1-мавзу: Сиёсий психологиянинг предмети



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/28
tarix17.09.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#144629
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
siyosiy psixologiyani oqitish orqali talabalar dunyoqarashini ostirish

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


17 
I.3.Siyosiy jarayon va etnopsixologik xususiyatlari. 
Politologlar siyosatda bo’layotgan voqyea hodisalarni mazmuniga e’tibor 
qaratsalar, psixologlar bu voqyea-hodisalar qanday sodir bo’layotganiga e’tibor 
beradilar. 
Siyosat haqidagi boshqa fanlardan farqli ravishda psixologiya avvalo siyosiy 
rolni bajarayotgan odamlarning psixologik xususiyatlarini o’rganadi. 
Umuman olganda siyosiy xulq termini ostida fanda alohida ishtirokchi va 
ommaviy namoyishlar, xokimiyat subyektlarining faolligiyu, odamlarning 
namoyishlari, aksiyalari, ish tashlashlari ham tushuniladi. 
Psixologlar inson faoliyatini 3 shaklga ajratadilar: instinkt, bilim va 
ko’nikma, aqliy harakatlariga. 
Bu psixologik tasnif siyosatni tasvirlashda ham muxim ahamiyat kasb etadi. 
Instinkt-bu, harakat quvvatini yo’naltiruvchi, biologik bog’langan, hulq- 
atvorning tug’ma moduli. Psixologlar inson his tuyg’ulari chegarasi masalasida 
har-xil fikr bildirsalarda, ko’pgina harakatlar instinktiv xarakterga ega ekanligini 
tan oladilar. Ba’zi psixologlar bunday instinktlarni o’ntagacha desalar, qolganlari 
mingtacha bor deb hisoblaydilar. 
Instinkt tarkibiga inson xulqidagi avtomatik (nafas olishdan to yurishgacha) 
va extiyojlarga bog’liq ortirilgan (o’zini saqlash, naslni davom ettirish, va x.) 
xarakatlar kiradi. 
Siyosatda insonning barcha instinktlari tajovuzkorlikdan to ochko’zlikkacha, 
birodarlikdan to o’z-o’zini saqlashgacha namoyon bo’ladi. 
Siyosatdagi xulq- atvorning instinktiv asosi biron bir harakatga energiya 
yo’naltirish uchun inson tomonidan idrok etmagan (o’zi bilmagan) holda ro’y 
beradi. 
Tug’ma instinktlardan farqli o’laroq inson xatti-xarakatining ko’p qismi 
hayot tajribasida ortirilgan ko’nikmalardan iboratdir. Siyosat haqida gapirar 
ekanmiz siyosiy bosqich ishtirokchisining o’z funksiyasi va rolini bajarishi uchun 
talab etiladigan usul, uslub, siyosiy madaniyatdagi odatlarni, stereotiplarni 
tushuniladi. 


18 
Ongli xarakatlar siyosiy hulqning alohida shakli bo’lib siyosiy ong 
xarakatining maqsadlari uchun xizmat qiladi. 
Siyosatning maqsadi ijtimoiy xarakterga ega bo’lishini ta’minlash, har xil 
ishtirokchilarni birlashtirish uchun turli usullar qo’llanadi. Avvalo bu masalani 
turli dasturlar, mafkuraviy sxemalar, siyosiy aksiyalar, kompaniyalar yechadilar. 
Siyosiy hulq uchun yakka inson yoki partiyalar mafkurasi alohida axamiyat 
kasb etadi. 
Yuqorida ko’rsatilgan siyosiy xulqning uch shakli: instinktlar, ko’nikmalar 
va ongli xarakat-analitik maqsadda qo’llaniladi. 
Zamonaviy siyosiy psixologiya siyosiy madaniyatning ko’plab nazariy 
modullarida 
namoyon 
bo’ladi. Lekin barcha yo’nalishlar, tadqiqotlar 
strategiyalarga kiritiladi. 
Birinchisi odamni siyosiy ta’sir obyekti sifatida siyosiy mashina vintchasi 
deb tasavvur qiladi. Ikkinchisi guruh tadqiqotchilari boshqa fikr, ya’ni inson faqat 
siyosiy ta’sir obyekti bo’libgina qolmasdan siyosiy tuzum rivojlanishining 
maqsadi, uning faol subyekti deb hisoblaydilar 
Siyosiy jarayon – ko’pqirrali holat. Tadqiqotchilar uni har hil izohlaydilar. 
Siyosiy psixologiya shaxsni yoki guruhni siyosiy jarayonga kirish 
mexanizmi, obyektiv qonuniyligi va faktorini ochish, o’rganishni taqozo etadi. 
Ijtimoiy – siyosiy jarayonni individ tomonidan psixologik qabul qilishi milliy 
omilga bog’liqdir. 
Milliy xarakter bu-bir millat birlashmasiga hos o’rab turgan dunyoni 
emosional his-tuyg’u orqali qabul qilish va unga javob berish demakdir. Shuning 
uchun siyosiy subyekt siyosiy voqyealarga o’z milliy xarakteri va 
temperamentidan kelib chiqib munosabat bildiradi. 
Milliy xarakter – millat va milliy psixologiyaning asosiy elementi 
hisoblanadi. Bo’layotgan voqyea-hodisalarda xalq ruhi ta’siri sezilarli darajada 
ifodalanishi sezilarli darajada ifodalanmasligi mumkin. 


19 
Milliy xarakter tushunchasi allaqachonlar ilmiy tadqiqot predmetiga 
aylangan. 
XX asr o’rtalarida birinchi xarakter xususiyatlar masalasi Germaniyada 
xalqlar psixologiyasi maktabida ko’rilgan.Bu ilmiy tadqiqot ishtirokchilari tarixiy 
jarayonda rivojlanishda, o’zgarishda asosiy xarakatlanuvchi kuch xalq, uning ruxi, 
dini, tili, san’ati, afsonasi va odatlari deb hisoblaydilar. 
Umuman olganda milliy xarakterni o’rganar ekanmiz, bu juda murakkab 
xolat ekanligiga guvoh bo’lamiz. Zamonaviy jamiyatni turli mezonlar bilan 
tavsiflash mumkin; yoshi, milliy etnik tarkibi, sinfiy holati, boshqaruv tizimidagi 
o’rni va boshqalar. Bunda oldinga rivojlanishda biron ijtimoiy guruhdagi ishtiroki, 
intellekti, irodasi, tashkilotchilik qobiliyati, millatning gullab yashnashidagi, 
davlatning mustahkamlanishdagi iqtidori, millat xavfsizligini ta’minlay olishi, 
texnik rivojlanishi, xalqaro avtoritetni saqlay olishi asosiy ko’rsatkich bo’lib 
xizmat qiladi. Shundan kelib chiqib jamiyat tizimida elit (alohida) qatlam va 
faolligi sust regressiv qismlarini ajratish mumkin. Elita tushunchasiga uning 
jamiyatdagi o’rni paydo bo’lishi, funksiyasi va almashinish tamoiliga lug’atlarda 
turlicha yondoshiladi. “Elita” termini “eng yaxshi terilgan tanlangan” ma’nosida 
ham ishlatiladi. Avvallari bu termin qishloq xo’jaligida eng yaxshi don maxsuloti, 
eng yaxshi hayvon turlarini baholashda ishlatilgan. Vaqt o’tishi bilan jamiyatda 
xurmatga sazovar, boy, avtoritetga ega, mashhur ijtimoiy guruh namoyondalariga 
nisbatan ishlatila boshlandi. Avvalo bu siyosatda, biznesda, san’atda va xarbiy 
sohada qo’llaniladi. 
Zamonaviy talqinda siyosiy elitaga nafaqat davlatning birinchi shaxslari, balki har 
xil partiya va tashkilotlari, balki har xil partiya va tashkilotlarning liderlari, 
qonunshunos, sudya va ijrochilar ham kiritilgan. 
Siyosiy elitaning paydo bo’lishiga quyidagi omillar sabab bo’lishi mumkin: 
1)
Odamlarning psixologik va ijtimoiy tengsizligi, siyosatda qatnashish 
ixtiyorlari va iqtidorlari. 
2)
Mehnat taqsimoti haqidagi qonun 
3)
Boshqaruv mexnatining jamiyatdagi o’rni 


20 
4)
Ijtimoiy imtiyozlarga ega bo’lish maqsadida boshqaruv faoliyatidan 
foydalanish. 
5)
Keng omma tomonidan siyosiy raxbarlarni xar tomonlama nazorat qilish 
imkoniyati yo’qligi 
6)
Axolining ayrim qatlamlarini, fuqarolarini siyosiy munosabatdagi passivligi. 
Siyosiy elitalarning almashinuvi va paydo bo’lishi davlatning ”birinchi” 
shaxslariga ta’sir o’tkazish kurashishda sodir bo’ladi. Bu ko’pincha davlat 
tuzumining o’zgarishi, jamiyatning qayta qurilishi, modernizasiya davrida sodir 
bo’ladi. 
Shuning uchun siyosiy elita tushunchasi salbiy ma’noni kasb etadi. 
Makiavelli, V. Pareto kabi mutafakkirlar siyosiy elitaga nisbatan o’z nuqtai 
nazarlarini bildirganlar. 
Siyosiy elitalar bo’yicha psixologik tadqiqotlar nazariyalarini uch guruhga
ajratilgan. 
1.
G.Djilbert, B.Skinner nuqtai nazarlari asosidagi psixologik nazariya 
odamlarning alohida iqtidor psixologik xususiyatlarga egaligi. 
2.
Z.Freyd va E.Eriksonlarning psixoanalitik nazariyasi 
3.
E. Fromm va G. Lassuell g’oyalarining asosida ijtimoiy-psixologik nazariya. 
Agar shaxs davlat funksiyasida eng mas’ul vazifani o’tash qobiliyatiga ega 
bo’lsa uni elitaga kiritish mumkin. 
Siyosiy elita haqidagi g’oyalarni to’laqonli tushunish uchun ijtimoiy 
guruhlar ommaning psixologik xulq-atvorini o’rganish zarur. 
XX asrda ijtimoiy psixologiya asoschisi G.Lebon (1841-1931) odamlarning 
har qanday yig’inini omma deb hisoblagan. Omma, Lebonning fikricha tartibsiz 
hisoblanib, unga boshliq darkor. U esa elita rolini bajarishi mumkin. 
Omma psixologiyasini zamonaviy nazariyachi olim fransuz professori Serj 
Moskovichi atroflicha o’rgangan. O’zining “Vek tolpo’” (Omma asri) 1981 
yildagi monografiyasida amaliyotga qo’llanilayotgan nazariyalarni bir tizimiga 
solib tahlil qilib ko’rsatadi. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin