6-mavzu: O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi va uning shakllanishining nazariy asoslari
Reja: Soliq tizimining mohiyati va ahamiyati.
Soliq tizimini guruhlash tartibi.
To‘g‘ri va egri soliqlar.
Umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va yig‘imlar.
Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar va yig‘imlar.
O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimining shakllanish va rivojlanish bosqichlari.
1. Soliq tizimining mohiyati va ahamiyati.
Soliq tushunchaci uni qanday undirilishi bo’yicha (macalan turli xil soliqlar turli xil mexanizmlar turkumini talab qiladi) va kimlar tomonidan to’lanishini tushunish bo’yicha turlanishi mumkin. Soliqlar bir qator belgilariga ko’ra guruhlanadi. Ularning bir turi Jamec va Nobec tomonidan tasvirlangan usul hisoblanadi.
Soliqlar:
To’g’ri soliqlar.
Egri soliqlar
To’g’ri soliqlarga:
1.Aniq (regrecciv). 2.O’rnatilgan. 3.Kapital (o’rtacha o’suvchi foiz)
Aniq soliq: Jon solig’i
O’rnatilgan soliq: 1.Odatiy o’cib boruvchi. 2. Odatiy proporsional
Kapital: 1. Meros solig’i. 2. Boylik solig’i.
Odatiy o’sib boruvchi soliq: kirim soliq
Odatiy proporsional soliq: 1.korporatsiya solig’i 2.kapital o’sishiiga soliq
Bilvosita soliqlar: 1.ko’p darajali advalor-qo’shilgan qiymat solig’i. 2.Advalor va o’rnatilgan-aksiz majburiyatlari
Shuningdek, soliqlarning bevosita va bilvosita kabi turlarga bo’linishi barobarida quyidagilar asosida ham soliqlar farqlanadi:
Soliq bazasi (odatda nimadan soliq olinadi);
Yagona/ advalor baza;
Soliq bazasining taqsimlanishi (soliq to’lovchi jamiyat o’rtasida soliq yukining taqsimlanishi);
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan ishlab chiqilgan tasnifi49.
Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda ularning tuzilish tamoyillari, usullari, soliq nazoratining yig‘indisi soliq tizimini tashkil etadi. Bu ta’rif soliq tizimini keng ma’noda tushunishdir. Soliq qonunchiligida soliq tizimi tor ma’noda talqin qilinib, bir xil mohiyatga ega bo‘lgan va markazlashgan pul fondini tashkil etadigan soliq, yig‘im, boj va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘indisi soliq tizimi deb ataladi. Soliq tizimiga nisbatan bunday yondashuvni ayrim adabiyotlarda ham keltirilganligini ta’kidlash o‘rinli. Qayd etilgan ta’rifda soliq va yig‘imlar yagona mohiyat, ya’ni «majburiy xarakterga ega bo‘lgan munosabat» va ularning bir-biri bilan bog‘liqligi va nihoyat byudjetga tushishligini ko‘rsatadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi soliq Kodeksi mazmuniga mos keladi. Shu yerda bahsli masala ham mavjud, ya’ni davlatning byudjetdan tashqari fondlariga (pensiya, ijtimoiy sug‘urta, bandlik, yo‘l fondlari va boshqalar) to‘lovlarni ham majburiylik nuqtai nazardan soliq tizimiga kiritish muammosi mavjud.50 Soliqlar bo‘yicha izlanishlar olib borgan ayrim mualliflarning soliq tizimiga yondashuvi boshqacha. Soliq tizimiga xususan soliqlar yoki ularga tenglashtirilgan to‘lovlar tizimi (majmui) sifatida qarash mumkin emas. Soliq solishning muhim shart-sharoitlariga quyidagilar kiradi: soliqlarni belgilash va amalga kiritish tartibi, soliqlarning turlari, ularni byudjet darajalari o‘rtasida taqsimlash tartibi, soliq nazoratini amalga oshirish shakllari va uslublari, soliq to‘lovchilarning huquqlari, majburiyatlari, ular manfaatlarini himoya qilish usullari, soliq munosabatlari ishtirokchilarining javobgarligi51 va shu birga ushbu elementlar soliq tizimining tarkibiy unsurlari ekanligini ta’kidlaydi va soliq tizimi deganda ana shu elementlarning majmuasidan iborat bo‘lgan va ular o‘rtasidagi munosabatlar majmuasidan kelib chiqib ifodalash mumkin.
Umuman olganda soliq tizimini tarkiban soliqqa tortish tamoyillari, soliq siyosati, soliqqa tortish tizimi, soliq mexanizmi kabilarga ajratish mumkin. Ushbu elementlar bevosita mamlakatda amal qilayotgan soliqlarning tarkibini belgilab beradi.
Mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti asoslarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar har bir sohada tub islohotlar amalga oshirishni taqozo etmoqda. O‘z-o‘zidan ayonki, rivojlangan mamlakatlarning turli sohalaridagi, jumladan, iqtisodiy ravnaqining asosi ularda bozor munosabatlarining amal qilishidir. Shundan kelib chiqqan holda respublikamizda ham mustaqillikka erishilgan paytdan e’tiboran bozor munosabatlarini shakllantirishga, rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratildi va bu boradagi islohotlar davom etmoqda. Ma’lumki, bozor iqtisodiyotiga o‘tish davlat oldidagi vazifalarni ham o‘zgarishiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish natijasida davlatning vazifalari o‘zgarishi o‘z navbatida unga zarur bo‘lgan moliyaviy resurslar shakli, miqdori va o‘zlashtirish tartibida bir qator o‘zgarishlar qilishni talab etadi. Shuning bilan birgalikda bozor iqtisodiyotining zamonaviy holatiga ko‘ra unda davlatning o‘rni ham katta bo‘lib, davlat turli ko‘rinishlardagi inqirozlarni oldini olish, bozor munosabatlarining erkin qaror topishi, tadbirkorlikning rivojlanishini rag‘batlantirish kabi bir qator vazifalarni o‘z zimmasiga oladi. Ma’lumki, davlat tomonidan amalga oshiriladigan har qanday vazifalar muayyan xarajatlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Bu esa davlat budjetini shakllantirish hamda mavjud resurslardan samarali va oqilona foydalanish zaruratining har tomonlama maqbul tizimini yaratish lozimligini taqozo etadi.