1-mavzu: “Soliq nazariyasi” fanining predmeti, mazmuni va


Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida soliqlar va investitsiyalarning o‘zaro bog‘liqligi



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə46/57
tarix22.12.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#189897
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   57
1-mavzu “Soliq nazariyasi” fanining predmeti, mazmuni va

5. Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida soliqlar va investitsiyalarning o‘zaro bog‘liqligi.


Mamlakat iqtisodiyotin imodirnizatsiyalash jarayonida moliya tizimining eng muhim va murakkab unsuri bo’lgan moliyaviy resurslarning shakllanishi va ularning byudjet tizimidagi taqsimlanishi alohida o’rin egallaydi. Moliyaviy resurslar avvalo xo’jalik yurutuvchi subyektlar faoliyatida yuzaga keladi va bu jarayonda qayta taqsimlanib, davlatning moliyaviy resurslarini shakillantiradi.
Davlat moliyaviy resurslarini mavjud bo’lishining eng muhim obyektiv omillaridan biri- bu davlatni o’z funksiyalarini amalga oshirish uchun muayyan miqdorda moliyaviy mablag’larga bo’lgan ehtiyojidan kelib chiqadi.
Amalga oshirilgan byudjet-soliq siyosati birinchidan, iqtisodiyotning istiqbolli soha va tarmoqlarini davlat tomonidan moliyaviy qo’llab-quvvatlash tizimida muhim fiskal omillardan biri bo’lib xizmat qilmoqda. Ikkinchidan, amaldagi faol ijtimoiy siyosat va kuchli ijtimoiy himoya tizimlarini shakllantirishda davlat byudjetiga alohida vazifalar yuklatilgan bo’lib, ushbu vazifalarni samarali ijrosi ta’minlanmoqda. Keyingi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida davlat moliyasining barqarorligi kuzatildi.
Soliq tizimi - iqtisodiyotni rivojlantirish uchun investitsiya faoliyatini qo‘llab quvvatlashning samarali mexanizmini o‘zida mujassam etishi lozim. Mamlakatda sog‘lom investitsion muhitni shakllantirish murakkab makroiqtisodiy jarayonlardan biridir.
Mustaqillik yillari davomida mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun keng hajmdagi huquqiy kafolatlar va imtiyozlar tizimi yaratildi, shuningdek xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatini rag’batlantirish bo’yicha yaxlit chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqildi. Buning natijasida, Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Keyingi 10 yilda mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 3,2 barobar oshgan bo’lsa, shu davrda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hajmi 20 barobardan ziyod o’sgani e’tiborga sazovordir.”54
Dunyo tajribasi shuni ko’rsatadiki, har qanday xorijiy investor biror-bir mamlakatga o’z investitsiyasini kiritishdan oldin ushbu mamlakatdagi investitsion iqlim to’g’risida tahliliy ma’lumotlarga ega bo’lish maqsadida mahalliy konsalting xizmatlariga murojaat qiladi. Soliq maslahati ana shunday xizmatlar orasida muhimi bo’lib, u mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda katta ijobiy ahamiyat kasb etadi. Aynan soliq maslahatchilari tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar xorijiy investorlarga mahalliy soliq tizimi to’g’risida to’liq ma’lumotga ega bo’lish, ularning o’z faoliyatlarini soliq qonunchiligiga rioya etgan holda samarali tashkil etish, shuningdek mulkiy huquq va manfaatlarini himoya qilish imkonini beradi.
Soliq mexanizmidagi o‘zgarishlar yalpi talab va yalpi taklifning o‘zgarishiga ta’sir qilishi bilan birgalikda, investitsiyalar o‘zgarishiga ham ta’sir etadi. Bunday olib qaraganda soliqlar va investitsiyalar o‘rtasida uzviy aloqadorlik mavjud. Soliqlar vositasida yangidan yaratilgan qiymatning davlat va soliq to‘lovchilar o‘rtasida taqsimlanishi soliqlar va investitsiyalar o‘rtasidagi aloqadorlikni ta’minlaydi. Soliqlar bo‘yicha engilliklar berilishi ko‘p jihatdan soliq to‘lovchilarni ishlab chiqarishga rag‘batini kuchaytiradi, ularda ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilish moyilligini kuchaytiradi. O‘z navbatida soliqlar vositasida investitsiyalarning rag‘batlantirilishi kelajakda davlat byudjetiga undiriladigan soliq bazasini kengayishiga xizmat qiladi. Masalan, bu holatni birgina misol bilan izohlashimiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirishni