1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja


Sotsial psixologiyaning hozirgi kundagi mavqei



Yüklə 3,5 Mb.
səhifə2/73
tarix03.10.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#151706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja (1)

2.Sotsial psixologiyaning hozirgi kundagi mavqei.
Jamiyat bu insonlar majmuidir. Uning taraqqiyoti va ma`naviy salohiyati ko`p jihatdan ana shu insonlar o’rtasida yuzaga keladigan o`zaro munosabatlarning tabiatiga, ular amalga oshiradigan murakkab sotsial hamkorlik faoliyatining mazmuniga bog’liq. Har bir inson jamiyatda yashar ekan, u unda o`ziga xos o’rin va mustaqil mavqe egallashga intiladi, binobarin, u o`ziga xos intilish, layoqat va faollik namunalarini namoyish qiladi. Insonlar o’rtasidagi o`zaro munosabatlarni hamda har bir shaxsning jamiyatdagi o’rni va uning turlicha sotsial munosabatlari tabiatini o`rganuvchi qator sotsial fanlar mavjud bo`lib, ularning orasida sotsial psixologiya alohida o’rin egallaydi.
Sotsial psixologiya juda qadimiy va shu bilan birga u o’ta navqiron fandir. Uning qadimiyligi insoniyat tarixi, madaniyati va ma`naviyatining qadimiy ildizlari bilan belgilanadi. Ular aslini olib qaraganda, u yoki bu jamiyatda yashagan kishilar o’rtasidagi, sotsial munosabatlarning va tafakkurning xosilasi bilan e`tirof etilsa, u o`z uslubiyoti, predmeti va fanlar tizimida tutgan o’rnining yangiligi insoniyat taraqqiyotining eng yangi davrida shakllanganligi va rivojiga turtki berganligi bilan tavsiflanadi.
“Yer-u ko’kdagi buyuk o’zgarishlarni sezish, his qilish va ulardan saboq chiqarish, o’rnak olish uchun odamzot o’zining yon atrofiga uyg’oq nigoh, qalb ko’zi bilan qarashi lozim”. Respublikamizning birinchi Prezidenti aytgan bu fikrni shaxs va uning psixologiyasi bilan qanday bog’lash mumkin. Bu fikrni mag’zini chaqadigan bo’lsak, uning butun mazmun-mohiyati go’yoki sotsial psixologiya va shaxs psixologiyasiga bog’liqligini ko’rishimiz mumkin.
O`zbekistan Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida Respublika Prezidenti I.A. Karimov Oliy ta`limni isloh qilishda va malakali kadrlarni tayyorlashda sotsial psixologiyaning fan sifatida alohida o’rni borligiga jamoatchilik diqqatini qaratdi. Darhaqiqat, yetuk kadr bo`lish uchun shaxs nafaqat o`z iqtidori, bilimi va saviyasini oshirishi zarur, balki jamiyatda turlicha sotsial munosabatlar tizimiga tayyor bo`lmogi, sotsial faoliyatni boshqarishning ilmiy qonuniyatlari va qoidalarini mukammal egallamog’i zarur.
Boshqaruv, marketing va menejment, ta’lim va tarbiya sohalarida, ayniqsa, inson omili va uni boshqarishning psixologik tizimini bilishi – jamiyatda sog’lom insoniy munosabatlarni shakllantirish orqali uni kamol toptirish yo`lidir. Shuning uchun bugungi kunda I.A.Karimov ta`kidlaganidek, sotsial psixologiya va umuman, sotsial faoliyat bilan shug’ullanuvchi fanlarning asosiy vazifasi barkamol avlod tarbiyasini ta`minlovchi barcha ma`naviy, ruhiy va insoniy munosabatlar mohiyatini tahlil qilish, ularni boshqarishning eng samarali usullarini hayotga tadbiq etishdir. Bu o’rinda, ayniqsa sotsial tafakkurning, yangicha dunyoqarash va munosabatlarning shakllanishini, insonning o`ziga va o`zgalarga ta`sir etishning mexanizmlarini o`rganish eng dolzarb masalalardandir.



Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin