1-mavzu: “Soliq nazariyasi” fanining predmeti, mazmuni va



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə27/57
tarix22.12.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#189897
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57
1-mavzu “Soliq nazariyasi” fanining predmeti, mazmuni va

5. Soliq mexanizmi.

Dunyo mamlakatlari iqtisodiyotida soliqlar mohiyati va mazmuniga ko`ra ko`plab milliy xususiyatlarga ega bo`lib ko`p qirrali shakllarda namoyon bo`ladi va natijada har bir davlatning o`z soliq tizimi shakllanib boradi. Soliqlar har qanday davlatning qaror topishi va amal qilishining obyektiv zaruriyati bo`lib hisoblanadi. ushbu obyektiv zaruriyat uning mohiyatini belgilab beradi. Soliqlarni ta`riflashdagi fikrlarda dunyo, jumladan, mamlakatimiz olimlarida ham umumiylik va xususiylik mavjuddir. Xo‘jalik faoliyatini tashkil qilish hamda boshqarishning ma’muriy rejalashtirish shakli va uslublari tizimidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish, soliqlar va soliq mexanizmiga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirishni taqozo etadi. Ular bozor iqtisodiyoti sharoitida ikkinchi darajali iqtisodiy kategoriyadan davlatning jamiyat iqtisodiy hayoti, korxona, tashkilot va fuqarolarning xo‘jalik faoliyatiga ta’sir qiladigan quvvatli vositasiga aylanadi. Hozirgi kunga kelib mamlakatimizda yangi soliq tizimi va uning amal qilish mexanizmining umumiy asoslari ishlab chiqilganiga qaramasdan, bu sohada hal qilinishi zarur bo‘lgan muammolar ko‘p. Soliqlar hamda soliq muammolarini etarli darajada nazariy jihatdan o‘rganilmaganligi, amaliyotda ulardan samarali foydalanish jarayoniga muayyan darajada to‘sqinlik qilmoqda. Shu jihatdan olib qaraganda, iqtisodchi olimlarning ilmiy izlanishlari, soliqlar va soliq tizimini nazariy jihatdan o‘rganish va tahlil qilish bilan birgalikda, soliqlarni amaliyotda qo‘llanilishi, soliq mexanizmining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqqan holda uning vazifalari hamda amaliyotdagi soliq mexanizmini takomillashtirish yo‘nalishlarini ishlab chiqishga ham qaratilgan bo‘lishi lozim.


Soliq mexanizmi, moliya mexanizmining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, soliq mexanizmi to‘g‘risidagi quyidagi mulohazalarni bildirish maqsadga muvofiqdir.
Izohli lug‘atlarda «mexanizm» atamasi quyidagicha talqin etiladi:
1. Mashina va uskunalarning ichki tuzilishi bo‘lib, ularni harakatga keltiradi.
2. Sun’iy va harakatchan qo‘shimcha bo‘g‘inlar yig‘indisi.
3. U yoki bu harakat tartibini aniqlovchi tizim, qurilma.
Yuqorida keltirilgan ta’riflarga ko‘ra, «mexanizm» atamasi iqtisod fanida u yoki bu ob’ektga ta’sir o‘tkazish uchun ishlatilishi mumkin bqlgan vositalar, usullar, dastaklar va shakllarning ichki o‘zaro bog‘liqlik va aloqadorliklarining yig‘indisi deb qarash mumkin.
Soliq mexanizmini jamiyat tomonidan soliq munosabatlarini tashkil etish uchun qo‘llanadigan usullar yig‘indisi deb atash mumkin. Lekin bu ta’rif soliq mexanizmining tashkiliy-huquqiy mazmuni hamda mohiyatini o‘zida aks ettira olmaydi.
Soliq mexanizmining tub mazmuni davlat, jamiyat va alohida sub’ektlarning ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga mo‘ljallangan markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag‘lari fondlarini tashkil etish bilan bog‘liq ob’ektiv pul munosabatlari jarayonini aks ettiradi.
Soliq mexanizmi, iqtisodiy kategoriya bqlgan soliqlardan farqli o‘laroq, kishilar ongli faoliyatining natijasi sifatida ustqurmaga tegishli bo‘lib, uni amalga oshirish shakli sub’ektiv xarakterga egadir. Soliq mexanizmi haqida kengroq tushuncha hosil qilish uchun, soliq va soliqqa tortish jarayonining tarkibiy elementlarini eslab etish o‘rinlidir.
Soliq ob’ekti, soliq sub’ekti, soliq bazasi, soliq stavkasi, soliqni to‘lash muddatlari, soliq buyicha imtiyozlar va jarimalar, soliqlarni hisob-kitob qilish va byudjetga o‘tkazish tartibi, soliq to‘lovchilarning mas’uliyatlari, soliq idoralari tomonidan nazorat olib borish tartibi va boshqalar soliq mexanizmining muhim tarkibiy elementlari hisoblanadi. Shunga ko‘ra, soliq mexanizmi davlat tomonidan soliq munosabatlarini tashkil etish uchun qo‘llaniladigan qonunlar, yo‘riqnomalar hamda soliqqa tortish jarayonining tashkiliy-huquqiy elementlari va uni boshqarishning yig‘indisini aks ettiradi.
Bu yerda alohida olingan soliq yoki majburiy to‘lovlar mexanizmini emas, balki umumiy holda barcha soliqlar va majburiy to‘lovlar mexanizmini yoritishda keltirish uchun ishlatiladigan qonunlar, yo‘riqnomalar va yuqorida ta’kidlab o‘tilgan soliqqa tortish jarayonining tarkibiy qismlari yig‘indisini umumiy nazarda tutgan holda aks ettirilgan.
Soliq mexanizmining tarkibiy qismlari birgalikda soliq munosabatlarini tashkil etishning shakllari, turlari, usullari «soliq mexanizmi konstruktsiyasini» tashkil etadi. Ushbu «konstruktsiya» tarkibiy qismlarining har biriga miqdor jihatdan o‘lchov birliklari o‘rnatish yo‘li bilan harakatga keltiriladi. Boshqacha qilib aytganda, soliq mexanizmi konstruktsiyasi, soliq ob’ekti va sub’ekti, soliq stavkasi va undirib olish muddati, soliq bo‘yicha imtiyozlar berish hamda jarimalar solish va boshqalarni aniqlash yuli bilan harakatga keltiriladi.
Soliqlarning ichki mohiyati harakat qilish qonuniyatlari va qarama-qarshiliklarni e’tiborga olish, mustaqil davlatimiz uchun soliq mexanizmidan samarali foydalanishda katta ahamiyatga ega. Soliqlar va ularning funktsiyalarini bir tomondan, soliq siyosati va soliq mexanizmini, ikkinchi tomondan ajratib o‘rganish soliqlarni ob’ektivligini hamda soliqlar buyicha davlat faoliyatining sub’ektivligini tushunish imkoniyatini beradi.
Soliq mexanizmi o‘z mohiyatiga ko‘ra davlatning ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga mo‘ljallangan markazlashgan va markazlashmagan pul mablag‘lari fondlarini tashkil etish bilan bog‘liq ob’ektiv pul munosabatlari jarayonini aks ettiradi.
Soliq mexanizmining ichki mohiyati, uning tarkibi va tuzilishi bevosita soliqlarning mazmuni, tarkibi va tuzilishi (elementlari) dan kelib chiqadi.
Soliq mexanizmi - davlat tomonidan soliq munosabatlarini tashkil etish uchun qo‘llaniladigan (huquqiy baza asosida) soliqqa tortish jarayonining elementlari va ularni boshqarishning yig‘indisini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda soliq mexanizmi - bu soliq munosabatlarini tashkil qilish usullari yig‘indisi bo‘lib, u iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishda qulay shart-sharoitlar ta’minlash uchun davlat tomonidan qo‘llaniladi.
Davlat soliq munosabatlarini tashkil etishning usullarini o‘rnatar ekan, ularga mos qonunlar yaratadi va kuchga kiritadi. Davlat soliq qo‘mitasi amaldagi soliq qonunchiligi asosida hamda o‘zining vakolat doirasida har bir soliq turlari bo‘yicha yo‘riqnomalar ishlab chiqadi. Shunday ekan davlat soliq mexanizmiga soliq qonunchiligi yordamida huquqiy shakl beradi va uni boshqarib turadi.
Soliq mexanizmining huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida» gi qonuni, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va boshqa soliqqa oid me’yoriy hujjatlardan iborat bo‘lib, u umummilliy va davlat manfaatlarini aks ettiradi.
Soliq mexanizmining tarkibiy qismlari birgalikda soliq munosabatlarini tashkil etishning shakllari, turlari, usullarini tashkil etadi. Soliq mexanizmi soliq tizimining amaliyotga tatbiq etilishini ifodalaydi. Undan foydalanish soliq elementlari yig‘indisidan foydalanish uchun ishlab chiqilgan.
Soliq mexanizmining tarkibiy qismlari uzoq yillar harakat qilsa (masalan, soliqlarning turlari), uning elementlari (masalan, stavka, imtiyoz) tez-tez o‘zgartiriladi.
Soliq mexanizmi davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda foydalaniladigan asosiy qurol sifatida byudjet taqchilligini mumkin qadar bartaraf qilishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari davlat soliq mexanizmidan bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishda, tadbirkorlikni rivojlanishiga imkon yaratib berishda va ayni vaqtda aholini kam daromadli qatlamini ijtimoiy qashshoqlashishiga qarshi muhim vosita sifatida foydalanishi lozim.
Soliq mexanizmining vazifalari bevosita soliqlarning funktsiyalaridan kelib chiqadi. Shundan kelib chiqib, soliq mexanizmi o‘z mohiyatiga ko‘ra fiskal, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega.
Soliq mexanizmining fiskal ahamiyatini e’tiborga olgan holda asosiy vazifasi davlat ixtiyoriga zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni shakllantirish hisoblanadi. Bu borada quyidagilar asos qilib olinishi lozim:
- davlat va jamiyatning iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
- davlatning ijtimoiy yo‘nalishdagi xarajatlari uchun moliyaviy asos yaratish;
- davlat byudjeti taqchilligini imkon qadar kamaytirish. Ma’lumki, byudjet taqchilligini kamaytirishga nafaqat byudjet xarajatlarini qisqartirish, balki oqilona tashkil etilgan soliq mexanizmidan foydalangan holda byudjet daromadlarini oshirish hisobiga ham erishish mumkin. Ushbu maqsadlarga asosan soliq mexanizmining fiskal vazifasidan foydalangan holda erishiladi.
Soliq mexanizmi bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘zining yana bir ahamiyatini, ya’ni iqtisodiy ahamiyatini hisobga olgan holda o‘ziga xos vazifalarni bajaradi. Bu vazifalar davlat tomonidan iqtisodiyotni boshqarib turishda foydalanadagan dastaklardan biri sifatida quyidagilarga bo‘linishi mumkin:
- bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish. Bu vazifa respublikamizda ko‘p ukladli iqtisodiyotni rivojlantirish, xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlash uchun asoslanadi.
- mulkchilik va xo‘jalik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar barcha soliq to‘lovchilar uchun bir xil imkoniyat yaratib berish. Bu borada soliq mexanizmi universallashtirilishi lozim. Bundan tashqari mavjud soliq mexanizmi soliq to‘lovchi sub’ektlarga xo‘jalik faoliyatining sohasi va iqtisodiyot tarmog‘idan qat’iy nazar normal rivojlanishni ta’minlovchi darajaga egalik qilishga imkoniyat yaratib berishi lozim.
- yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish. Soliq mexanizmining ushbu vazifasi soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berish va jarimalar solish hisobiga ular xo‘jalik faoliyatiga ma’lum darajada iqtisodiy jihatdan ta’sir etishdan iborat.
- tashqi iqtisodiy faoliyatni hamda eksportni rag‘batlantirish. Soliq mexanizmining bu vazifasi tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada rivojlantirish, respublika iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni kengroq jalb qilish va jahon bozoriga chiqish maqsadida mahsulot eksportini etarli darajada rag‘batlantirishga doir imtiyozlar berish.
- soliq to‘lovchilarga ma’lum davrda ba’zi imtiyozlar berish va zarur paytda jarimalar solish orqali ular faoliyatiga ta’sir ko‘rsatish. Soliq mexanizmining ushbu vazifasi orqali ishlab chiqarishgan soliq mexanizmi vositasida ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatish orqali umumiqtisodiy o‘sishni ta’minlash mumkin.
Yuqoridagi vazifalardan tashqari soliq mexanizmining iqtisodiy ahamiyati bilan bog‘liq bo‘lgan: tabiiy resurslardan samarali foydalanish va atrof-muhitni muhofaza etishni rag‘batlantirish; aholi pul daromadlarini oshirish yoki qisqartirish orqali ularning to‘lov qobiliyatiga ta’sir etish kabi muhim vazifalarni bajarishi lozim.
Soliq mexanizmining iqtisodiy ahamiyatini e’tiborga olgan holdagi vazifalari:
- aholining har xil ijtimoiy guruhlari daromadlarini tartibga solish. O‘rnatilgan soliq stavkasi miqdori shunday optimal darajada bo‘lishi kerakki, barcha aholi ijtimoiy guruhlari uchun soliq stavkasi miqdori ularni yana ham ko‘proq daromad olishdagi tashabbuslari va manfaatlariga zid bo‘lmasligi kerak;
- aholining kam daromadli qismini keskin qashshoqlashishiga to‘siq bo‘lib xizmat qilish;
- demografik siyosat talablarini hisobga olgan holda har xil imtiyozlar berish.
Soliqlar davlat byudjetini daromadlar bilan to‘liq ta’minlashning asosiy manbasi hamda iqtisodiyotni boshqarib turuvchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham soliq mexanizmi keng qamrovli ayni paytda har bir soha, tarmoq, korxonaga alohida moslashuvchan bo‘lishi lozim.
Iqtisodiyotni boshqarish ikki xil shaklda amalga oshiriladi:
A) Ma’muriy boshqarish;
B) Iqtisodiy boshqarish.
Boshqarishning bozor munosabatlari sharoitiga mos keluvchi asosiy usuli, korxonalar faoliyatini uning oxirgi moliyaviy natijalariga bog‘liq qilib qo‘yishdan iborat.
Soliq mexanizmini qo‘llash, ssuda kapitali va foiz stavkalaridan foydalanish (investitsiya siyosati), byudjetdan kapital qo‘yilmalarni hamda dotatsiyalar ajratish, davlat xarid baholarini o‘rnatish, davlat buyurtmasi va boshqa davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi ta’sir etuvchi omillari hisoblanadi.
Soliq stavkalariga o‘zgartirishlar kiritish, soliqlar bo‘yicha imtiyozlar hamda jarimalardan foydalanish, ba’zi bir soliqlarni joriy qilish bilan birga ayrimlarini bekor qilish va boshqalar yordamida davlat alohida olingan tarmoq yoki ishlab chiqarish sohasini tezroq rivojlanishi uchun sharoit yaratib beradi.
Iqtisodiyotni soliqlar orqali boshqarishni yoqlovchi ko‘plab nazariyalar mavjud. Jumladan, A.Smit tomonidan ilgari surilgan soliqqa tortish tamoyillari soliqlarning fiskal ahamiyati bilan birgalikda iqtisodiyotni boshqarishda foydalaniladigan vosita sifatida o‘rganish lozimligini tasdiqlaydi.
«Soliqlar - iqtisodiyotni tartibga soluvchi vosita» kontseptsiyasi iqtisodiy o‘sishni barqarorlashtirishni ta’minlash va iqtisodiyotni boshqarishda soliqlardan foydalanishni anglatadi. Keyns o‘zining ilmiy izlanishlarida iqtisodiyotni soliqlar vositasida boshqarib turish zaruratini nazariy jihatdan asoslab bergan va soliqlarga avtomatik tarzda barqarorlashtiruvchi vosita sifatida qaragan. Shu bilan birgalikda soliq mexanizmini o‘zgartirib, soliq siyosatini iqtisodiyotning tsiklli rivojlanishiga muvofiqlashtirishni tavsiya etgan.
«Soliqlar - daromadlarni barqarorlashtiruvchi vosita» nazariyasining asoschisi E.Jerarden (Frantsuz iqtisodchisi) soliqlar yordamida iqtisodiyotni boshqarish mexanizmiga ta’sir etib, jumladan soliqqa tortishning progressiv shkalasini qo‘llash orqali jamiyat a’zolarining mulkiy tengsizligini tugatish mumkinligini ta’kidlaydi.
Iqtisodiyotni soliqlar orqali boshqarishning asosiy maqsadi xo‘jalik yuritishda qulay sharoitlarni yaratib berish va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdan iborat bo‘lib, shu maqsadlarga erishish uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:
- soliq tushumlari hajmini o‘zgartirish;
- soliqqa tortishning shakl va usullarini o‘zgartirish;
- soliq stavkalarini o‘zgartirish, ularni tabaqalashtirish;
- soliq imtiyozlaridan foydalanish;
- soliqqa tortilishi lozim bo‘lgan ob’ektlarni o‘zgartirish;
- jarimalar qo‘llash va boshqalar.
Davlat iqtisodiyotni soliqlar orqali tartibga solishda makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy darajada ta’sir etadi. Makroiqtisodiy darajada, soliq stavkasi miqdoriga o‘zgartirish kiritish orqali inflyatsiyani chegaralash, tabiiy resurslardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish kuchlarining hududlararo mukammal joylashishini tartibga solish, mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta’minlash, iqtisodiy o‘sishga erishish kabi keng ko‘lamli maqsadlarga erishish mumkin. Mikroiqtisodiy darajada esa, xo‘jalik yurituvchi suyub’ektlarning moliyaviy holatiga ta’sir etishi, ularning investitsiya faoliyatini rag‘batlantirishi kabilarga erishishi mumkin.
Soliq imtiyozlaridan ishlab chiqarish jarayonini boshqarishda, investitsiyalarni rag‘batlantirishda va boshqalarda keng foydalaniladi.
Soliq imtiyozlari rag‘batlantirish va samarali qo‘llanilishiga qarab quyidagi ko‘rinishlarda ifodalanishi mumkin:
- soliqlardan butunlay ozod qilish;
- yangi tashkil etilgan korxonalarga imtiyozlar berish;
- soliq to‘lashdan vaqtincha ozod etish;
- soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish;
- soliqdan qisman ozod qilish;
- xorijiy investitsiyalarga imtiyozlar berish;
- eksportga imtiyozlar berish va boshqalar.
Iqtisodiyotni soliqlar orqali boshqarishda soliq mexanizmi elementlaridan keng ko‘lamda foydalaniladi. Ulardan keng qo‘llaniladigan va samarali choralari sifatida soliq stavkalarini, soliq imtiyozlarini o‘zgartirish kabilarni alohida qayd etib o‘tish lozim.



Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin