikasini tarix fanlari qatoriga kiritib bo’lmaydi.

Shaxs va jamiyat oqitishda oquvchilarning yoshi, bilimi, fikrlash qobiliyati va umuman psixik faoliyatini e`tiborga olmasdan turib, ularning oquv faoliyatiga samarali ta`sir etib o’lmaydi. Shu sababli metodika psixologiya fani bilan chambarchas bog`liqdir.

Shaxs va jamiyat oqitish jarayonida ustod va shogirdlar o’rtasida ma`naviy yaqinlik, sog`lom va estetik kayfiyat vujudga keltirishi oquvchilarning oquv faoliyatini faollashtiradi, darsning samaradorligini oshiradi.

Psixologiya fani oquvchilardagi psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlarni organadi, metodika esa oquvchilarning psixik faoliyatini ularning tarixiy materialni ozlashtirishlari bilan bog`liq bolgan tomonlarinigina tadqiq qiladi. Shuningdek, uning oquvchilardagi psixik faoliyatni tadqiq etish metodlaridan ham qisman foydalanadi. Psixologiya psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlarini organadi, metodika esa, Shaxs va jamiyat oqitishning mazmuni va metodik usullar bilan psixik faoliyat orqali erishiladigan natijalar o’rtasidagi qonuniyatli bog`lanishlarni organadi.

Demak, har ikkala predmetning organadigan ob`ektlari qisman o’xshash bo’lsa-da, vazifalari boshqa-boshqadir.

Shunday qilib, Shaxs va jamiyat oqitish metodikasi oqitishda yaxshi natijalarga erishish, oquvchilarning tarixiy materialni puxta ozlashtirishi bilan faoliyati o’rtasidagi qonuniyatli bog`lanishalarni ham organadi, oquvchilarga ta`lim-tarbiya berishda psixologiya faniga suyanadi, oquvchilarning psixik faoliyatini organishda psixologik tekshirish metodlaridan foydalanish yo’llarni ham ko’rsatib beradi.

Metodika ta`lim-tarbiya haqidagi pedagogika fani, uning tarkibiy qimi bolgan didaktika bilan chambarchas bog`langan, uning mustaqil bir tarmog`idir.

Metodika pedagogik jihatdan yaxshi natijalarga erishish maqsadida ham tarix oqitish jarayonini ham, pedagogik jarayon oqitishda yaxshi natijalarga erishishni kozda tutadi. Oqitish jarayoning o’rgatish metodlari pedagogik metodlar bo’lib, oqitish natijalarining ko’rsatkichlari ham pedagogik ko’rsatkichlardir. Shunday qilib, Shaxs va jamiyat oqitish metodikasi pedagogika fanining mustaqil bir tarmog`i bo’lib, u ozining mustaqil tekshirish predmetiga ega.



Metodika fanining nazariy qismini egallash Shaxs va jamiyat oqitish jarayonining umumiy qonuniyatlarini yosh avlodga ta`lim-tarbiya berish va kamol toptira borish ishini yanada takomillashtirish maqsadida foydalanishga yordam beradi.


Yüklə 39,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin