1-мавзу: Сиёсий психологиянинг предмети


  I.2.Zamonaviy ijtimoiy siyosiy fenomenlar psixologiyasi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/28
tarix17.09.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#144629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
siyosiy psixologiyani oqitish orqali talabalar dunyoqarashini ostirish

 


12 
I.2.Zamonaviy ijtimoiy siyosiy fenomenlar psixologiyasi. 
Siyosiy timsollar tuzum rivojlanishida asosiy faktor ekanligidan tashqari
nafaqat siyosiy ongni rivojlanishida, balki shaxsning va umuman jamiyatning 
dunyoqarashi va qadriyatlarini o’rnatishida katta ahamiyat kasb etadi. Siyosiy 
timsollar siyosiy qarash, kayfiyat va his-tuyg’u bilan birgalikda siyosiy 
subyektning siyosiy ongida joylashadi va uning siyosiy ishi va madaniyatida 
ifodalanadi. Siyosiy timsollar jamiyat rivojlanishidagi an’analar aksi, ya’ni tarixiy 
yechimni kutayotgan masalalardan odamlarni birlashtiruvchi, faollikka chorlovchi 
omil bo’lib hisoblanadi. Siyosiy ideallar jamiyatni dinamik rivojlantirishda doimo 
o’zgarib, siyosiy ongni rivojlantirish salohiyatini ko’rsatib beradi. Yangi 
timsollarni paydo bo’lishi insonlarning rivojlanib borayotgan jamiyatda yanada 
murakkab yechimlarni topayotganligini, rasional va emosional darajasini ortib 
borayotganligni bildiradi. Shuning uchun siyosiy timsollarning hokimiyat 
o’rnatilishidagi ideal forma hisoblangan davlatlar misolida ko’rish maqsadiga 
muvofiq bo’ladi. 
Siyosiy timsollarning o’rganish muammosi antik falsafada ham asosiy o’rin 
tutgan. Shu o’rinda Gerakli Effeskiy (eramizdan oldingi 544-483 yillar) dan misol 
keltiramiz. U davlat boshqaruvida shunday qonun bo’lmish kerakki, odamlar bu 
qonunga tog’ga suyanganday suyanib yashashlari lozim deb hisoblangan. Yagona 
donishmandlik, uning fikricha, shunday bilimga ega bo’lish kerakki, bu bilim 
barchani va doimo boshqara olsin. 
Yevropa an’analarida Platondan boshlab (eramizdan avval 437-347 yil 
yashagan) ideal davlat tasavvuriga ega bo’lganlar. Ideal davlat konsepsiyasida 
siyosiy hokimiyat boshqaruvida siyosiy timsol jamiyat tizimining normasi, jamiyat 
rivojanishining yo’nalishini belgilov sifatida alohida ko’rsatib o’tilgan. 
Davlat, Platonning fikricha, insonlarda paydo bo’layotgan ehtiyojlar va 
jamiyatda mehnatning bo’linishi natijasida paydo bo’ladi. Va yana takidladiki, 
bunday davlat aholining qandaydir bir bo’lagini emas, butun halqining, davlatni 
baxtli bo’lishini ta’minlaydi. 


13 
Antik falsafada siyosiy davlat timsoli boshqaruvining 3 xil shaklida 
ko’rsatilgan: yetuk demokratiya, yetuk oligarxiya va yetuk monarxiya. 
Buyuk mutafakkir Arastu davlatlarni to’g’ri va noto’g’ri formalariga 
ajratgan. Monarxiya, aristokratiya va demokratik elementlarga ega bo’lgan 
davlatlar uning fikricha- to’g’ri davlatlar; chunki ular barchaning baxti uchun 
kurashuvchi adolatli xokimiyat o’rnatdilar. Oligarxiya, demokratiya va mustabid-
noto’g’ri davlatlar; chunki ular tabiiy rivojlanishga qarshi bo’lib, o’z-o’zicha 
hokimiyat o’rnatilishi tarafdorlaridir. 
Siyosiy timsollar nazariyasini o’rnatilishida uyg’onish davri buyuk 
mutafakkiri Nikolo Makviallining hissasi kattadir. O’z qiziqish, istaklarini amalga 
oshirishga intilayotgan inson xarakatini tahlil qilish mobaynida Makvialli birinchi 
bor falsafa va siyosiy fikr tarixida ideal davlatni inson tabiatini qo’lga olish 
(boshqarish), tartib o’rnatish uchun tuzilgan zo’rlash, majburlash intituti sifatida 
ko’radi. Uning fikricha ideal davlat xalq va amaldorlarning kelishuviga asoslangan 
bo’lishi kerak. 
O’z o’rnida Erazm Rotterdamskiy (1469-1536) ham siyosiy timsolni 
o’zining “Jalobo’ mira” («Dunyo shikoyatlari») asarida davlat boshqaruvchisi o’z 
yerlarini gullab yashnashi uchun tinmay mexnat qilishi kerakligi haqida yozadi. 
Siyosiy timsol haqidagi izlanishlar Grosiy, B. Spinoza, Dj. Lokk, T.Gobbs 
asarlarida davom etgan. 
Ayniqsa I.Kant, I.Fixte, F.Shiller, G.Gegel asarlarida siyosiy timsol haqida 
to’laroq tushuncha berilgan. 
I.Kantning fikricha, timsol (ideal) bir maqsadga yo’naltirilgan bo’lib, u shu 
maqsadga erishish yo’lida g’oya sari intiluvchi va boshqaruvchidir. 
I.Fiktening fikricha, siyosiy timsol aslida barcha individlar qonun oldida 
barobar ekanligini ko’rsatuvchi davlat arbobidir. 
U yer yuzidagi hayotni 5 ga bo’ladi. 
1) Aql instinkt orqali boshqariladi insoniyat aybsizligi (gunohsizligi) davri. 
2) Boshlanayotgan gunohkorlik davri 
3) To’la gunohkorlik davri 


14 
4) O’zini oqlashga xarakat qilish davri 
5) bilimli, o’zini oqlay oladigan davr. Ya’ni boshlang’ich davrga qaytish 
asosiy maqsad ekanligi davri. 
Gegelning fikriga, ideal- bu o’zidagi qarama-qarshiliklar birligini rivojlanib 
borayotgan jarayon deb tushunib qarshiliklarni kuch bilan yenga oladigan yakuniy 
holatdir. 
Buyuk nemis faylasufi A. Shopengauer (1788-1860) o’zining “Mir kak 
volya i predstavleniye” (“Dunyo iroda va tasavvurdek” ) nomli asarida ideal 
haqidagi fikrlarini bayon etganligi bilan butun dunyoga mashxurdir. Uning 
fikricha, siyosiy timsol ijobiy huquqdir. Uning maqsadi hech kim noxaklikka 
uchramasin. 
L.A.Feyerbax, V. Pareto, F.Nisshe, K. Yaspers, G.Markuz, K.R.Popper, 
T.Parsons va boshqa buyuk allomalar siyosiy timsollar masalasida o’z 
tadqiqotlarini o’tkazganlar. Ularning fikricha xar bir tarixiy rivojlanish davrida 
o’ziga hos, o’sha davrga mos siyosiy timsol (ideal) mavjud bo’lib, uning atrofida 
Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin