1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja


Sotsial psixologiyada kognitivizm



Yüklə 3,5 Mb.
səhifə16/73
tarix03.10.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#151706
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73
1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja (1)

4 . Sotsial psixologiyada kognitivizm
Kognitivizm K.Levin nazariyasi asosida paydo bo`lgan psixologik yo’nalish bo`lib, undagi o’rganish ob’yekti munosabatlar tizimidagi kishilar, ularning bilish jarayonlari, ong tizimiga taalluqli bo`lgan kognitiv holatlar bo’ldi. Kognitiv maktab vakillari (J.Piaje, U.Nayser, J.Bruner, R.Atkinson va b.) inson bilimlarining shakllanish usullari; sensor axborotning hosil bo’lishi, bilish jarayonlari tuzulmaviy bloklarining vujudga kelishi va rivojlanishi, inson bilimi va xulq-atvorining xotirada bilim hosil bo’lishidagi roli, intellektual funksiyalarning rivojlanishi, verbal va obrazli komponentlarning xotira va fikrlash jarayonlaridagi nisbatini o’rganishdi. Ular inson aksariyat hayotiy vaziyatlarda fikrlash xususiyatlariga asoslangan holda qaror qabul qiladi degan xulosaga kelishdi.
Kognitivizm doirasida shunday mukammal nazariya yaratildiki, ular hozirgi kunda ham o`z ahamiyatini yo’qotgani yo’q.
K ognitiv sotsial psixologiyada kognitiv muvofiqlik nazariyasi muhim o’rin egallaydi. Unda insonni motivatsiyalovchi omil sifatida muvofiqlikni izlashga bo’lgan ehtiyoj va uning muvozanatlashgan kognitiv tuzulmasi olib qaraladi. Mazkur nazariyalarga F.Xayderning muvozanatlashtirilgan tizimlar nazariyasi, T.Nyukomning kommunikativ aktlar nazariyasi, Festingerning kognitiv dissonanslar nazariyasi va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Ulardagi asosiy g’oya shundan iboratki, shaxs o’ziga o’xshagan shaxslar bilan muloqotga kirishar ekan, doimo munosabatlarda ruhiy mutanosiblik, tenglik bo`lishiga, shu tufayli ziddiyatlardan chiqishiga harakat qiladi. Maqsad - turli ijtimoiy sharoitlarda shaxs xulq-atvorining psixologik sabablarini tushuntirish va ziddiyatlarning oldini olish yo’l-yuriqlarini ishlab chiqishdan iborat.
G.Andreyeva fikricha, kognitivizm ijtimoiy ong psixologiyasi kabi insonning ijtimoiy hodisalarni anglash muammosini tadqiq etuvchi yo’nalishning kelib chiqishiga turtki bo’ldi.


5. Sotsial psixologiyada interaksionizm
Interaksionizm kelib chiqishi bo’yicha – sotsiologik nazariya bo’lib, Gerbart Midning simvolik (belgili) interaksionizmiga asoslangan. G.Mid insonlarning ijtimoiy faoliyat va muloqot jarayonidagi o’zaro hamkorligini tadqiq etgan. Asosiy g’oya – shaxs doimo ijtimoiy va u jamiyatdan tashqarida shakllanishi mumkin emas. Shaxsning rivojlanishi belgilar tizimini o’zlashtirish orqali qaraladi. Bu bilan inson va hayvonot dunyosi orasidagi farq qiyoslanadi. Kommunikatsiya deganda esa simvollar almashinuvi nazarda tutilib, ushbu jarayonda yagona mohiyat va fikrga kelinadi. Bosh belgi tizimi til hisoblanadi.

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin