45
Biologik tabiatga ega bo’lgan xohish va istaklar
odamlarda tabiiylik
xususiyatiga ega bo’lsa ham ularning hayot faoliyatini asosini tashkil etadi. Ammo
ular inson motivlarini asosini tashkil etmaydi.
Hokimiyatning kompensatorlik konsepsiyasi boshqa keng tarqalgan
hukmronlik
motivasiyasi
kompensator
konsepsiyasidir.
Uning
asoschisi
A.Adlerdir. Insonning intilishini dominasiya (ustuvorlik) bilan bog’lagan. Real va
xayolan o’ylab topilgan kamchiliklarni yechishga urinish, bu asosida G.Lassuel
tomonidan keng tarqalgan siyosiy faoliyatlar nazariyasi ishlab chiqildi, ya’ni
odamlar hokimiyatga o’zlaridagi kamchiliklarni o’rnini
bosuvchi qadriyat sifatida
intiladilar. Bunda hokimiyat va u bilan bog’liq bo’lgan har qanday vositalar
odamlarni o’zlarini oldilarida yuqori darajada ko’tarilishiga o’ziga bergan baxosi,
o’zgarishga yordam beruvchi vosita sifatida amalga oshiriladi. Shunga o’xshash
fikrlarni psixoanaliz maktabi vakili S.Xorni ham bildirgan. Uning fikricha, ko’p
odamlar xavotirli, o’zini kichkina, kamsitilgan va xo’rlangan odam sifatida qabul
qilishlari mansubdir. Hukumatga intilish psixik holatni muvozanatga keltirish yo’li
bo’lib xizmat qiladi.
Siyosiy hokimiyatni kompensasiya tamoyili orqali
motivasiyani yetarlicha
asoslab bermasligi bir necha sabablarga ega. Birinchi navbatda kompensasiyaga bir
qancha yo’llar bilan boyish orqali erishish. Umumiy hollarda bunday
kompensatorlarni istashda jamiyatda bor bo’lgan qadriyatlar tizimi katta ta’sir
ko’rsatadi va bu odamlarni o’ziga o’zi bergan bahoni yuqori darajasiga ko’taradi.
Bir tomondan, inson hokimiyatga intilsa ham bunday intilishni u siyosatda emas,
boshqa sohalarda yuqori ta’sirchanlikda namoyon bo’lishi mumkin. Masalan,
armiyada va b.
G.Lassuelining fikricha, hokimiyatga intilish faqat siyosiy sohada bo’ladimi,
yo’qmi, kognitiv (bilish) omillar muhim rol o’ynaydi.
Kompensasiyani hokimiyat orqali qondirilishi ikki yo’l
bilan amalga
oshiriladi:
1. Biron bir yo’lni ishlatilishiga nisbatan ko’proq foyda olinsa
46
2. Hokimiyat orqali o’ziga o’zi baho berishining ko’tarilishi bilan bo’lgan
ijobiy tajriba.
Dostları ilə paylaş: