1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja


Kichik guruhlar klassifikatsiyasi



Yüklə 3,5 Mb.
səhifə35/73
tarix03.10.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#151706
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73
1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja (1)

4.Kichik guruhlar klassifikatsiyasi
Tarixan kichik guruhlarni rasmiy va norasmiy turlarga bo`lish qabul qilingan. Bunday bo`linishni amerikalik olim E.Meyo taklif etgan edi. Uning fikricha, rasmiy guruh har bir a`zolarining rasmiy rollarga ega ekanligi, ular mavqeining va guruhda tutgan o’rnining aniqligi bilan xarakterlanadi. Bu guruhlarda asosan, "vertikal" tarzda ro’y berib, guruhning bir yoki bir necha a`zosida "hokimiyat" bo`lganligi uchun ham, ular boshqalarni boshqarish, ularga buyruq, rasmiy ko’rsatmalar berish huquqiga ega bo`ladilar. Rasmiy guruhga misol qilib har qanday birgalikdagi faoliyat maqsadlari asosida shakllangan jamoalarni ishlab chiqarish brigadasi, talabalar guruhi, sinf o`quvchilari, pedagogik jamoa va boshqalarni olish mumkin.
Rasmiy guruhlardan farqli o’laroq, norasmiy guruhlar ham mavjud bo`ladiki, ular asosan stixiyali tarzda, aniq maqsadsiz tarkib topadi va ularda a`zolarning aniq mavqelari, rollari oldindan belgilangan bo`lmaydi. Ko`pincha norasmiy guruh rasmiy guruh tarkibida tashkil topadi va ularni boshqarish ham oldindan belgilangan bo`lmay, odamlar ichidan u yoki bu shaxsiy sifatlari tufayli ajralib chiqqan a`zolar norasmiy rahbarlik rolini bajarishlari mumkin.
Bundan tashqari, sotsial psixologiyada referent guruh tushunchasi ham bor. Bu tushuncha fanga birinchi marta amerikalik tadqiqotchi G. Xaymen tomonidan 1942 yilda kiritilgan edi. U o`z tadqiqotlarida shuni isbot qildiki, ma`lum bo`lishicha, guruh a’zolari uchun shu guruh ichida yoki boshqa doiralarda shunday shaxslar mavjud bo`lar ekanki, u o`z xatti-harakatlari, fikrlari va yo`nalishlarida o’sha guruh a`zolariga ergashish, ularni tanqidsiz qabul qilishga moyil hamda tayyor bo`lar ekan. Shunday shaxslar guruhi referent guruh nomini oldi. O`quvchi uchun bunday guruh rolini maktabdagi bir necha o’qituvchilar, otasi yoki onasi, yaqin do’sti yoki qarindoshlaridan kimdir o’ynashi mumkin. Shunisi xarakterliki, shaxs doimo shu guruhga ergashadi, uni qadrlaydi, u bilan muloqotda bo`lishga intiladi. Rus psixologlari bu guruhni odatda shaxs uchun mavjud haqiqiy guruh (a`zolik guruhi) tarkibidagi yoki unga qarshi bo`lgan guruh sifatida qaraydilar. Nima bo`lganda ham ana shunday guruhning mavjudligi shaxs uchun ahamiyatli bo`lib, uning xulq-atvori uchun etalon hisoblanadi.



Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin