43
erkinliklarini ta’minlashni o’zining asosiy maqsadi, deb biladi. Mazkur
mafkuraning barcha ko’rinishlarida inson shaxsining
individual erkinligi, qadr-
qimmati, boshqa kishilarning qarashlari va e’tiqodlariga sabr-chidamli bo’lishlik
talablari doimo himoya qilinib kelinadi. Shaxs erkinligini hurmat qilish bilan
bog’lab liberalizm o’zining g’oyaviy ko’rsatmalarida individualizm va
insonparvarlik prinsiplarini uyg’un ravishda mujassamlashtiradi.
Erkinlik prinsipi liberalizm tarafdorlari tomonidan
davlat cheklashlaridan
erkin bo’lishlik sifatida talqin etiladi. Bu g’oyani angliyalik mutafakkirlar J.Lokk
va D.Mill yaxshi ifoda etadilar. Jumladan, D.Milya bu g’oyani quyidagicha
izohlaydi: «Inson o’ziga nima kerakligini har qyanday hukumatdan ko’ra o’zi
yaxshi biladi».
Liberalizm tarafdorlari uchun erkinlik uchun
kurash insonning iqtisodiy,
jismoniy va intellektual erkinligi yo’lidagi barcha to’siqlarni, cheklashlarni
tugatish uchun kurashishni anglatadi. Ular hokimiyatni meros qilib qoldirishning
barcha shakllariga va tabaqaviy imtiyozlarga qarshi chiqadilar. Bu ko’rsatmalar
negizida «davlat — tunggi qorovul», degan g’oya qaror topadi. Ushbu g’oyaning
ma’nosi shuki, davlat faqat ijtimoiy tartibni qo’riqlash va mamlakatni tashqaridan
bo’ladigan taxdiddan himoya qilishni ta’minlaydigan
eng kerakli vazifalar bilan
ta’minlanishi kerak. Shuning uchun aynan liberalizmda fuqarolik jamiyatining
davlat ustidan ustuvorligi g’oyasi qaror topdi va amalga oshirilmoqda. J. Lokk
fuqarolik jamiyati bu doimiy kattalik, davlat
esa undan kelib chiquvchidir, deb
e’tirof etgan edi.