1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja (1)
Huquqbuzarlikning oldini olish Bu soha va unga aloqador muammolar har doim ham psixolog aralashuvini talab qilib kelgan. Chunki jinoyatchi yoki huquqbuzar shaxsi o’z-o’zidan shakllanib qolmaydi, uni shakllantiruvchi omillar, motivlar va bolani qayta tarbiyalash va reabelitasiya masalalari ijtimoiy psixologik jarayonlar mohiyatini bilish va ularga faol ta’sir ko’rsatish talab qiladi. Shuning uchun ham mamlakatimizda yoshlar o’rtasida huquqiy ma’rifat va huquqiy madaniyatni shakllantirishga juda katta e’tibor qaratilgan va bu ishda amaliyotchi xodim - psixologning o’rni va roli katta bo’ladi.
Yuqorida e’tirof etilgan psixologiyaning tadbiqiy sohalari uchun umumiy narsa shuki, bu sohalarda ishlaganlar avvalo yaxshi psixodiagnost, ya’ni psixologiya metodlarini o’z o’rnida samarali ishlatishni bilishi va yaxshigina psixoterapevt va psixokorrektor - ya’ni, aniqlangan muammo yoki «kasallikni» tuzatuvchi mohir professional bo’lishi kerakligini taqozo etadi.