rag‘batlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarining o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi 2002 yil 13 noyabrdagi 390-son Qaroriga muvofiq yuqori sifatli, raqobatbardoshli iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni ko‘paytirishni va ularning assortimentini kengaytirishni rag‘batlantirish, ichki iste’mol bozorini ular bilan yuqori darajada to‘ldirish maqsadida 2003 yildan 2008 yilga qadar yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i, kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun yagona soliq, ayrim turdagi tovarlarga nisbatan belgilangan aktsiz solig‘i, yer solig‘i bo‘yicha bir qator imtiyozlar belgilanganki, ushbu imtiyozlar vositasida korxonalarning investitsiya mablag‘lari kengaytirilishiga erishishi asosiy maqsad qilib qo‘yilgan. Ushbu qayd etilgan imtiyozlarning eng xususiyatli tomoni shundan iboratki, imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo‘shaydigan mablag‘lar korxonalar tomonidan faqat ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, ishlab chiqarilayotgan iste’mol tovarlarining assortimentini kengaytirish va raqobatbardoshliligini oshirish bilan bog‘liq tadbirlargagina sarflanishi mumkin yoki boshqacha qilib aytganda bo‘shaydigan mablag‘lar yuqoridagi tadbirlargagina investitsiya qilinishi mumkin. Aks holda, ya’ni bo‘shaydigan mablag‘lardan boshqa maqsadlarda foydalanilgan hollarda ushbu mablag‘lar, amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarimalarni hisobga olgan holda to‘liq hajmda byudjetga undiriladi.
Soliqlar bilan investitsiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni yoritar ekanmiz, shuni alohida qayd etishimiz lozimki, investitsiyalarning o‘sishi ham o‘z navbatida soliqqa tortiladigan bazaning oshishiga olib keladi. Yuqoridagi misolimizga qaytadigan bo‘lsak, malakatimiz soliq tizimida amal qilayotgan ushbu imtiyozlar investitsiyalarni o‘sishiga olib kelishi bilan birgalikda kelajakda soliq bazasini ham kengayishiga xizmat qiladi.
Soliqlar vositasida yangidan yaratilgan qiymat ko‘proq miqdorda davlat tomonidan o‘zlashtirilsa korxonalarning ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlarini cheklaydi. Lekin bunda shuni ham ta’kidlash o‘rinliki, buning ham ayrim ijobiy jihatlari mavjud. Ma’lumki, davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri norentabel sohalarga investitsiya kiritishdan iborat. Ishlab chiqaruvchilarga qanchalik imtiyozlar berilgan bilan ularda norentabel sohalarni investitsiya qilishga moyillikni kuchaytirmaydi. Chunki, ularning bunday faoliyati ularga kelajakda foyda bermaydi. Ana shuning uchun davlat soliqlar hisobiga shakllantirilgan mablag‘lar hisobidan ana shunday sohalarga investitsiya kiritishini ham qaysidir ma’noda soliqlar va investitsiyalar o‘rtasidagi aloqadorlikning bir ko‘rinishi sifatida izohlash mumkin.
Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsion faolligini tezlashtirish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda birinchi navbatda investitsiyalarning ahamiyati yuqoriligini ta’kidlash lozim. Bularning natijasida ilg’or texnologiyalar tatbiq etiladi, yangi ish o’rinlari yaratiladi va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta’minlash imkoniyati yaratiladi.
Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, investitsiyalarning, xususan xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishi mazkur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy topishida asosiy omillardan biri bo’lib xizmat qilgan. Shuning uchun bugungi kunda davlat oldida turgan muhim vazifalardan biri real investitsiyalarning o’sishi va ular samaradorligini oshirish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni yaratib berishdan iborat. Mamlakatda investitsion jarayonlarni rag’batlantirish maqsadida davlat soliq instrumentlaridan ham foydalanilishi sir emas.
Har qanday mamlakat iqtisodiyotida innovatsion taraqqiyotni amalga oshirishning asosiy omillaridan biri davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash bilan belgilanadi. Bu qo’llab-quvvatlashlar boshqa iqtisodiy shart-sharoitlar bilan birgalikda, soliqlardan berilgan turli imtiyozlar va preferentsiyalarda ham namoyon bo’ladi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, bugungi kunda davlatning bosh vazifasi iqtisodiyotni modernizatsiyalashga qaratilgan rag’batlantiruvchi soliq mexanizmlaridan foydalanish asosida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hamda umummilliy manfaatlarni uyg’unligini ta’minlashdan iborat.
Mamlakatimizda bevosita xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga yanada kengroq imkoniyatlar yaratish, sanoat tarmoqlarida modernizatsiya, texnik va texnologik qayta jihozlash jarayonlarini faollashtirish, eksportbop va jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan zamonaviy texnologiyalarni qo’llash, korxonalarda innovatsion faoliyatni yo’lga qo’yish orqali yangi tovar va xizmatlar turlarini ishlab chiqarishni kengaytirish hamda tayyor mahsulot sotishning istiqbolli bozorlarini o’zlashtirishni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan qonuniy baza yaratilgan. Ushbu normativ-huquqiy hujjatlarning tizimli ravishda amal qilishi borasida qator ishlar olib borilmoqda.
Aynan shu borada Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganlaridek “Biz oddiy bir haqiqatni doimo esda tutishimiz darkor. Ya’ni, sarmoyasiz taraqqiyot yo’q, ishlab chiqarishni va umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni investitsiyalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi”55.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda to’g’ridan to’g’ri investitsiyalarni ko’proq jalb qilish masalasi bevosita tashqi iqtisodiy faoliyatda olib borilayotgan siyosatga ham bog’liq. Tahliliy ma’lumotlarning ko’rsatishicha, xorijiy investitsiyalarni amalga oshirish 2011-2015 yillar davomida o’tgan davrga nisbatan 1,7 baravar o’sgan va jami 13 milliard dollardan ko’proq miqdorni tashkil etadi. Ushbu miqdorning qarayib 75%ni to’g’ridan to’g’ri investitsiyalar tashkil etishi ayniqsa ahamiyatga moliq jihat hisoblanadi.
Yana shu narsani ta’kidlash kerakki, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasida berilgan soliq imtiyozlari milliy iqtisodiyotni tartibga solishda zaruriy vosita bo’lib xizmat qiladi. Soliq imtiyozlarini berilishi, soliq stavkasini o’zgartirish orqali davlat iqtisodiy faollikni rag’batlantirishi yoki aksincha, cheklab qo’yishi ham mumkin. Shu jihatdan olib qaraganda, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning investitsion faolligini kuchaytirishning bosh omili ular uchun soliqlar orqali tartibga solishning samarali vositalarini ishlab chiqishni taqozo etadi.
Rivojlangan davlatlarning soliq qonunchiligida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga nisbtana turli tuman soliq imtiyozlari qo’llaniladi va ular shuningdek muhim iqtisodiy yo’nalishlarni rivojlanishini rag’batlantirish maqsadida ham keng qo’llaniladi.
Fikrimizcha, investitsion jarayonlarni soliq imtiyozlari orqali rag’batlantirilishi hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda soliq mexanizmini takomillashtirishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
- innovatsion faoliyat natijasida yangi turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi sohalarga real soliq majburiyatlarini kamaytiruvchi rag’batlantirish tizimini qo’llash;
-mamlakat hududlarning daromadlarini shakllantirish borasidagi mustaqilligini oshirish maqsadida ularning o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib manzilli soliq imtiyozlarini qo’llash;
- qishloq xo’jaligi sohalarida qayta ishlash jarayonini rivojlantirishga xizmat qiluvchi xorijiy investitsiyalar uchun soliq imtiyozlarini kengaytirish.
Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni jadal modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta’minlash, yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va to’qimachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika, axborot va telekommunikatsiyalar tarmog’i hamda boshqa yo’nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga ustuvor e’tibor berilmoqda. Eng muhimi, xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar uchun qulay, har tomonlama imtiyozli investitsiya muhiti yaratilgan.



Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin