1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja



Yüklə 3,5 Mb.
səhifə1/73
tarix03.10.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#151706
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja (1)


1-MAVZU. SOSIAL PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI


REJA:

1.Sotsial psixologiyaning mavzu bahsi.


2.Sotsial psixologiyaning hozirgi kundagi mavqei.


1. Sotsial psixologiyaning mavzu bahsi
Insoniyat jamiyati paydo bo`lib, odamlar hamkorlikda mehnat qilish va yashash ehtiyojini sezgan davrdan boshlab ularda sotsial psixologik tafakkur, sotsial ruh paydo bo`lgan. Insoniyatning eng ilg’or vakillari bunday ruh qonuniyatlarini o`rganish, uning sirli tomonlarini sharxlashga urinib kelganlar. Lekin sotsial ruh qanchalik qadimiy bo`lsa, uning sirlarini o`rganuvchi fani sotsial psixologiya shunchalik navqirondir.
Sotsial psixologiya fan sifatida yaratilgan yili rasman 1908 yil hisoblanib, xuddi ana shu yil ingliz psixologi V. Magdugall "Sotsial psixologiyaga kirish", amerikalik sotsiolog E. Ross esa "Sotsial psixologiya" darsligini chop etdilar. Bu yilda ham psixologning, ham sotsiologning bir soha bo’yicha kitob yozishlarining o`zi ramziy ma`noga ega bo`lib, bu fanning ikki fan oralig’ida psixologiya va sotsiologiya oralig’ida paydo bo`lganligining yana bir isboti bo`lib xizmat qildi. Ya`ni, sotsial psixologiya ikki turdagi qonuniyatlar sotsial hamda psixik taraqqiyot qonuniyatlari bilan ish olib boradi. Shuning uchun bo`lsa kerak, hozirgi kungacha sotsial psixologiyaning mavzu bahsi va u o`rganadigan sohalar borasida turlicha qarashlar va tortishuvlar mavjud.
Taniqli nemis olimlari G. Gibsh va M. Forverglar bu fanning predmetiga quyidagicha ta`rif beradilar: "Odamlar uyushmasi, korporatsiyalar sotsial psixologik tadqiqotlarning asosidir, uning ob`yekti esa sotsial ta`sir jarayonlari, ularni uyushishga majbur qiladigan shart-sharoitlar hamda motivlar sotsial psixologiya o`rganishi kerak bo`lgan sohalardir”.
Rus sotsiologlari G.P. Predvechniy va Yu.A. Sherkovinlarning "Sotsial psixologiya" kitobida esa uning predmeti"... ob’yektiv borliqning va unda ro`y beradigan hodisalarning psixika tomonidan o`ziga xos tarzda in’ikos etilishidir", deb hisoblaniladi. Bu mualliflar sotsial psixologiyaning barcha o`rganish obyektlarini sharxlar ekanlar, ko`proq sotsiologik yondashish bilan muammolarni yechishga harakat qilganlar.
Sotsial psixologiyaning mavzu bahsini ta`riflashga psixologik yondashuv A.V.Petrovskiy va V.V.Shpalinskiylarning "Jamoaning sotsial psixologiyasi" kitoblarida bayon etilgan. Bu mualliflarning fikricha "Sotsial psixologiya psixologiya fanining shunday tarmog’iki, u turli uyushgan va uyushmagan guruhdagi odamlarning muloqoti, o`zaro ta`sir va munosabatlaridan kelib chiqadigan psixik hodisalarni o`rganadi".
Shuning uchun ham Galina Andreeva sotsial psixologiyaning mavzu bahsi haqidagi hozirgi zamon qarashlarini umumlashtirib, bu o`rinda uch xil yondashish mavjudligini e`tirof etadi.

  • Birinchisi, sotsiologik yondashish bo`lib, uning tarafdorlarining fikricha, sotsial psixologiya asosan ommaviy psixologik jarayonlarni xalqlar psixologiyasi, ommaviy marosimlar, udumlar, rasm-rusmlar, modaning inson ongiga singishi, sotsial xulq-atvorda namoyon bo`lishini o`rganishi kerak (Yu.A. Sherkovin, G.P. Predvechniy, R. Pento, M. Gravitts va boshqalar).

  • Ikkinchi psixologik yondashuv tarafdorlari asosan psixologlar bo`lib, ular asosiy diqqatni shaxsning sotsial psixologiya xislatlariga, uning turli guruhlarda tutgan o`rni, mavqei, sotsial ustanovkalar va hokazolarga qaratmoq lozim, deb hisoblaydilar (A.V. Petrovskiy, B.F. Parigin, A.G. Asmolov, V. Magdugall va boshqalar).

  • Shu bilan birgalikda, hozirda ham sotsiologik, ham psixologik qarashlarni birgalikda mujassamlashtirayotgan olimlar ham borki, ular ham ommaviy jarayonlarni, ham shaxsning shu jarayonlardagi xulq-atvorlari motivlarini o`rganishni yoqlab, tadqiqotlar o’tkazmoqdalar.

Masalan, V.Myasishev o`zining "Shaxs va nevrozlar" kitobida, sotsial psixologiya shaxslararo o`zaro ta`sir jarayonida shaxsda paydo bo`ladigan ruhiy faoliyat xususiyatlarini ham, guruhlarning o`ziga xos psixologiyasini ham, jamiyatda ruy beradigan jarayonlarning psixologik tomonlarini ham bir vaqtda o`rganishni taklif etadi.
Amerika sotsial psixologiyasida ham sotsial psixologiyaning mavzu bahsi borasida uzoq tortishuvlar mavjud bo`lgan. Ularda bu fanning mavzu bahsini sotsiologiya yoki psixologiya fani ichidan qidirish (intradistsiplinar yondashuv) yoki ikkala fan oralig’idan qidirish hollarini kuzatishimiz mumkin. Lekin bu sohadagi tortishuvlar qanchalik bo`lmasin, baribir, G.M.Andreevaning obrazli iborasiga ko’ra, uning "ota-onasi" sotsiologiya bilan psixologiya ekanligini tan olishi kerak.
Bu boradagi aniq fikrni fransuz olimlari R.Pento va M.Gravittslar ham ta`kidlashgan: "Shu paytgacha shaxs va jamiyat muammolari sohasida ikki xil yondashuv bo`lib kelgan edi: psixologiya inson tabiatini, uning psixikasini, sotsiologiya esa, jamiyat tabiatini, psixikasini o`rganib keldi. Sotsial psixologiya paydo bo`ldiki, u insonning jamiyatda munosabatining psixologik tomonini o`rganmoqda".
Umumiy holda, fanning predmetini sotsial psixologiya odamlarning jamiyatda birgalikdagi ish faoliyatining natijasida hosil bo`ladigan tasavvurlar, fikrlar, e`tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarni tushuntirib beruvchi fandir deb ta`rif berishimiz mumkin.
Demak, har bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning sotsial normalariga rioya qilgan holda o`ziga o’xshash shaxslar bilan o’rnatadigan murakkab o`zaro munosabatlari va ularning ta`sirida hosil bo`ladigan hodisalarning psixologik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib berish sotsial psixologiyaning muhim tomonidir. Bundan kelib chiqadigan umumiy ta`riflarga, sotsial psixologiya, sotsial muloqotning murakkab shakl va mexanizmlarini o`rganuvchi fandir.

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin