1-mavzu. «Shaxs va jamiYaT» O`QİTİSh metodikasining predmeti, tuzilishi, maqsadi va vazifalari Reja: «Shaxs va jamiyat»



Yüklə 39,92 Kb.
səhifə2/4
tarix31.01.2022
ölçüsü39,92 Kb.
#51903
1   2   3   4
1-seminar

2-Masala.

Shaxs va jamiyat kursining mazmuni deganda, birinchi galda dasturda belgilab berilgan bilimlar ko’lami, oquv materiali: uning asl mazmuni, oquvchilarning tarixiy materiallarni ozlashtirish, olgan bilimlaridan foydalana bilish sohasidagi oquv usullari, ko’nikma va malakalari sistemasi, shu jumladan, ularni ilmiy tadqiq qilish ishlarining eng oddiy shakllarini egallashlari kozda tutiladi.

Shaxs va jamiyat oqitishni tashkil qilish deganda, oqitish va oquvchilarning uni organishni tashkil etish, ularning organish faoliyatini oqituvchilarning boshqarishiga yordam beradigan metod va metodik usullar, oquvchilardagi mavjud bilimlarn ishga solish ularniijodiy bilishga yo’naltiriladigan topshiriqlar sistemasi hamda ta`limning turli xil formalari (dars, seminar mashg`ulotlari va boshqalar) tushuniladi.

Oqitishning natijalari deganda esa, o’rta ta`lim va o’rta maxsus ta`lim tizimida shaxs va jamiyat oqitishning maqsad va vazifalarini, mazmunini muvafaqqiyatli ravishda amalga oshirilishi; oquvchilarning tarix fani asoslarini, tarixiy materialga mos samarali metod va usullarni bilish va bilimlardan foydalana bilish malakalarini puxta ozlashtirishlari shu asosda oquvchilarning tarixiy tafakkurini, tasavvuri va nutqini, maxsus va umumiy qobiliyatlarini o’stirish kozda tutiladi.

Ta`limni muayyan pedagogik maqsadga yo’naltirmoq uchun oqituvchi o’rta ta`lim va o’rta maxsus ta`lim tizimida tarix oqitishning maqsadini, uning asosini tashkil qilgan ta`lim-tarbiya vazifalarini aniq belgilab olishi kerak. Shu bilan birga, umumiy vazifalarni amalga oshirishda har bir o’qitiladgan kursining o’rni, vazifalari, oz navbatida mazkur kursni oqitishning ta`lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirishda uning har bir bo’limi, bo’limdagi mavzular, xatto har bir darsda o’tiladigan mavzuning ham juz`iy vazifalari oldindan belgilab olinishi kerak. Chunki har bir tarix darsining butun tarix kursining umumiy darslar sistemasida tutgan o’rni bor, bu darsda o’rta ta`lim va o’rta maxsus ta`lim tizimida tarix oqitish oldiga qo’yilgan umumiy vazifaning qandaydir elementi yoki bo’lagi xal etiladi.

Tarix oqitish maqsadlarini belgilashda, avvalo ta`lim va tarbiyaning uzviy birligini, oqitish davomida oquvchilarning g`oyaviy-siyosiy saviyasi mutassil o’sib borishini, ularda ko’nikma va malakalar hosil qilishni hamda ijodiy faoliyatga tayyorlanishlarini nazarda tutmoq kerak. Ta`limdan kuzatilgan maqsadlarning muvaffaqiyatli ravishda amalga oshmog`i uchun, ular ilmiy asosda belgilanmog`i lozim. Bu maqsadlar ta`limining mazmuni va vazifalari bilan belgilanadi.

Shuningdek, bunda ta`limning boshqa shart-sharoitlari: oquvchilarning saviyasi, bilimi, ko’nikmalari va malakalari, dars uchun ajratilgan vaqt, darsni o’tish imkoniyatlari va boshqalar ham nazarda tutiladi. Ta`lim maqsadlarining ilmiy asosda belgilanishi ularning realligini ta`minlaydi. Ta`limdan kozlangan maqsadlarni oqituvchi naqadar chuqur anglab olgan bo’lsa, oqitish mazmunan shunchalik g`oyaviy va tarbiyaviy natija beradi. Binobarin, DTS asosida oquvchilarga o’rgatiladigan Shaxs va jamiyat ta`limidan kozda tutilgan maqsad, ta`lim-tarbiyaviy vazifalar oldindan aniq belgilanishi oquvchilar bilimining rivojlanib, chuqurlashib borishiga, voqealarning mohiyatini puxta tushunib olishlariga yordam beradi, zarur ko’nikma va malakalarni yuzaga keltiradi, oquvchilarning mustaqil ishlash qobiliyatini o’stiradi.

Dars va darsdan tashqari mashg`ulotlarda oquvchilarning bilish faoliyatining bo’lishligi juda ko’p omillarga, avvalo, mashg`ulot mazmunining g`oyaviy va ilmiy-nazariy jihatdan yuqori saviyada bo’lishiga, oqituvchining eng muhim jonli va ishonarli tarzda ochib bera olishiga va bu voqealarni chuqurroq organib olishning muhimligini oquvchilarning tushunib olishi hamda ularda organishga ishtiyoq uyg`otish bog`liqdir. Bu o’rinda oqituvchining oquvchilarni mashg`ulot mazmunini ozlashtirib borishi ustidan qilingan nazorati, oquvchilar organishini boshqara bilishi, shunigdek ularning yangi bilimlarini ozlashtirish uchun ozlaridagi mavjud bilim va malakalardan foydalana bilishi, ya`ni ozlashtirilgan bilim va egallangan malakalarini aktuallashtirilishi ham muhim ahamiyatga egadir.

Shaxs va jamiyat kursining mazmuni o’rta ta`lim va o’rta maxsus ta`lim tizimida uni oqitish va oquvchilarning organish faoliyati orqali ularning ongiga, tarbiyasi va tafakkuriga ta`sir ko’rsatadi, ularning kamol topishiga yordam beradi. Demak, mashg`ulotning mazmuni o’rta ta`lim va o’rta maxsus ta`lim tizimida oqitishning sifati va samaradorligini oshirish hamda oquvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishning ham asosiy omili bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun oqituvchi bilish faoliyatini faollashtirishga ijobiy ta`sir etuvchi va umuman oqitishning samaradorligini ta`minlovchi metodik usul va vositalarni tanlashda ham organilayotgan tarixiy materialning mazmunini nazarda tutmog`i lozim.


Yüklə 39,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin