30
Siyosiy
ongning
tartibga solish funksiyasiga ehtiyoj jamiyat taraqqiyotining
keskin
burilish bosqichlarida,
inqirozli
davrlarida mislsiz ortadi.
Aynan siyosiy
tizimning samaradorligi, voqyealarning rivojlanish yo’li,
ijtimoiy-siyosiy
o’zgarish-larning yo’naltirilganligi jamiyat keng qatlamlarining siyosiy ongiga,
"yuqoridagilar"ning
siyosiy
ko’rsatmalariga bog’liq bo’ladi.
Shunday qilib, siyosiy ong sosial subyektlar (individlar, guruhlar, sinflar,
ijtimoiy birliklar)ning ijtimoiy hayotning siyosiy
sohasi haqidagi bilimlari,
tasavvurlari va baholashlarining yig’indisidan iboratdir. U bir qator funksiyalarni
bilish, baholash, yo’naltirish, tartibga solish kabi funksiyalarni
bajarish bilan
jamiyat hayotida muhim rol o’ynaydi, uni harakatga keltiradi, o’zgartiradi
Siyosiy ong — murakkab va ko’p qirrali hodisa. U turli-tuman darajalar va
shakllarda, avvalo, maxsus va ommaviy siyosiy ong shakllarida mavjud bo’ladi.
Maxsus siyosiy ong
— bu qoida bo’yicha, mafkuraviy jihatdan bir xil
bo’lgan ongdir. Dastlab u kam sonli kishilarning mulki hisoblanadi.
Uning
tashuvchilari — siyosiy partiyalar va boshqa siyosiy tashkilotlar va
birlashmalardir. Ular muayyan yo’nalish bo’yicha ommaviy ongni shakllantirish
va rivojlantirishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyat zarurligini belgilaydi.
Maxsus siyosiy ongda bosh masala —
ijtimoiy guruhdir, qatlamlarning
oddiy vakillari ongiga muayyan ko’rsatmalarni, qoidalarni ishlab chiqish,
rivojlantirish va joriy etishdir.
Dostları ilə paylaş: