1-мавзу: Сиёсий психологиянинг предмети


partiyalar, gruppalar va tashkilotlar tuziladi. Shuning uchun ham jamiyatning



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/28
tarix17.09.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#144629
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
siyosiy psixologiyani oqitish orqali talabalar dunyoqarashini ostirish


partiyalar, gruppalar va tashkilotlar tuziladi. Shuning uchun ham jamiyatning 
rivojlanish yo’nalishi maqsad va vazifalari ularga ideallarga bog’liqdir. 
Ilmiy izohlangan siyosiy timsol insonlarning maqsadlari, izlanishlari singari 
jamiyat rivojlanishida obyektiv qonuniyatlarni yaxshi tushunishlariga yordam 
beradi. 
Juda ko’p qarashlarda siyosiy timsol davlatlarning tashkil bo’lishida asosiy 
o’rin tutadi. 
Har-xil davrlarda ramz va afsonalar inson ustidan hukmronlik qilgan, individ 
yoki jamoa xarkatini boshqargan. Ramz bu har qanday so’z, ism, tasvir, narsa ham 
bo’lishi mumkin, agar o’z mazmunidan tashqari qo’shimcha mazmunga ega bo’lsa. 
Asosan ramzlarning kelib chiqishining madaniy va psixologik negizlari-
badiiy asarlar, xalq og’zaki ijodi, din, mafkura va tildir. 
Ramzlar tasnifida ular diniy, badiiy va ijtimoiy guruhlarga bo’linadi. 
-davlat ramzlari (bayroq, tamg’a va h.) 
Psixologik ramzlarga asosan tush ramzlari kiritilgan. 


15 
Undan tashqari dinamik va statistik ramzlar mavjud. Masalan: diniy dinamik 
ramzlar-har- xil xudoga sig’inish, ibodatlar bilan namoyon bo’lsa; siyosiy dinamik 
ramzlar turli namoyishlar, aksiyalar, mitinglar orqali namoyon bo’ladi. 
Siyosiy madaniyat siyosiy ong, aql-idrok va xulq –atvor yig’indisi sifatida. 
Zamonaviy siyosatchining siyosiy madaniyati- siyosiy sohadagi subyektning 
juda murakkab har tomonlama rivojlangan ko’rinishidir. 
Insonning siyosiy madaniyatini uning siyosiy sohada to’plangan, orttirgan 
malakasi belgilaydi. Bu uning faoliyati davomida, aniq qilgan ishlarida namoyon 
bo’ladi. 
Siyosiy madaniyat mazmuni quyidagi tarkibiy qismlardan iboratdir; siyosiy 
ong, siyosiy mentalitet, siyosiy hulq. Har birini tahlil qilib ko’rish mumkin. 
Siyosiy subyektning siyosiy ongi- psixikaning eng rivojlangan yuqori shakli 
bo’lib u siyosat, hokimiyat ishlari, davlat va uning institutlari bilan bog’liq bo’lgan 
voqyea, hodisalarini qabul qilish, tushunish va baholash ishlarini faoliyatida aks 
ettiradi. 
Insoniyatning siyosiy tarixi rang-barangdir. Shunday davlatlar bo’lganki, 
unda odamlar hech qanday huquqga ega bo’lmaganlar, boshqaruvchi tomonidan 
xayotlari boshqarilgan, ho’rlanganlar. Boshqa davlatlarda odamlar ozodlik, 
erkinliklariga ozgina taxdid solinishiga qarshi turganlar va davlat boshqaruvchisi 
huquqini cheklanganlar. 
Ba’zi davlatlar o’z oldilariga buyuk maqsadlar- imperiyalar yaratish, yangi 
yerlarni qo’shish, o’z dini va siyosiy tuzumini yaratishga qaratganlar. Boshqalari 
esa o’z oldilariga fuqarolariga xizmat qilishni maqsad deb qo’yganlar. Hokimiyat 
va fuqarolar doimo bir-birlariga bog’liq bo’lganlar. Davlat odamlar oldiga 
talablarini qo’ygan. Fuqarolar qabul qilganlar yoki qarshilik ko’rsatganlar. 
Infantil (yaxshi rivojlanmagan) ong subyekt va obyekti ajratmaydi. Yarim 
yoshli bola, masalan, o’zini –o’zi tishlab olsa, nima uchun og’riq paydo bo’lganini 
tushunmaydi va yig’lar ekan tishlashda davom etadi. 


16 
Xuddi shunday totalitar ong egasi hokimiyat va jamiyatni farqlamaydi. 
Boshqa davlatlarda bo’lgan “hokimiyat va jamiyat” muammosi totalitar tuzumda 
umuman bo’lmaydi. 
Totalitar ong jamiyatning absolyut birligiga ishonadi va uni amalda 
hokimiyatga qarshi chiqqanlarni o’ldirish bilan qo’rqitadi. Bunday davlatlarda 
kasaba qo’mita hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. 
XX asrda siyosiy hokimiyat hulqi va jamiyatning siyosiy ongi bir-biriga 
to’g’ri kelmagan xolatlar kuzatilgan. Portugaliya va Ispaniyadagi revolyusiyalar, 
o’z yo’nalishida rivojlanayotgan Janubiy Koreya, Birma, Pokiston va Chili bunday 
holatlarga misol bo’la oladi. 
Avtoritar tuzum totalitar tuzumdan farqliroq o’z hokimligini har qanday 
yo’llar, hatto majburlash yo’li bilan amalga oshiradi va siyosiy sohada hech 
qanday konkurensiyaga yo’l qo’ymaydi. Faqatgina odamlarning o’zaro 
munosabati, madaniyat va iqtisod bundan mustasno bo’lishi mumkin. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin