Jismoniy shaxslarning daromad solig’idagi imtiyozlari. Urta darajadagi soliq tulovchi foydalanadigan asosiy soliq imtyozlari «bazaviy imtiyoz» (soliq tulovchi daromadining soliqqa tortilmaydigan minimal qiymati 350000 ienga teng) va xuddi shunday imtiyozlarning xotin yoki er xamda qaramoqg’ida bulgan barcha oila azolari uchun berilishi xisoblanadi. Bundan tashqari, quyidagi daromad turlari: ish xaqi, nafaqa, ijtimoiy sug’urta kabi daromad turlari maxsus soliq ozodliklariga ega. Yaponiya Moliya vazirligi xar bir soliq tulovchi uchun soliqqa tortiladigan bazani xisoblashda 5 ta imtiyoz va ozodliklarni taqdim etadi. Jismoniy shaxslar uchun daromad solig’iga nisbatan soliqqa tortiladigan eng kam miqdorini xisoblash tizimi quyidagi jadvalda berilgan.
Yaponiyada jismoniy shaxslar uchun daromad solig’i buyicha soliqqa tortiladigan eng kam miqdorning xisoblash tartibi
2-jadval
Daromad solig’ini xisoblash uchun, soliq tulovchining turli manbaalardan olgan daromadlari qushiladi va sungra daromadning umumiy summasidan turli chegirmalar (ijtimoiy sug’urta badallari, xayotni sug’urta qilish va nafaqa fondi, tibbiy xizmatga ketadigan xarajatlar xamda nogironlar, qariyalar, bevalar uchun maxsus chegirmalar) inobatga olingan xolda soliqqa tortilmaydigan eng kam mikdor chegirib qolinadi. Buning natijasida Yaponiyada 4 kishidan iborat bulgan oila uchun soliqqa tortilmaydigan eng kam miqdor qiymati AqSh, Germaniya, Angliya, Frantsiya kabi mamlakatlarga nisbatan ancha yuqoridir58.
Aniq va xususiy soliqdan ozod etishdan tashqari, soliq tizimiga ayrim muxim sabablarga kura, turli manbaalardan olingan soliqqa tortiladigan daromadlarga nisbatan, bir qator maxsus imtiyozlar xam mavjud:
axolining turli qatlamlari daromadlarini tug’ri soliqqa tortish maqsadida soliq tulovchining soliqqa tortiladigan daromadlarini kamaytiradigan maxsus chegirma kiritilgan. Bu chegirma uz mexnatini sotish yuli bilan daromad oladigan yollangan ishchi uchungina qullaniladi. Chegirma miqdori maxsus aniqlanadigan shaxsiy xarajatlari (personal expenses) miqdoriga teng. Bu chegirmani kiritishdan maqsad bir tomondan yollanma mexnat kishilarini, ikkinchi tomondan tadbirkorlarni teng soliqqa tortishga erishishdir. Tadbirkorlar uzlarining shaxsiy xarjatlarining bir qismini «biznes xarajatlari xisobiga» boshqacha aytganda, tannarxga yozib quyadi va natijada undan soliq olinmaydi, qaysiki, yollanma mexnat shaxslari ushbu chegirma kiritilgunga qadar bundan maxrum edilar (bu esa Yaponiya soliq boshqarmasi nuqtai-nazaridan soliqqa tortishning adolat mezonlariga tug’ri kelmaydi). Shu sababli Yaponiya xukumati va soliq boshqarmasi tadqiqotlar utkazilib, uning natijasida yuqoridagi «adolatsizlik»ga barxam berish uchun yollanma mexnatdan daromad oladigan shaxslarning soliq manbai 28,6 % ga kamaytirilishi kerakligini aniqladi. Bu foiz Yaponiyada qonuniylashtirilgan.
Bir qator maxsus yuriqnomalar soliqqa tortish maqsadlari uchun tijoratdan kelgan daromadlarni xam taqsimlashga imkon berdi. Tushgan foydadan barcha zarur xarajatlar, olib tashlangach , qolgan daromad, soliqqa tortish obekti bulib xisoblanadi. Soliq deklaratsiyasini tuldirayotgan soliq tulovchilariga soliqqa tortiladigan daromaddan soliq deklaratsiyasini tayyorlash uchun ketgan 100.000 ien miqdoridan katta bulmagan qiymatni olib tashlashga ruxsat berilgan. Xozirda bu miqdor 350.000 ienni tashkil kiladi.
Yaponiyada bir xil yillik daromadga ega bulgan oila azolari (er-xotin) bir yoki ikki kishi ishlashidan qatiy nazar turli xil daromad solig’ini tulaydilar. Zamonaviy Yaponiya soliq tizimi, er-xotin xar ikkalasi bir xil daromad olib ishlaydigan oilalarni qullab quvvatlaydi. Shuning uchun faqat bir kishi ishlaydigan oilalar og’ir soliq yukini tulashga majburdirlar. Jadvalda bir kishi ishlaydigan va ikki kishi ishlaydigan oilalar tulaydigan soliq miqdori kursatilgan.