31
siyosiy yo’li va taktik-strategik faoliyati, turli
ijtimoiy
alg’ov-dalg’ovlar, muayyan
tarixiy
vaziyatning mazmuni va boshqalar ta’sir o’tkazib turadi.
Maxsus siyosiy ong va ommaviy siyosiy ong o’zaro chambarchas
bog’langandir. Real hayotda ular o’rtasidagi aloqalariing turli variantlari bo’lishi
mumkin.
Ayrim vaqtlarda muayyan siyosiy partiya tomonidan nazariy va amaliy
hayotga singdirilgan qoidalar, urf-odatlar jamiyatning siyosiy ongida uzoq
vaqtgacha asorat sifatida saqlanib qolishi mumkin. Bu xolni ko’plab
siyosiy
arboblar, donishmandlar ta’kidlaganlar.
Teskari vaziyat ham bo’lishi mumkin: ommaviy siyosiy ongda u yoki bu
siyosiy harakatning, qandaydir siyosiy qarorni qabul qilishning zarurligi e’tirof
etiladi, maxsus ong esa bunga tayyor emas. Masalan, mamlakatda ko’p
partiyaviylikning zarurligi haqidagi g’oya jamiyatda oddiydek o’z tasdig’ini
topgan bo’lsa ham, kerak bo’lgan tashabbus hukmron partiya, davlat tomonidan
ancha kechikib qabul qilinishi mumkin.
O’z-o’zidan yaqqol ko’rinib
turibdiki, jamiyatning konstruktiv va barqaror
ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti uchun maxsus va ommaviy siyosiy ongning o’zaro
harakati juda muhim. Ularning kishilar va jamiyatning, uni tashkil etuvchi ijtimoiy
guruhlarning ichki dunyosidagi, kayfiyatidagi o’zgartirishlarga birgalikdagi aniq
va o’z vaqtidagi reaksiyasi, javobi bundan ham muhimroq.
Siyosiy ong nazariy va empirik daraja va shakl-larga ajraladi.
Nazariy siyosiy ong — bu siyosiy xarakterga ega bo’lgan
turli turdagi
g’oyalar, konsepsiyalar, qarashlardir. Uning belgilari:
—
yaxlitlik;
—
sistemalanganlik;
bashorat qilishga qobiliyati bilan bog’liq.
Nazariy siyosiy ongning hususiyati — uning iqgisodiy, huquqiy, harbiy-
strategik va boshqa reallik bilan chambarchas bog’liqligidir. Siyosiy ongning
ushbu shakli siyosiy nazariyalarning kerakli siyosiy dasturlar, deklarasiyalar va
doktrinalar bo’lib shakllanganligi bilan ham farq qiladi.
32
Amaliyotda joriy
etiladigan ushbu dasturlar, dek-larasiyalar va doktrinalar
siyosiy ongni siyosatning yetakchi elementi sifatida mustahkamlab qo’yadilar.
Siyosiy munosabatlar va siyosiy institutlar, tash-kilotlar va muassasalarning
xarakteri o’z navbatida bu elementga bog’liq bo’ladi.
Nazariy ong darajasi va shaklida siyosatni anglash quyidagilarni:
a)
uning muhim maqsadlari va ham fundamental (strategik), ham
kundalik (taktik) vazifalarni qo’yish va hal etishga;
b)
ularga erishishning vositalari va usullarini aniklashga;
v)
dolzarb muammolarni hal qilishda tashkiliy-siyosiy jihatdan ta’min
etishning yo’nalishlari va yo’llarini aniklab olishga;
g)
siyosiy qarorlar va maqsadli dasturlarning bajarilishi ustidan sosial
nazoratga konseptual yondashuvlarni ishlab chiqishga;
d)
amaliy tajribani hisobga olgan holda siyosatga
tuzatishlar kiritishga
imkon beradi.
Empirik siyosiy ong — bu bevosita amaliyotga, siyosiy jarayonda aloxida
kishilarning, mayda va yirik sosial birliklarning faol ishtirok etishlariga
asoslangan siyosiy ong darajasi va shaklidir. U nazariy siyosiy ongning zamini
bo’lib xizmat qiladi.
Empirik siyosiy ong-
siyosiy voqyelikni hissiyotlar, tasavvurlar,
illyuziyalar, kechinmalar shaklida aks ettiradi. U, birinchidan, ommada siyosat
va siyosiy arboblarga nisbatan jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun ozuqa
bo’lib xizmat qiladi. Ikkinchidan, jamiyat siyosiy madaniyatining ma’naviy
negizi bo’lib xizmat qiladi.
Siyosiy ong «ijtimoiy-siyosiy ong» va oddiy (kundalik) ong daraja va
shakliga ham ajraladi.
Dostları ilə paylaş: