11
maqsadlarini qo’lga kiritish bilan bog’liq rejalarni oldinga suruvchi shaxslar,
guruhlar ekanligi to’g’risida fikrlari aynan haqiqatni aks ettiradi.
Siyosat borasidagi psixologik masalalarga aralashuvning zarurati har doim
bo’lmasada, ayrim paytlarda yirik islohotlar boshlanish arafasida, saylov oldi
kompaniyalarida, yangi siyosiy liderlarning xalq tomonidan qabul qilinish
jarayonlari, ijtimoiy ustanovkalarni o’zgarishi, siyosiy arboblar imijini omma
ongiga singdirish paytlarda psixologik ta’sir vositalaridan o’rinli foydalanish,
maslahatlar berish va ayrim guruhlar e’tiqodiga ta’sir etishda kerak bo’ladi.
O’zbekiston sharoitida siyosiy psixologiyaning o’zi juda zaif rivojlangan
tarmoq bo’lgani sababli uni rivojlangan davlatlar tajribasiga tayangan holda
rivojlantirish davr talablaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: