1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja (1)
4. Olomonni harakatga keltiruvchi psixologik mexanizmlar Olomon shakllanishining ilk belgilaridan guruhiy tartibbuzarlikkacha bir qancha bosqichlar bosib o’tiladi.
Bahonaning yuzaga kelishini guruhiy tartibbuzarliklarning boshlanishi deb hisoblash mumkin. Odamlarning e’tiborini tortgan va ular noto’g’ri talqin etgan har qanday voqyea yoki fakt ana shunday bahona bo’lshi mumkin. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, bahonalar nihoyatda xilma-xil bo’lishi mumkin. Bahonalarning kelib chiqishida mish-mish gaplarning ham ta’siri katta bo’ladi. Mish-mish gaplar o’zi mohiyatiga ko’ra ma’lum ma’noda tasdiqlangan va yoki hech kim tomonidan tasdiqlanmagan xabar vazifasini bajaradi, shuning uchun ham ba’zi shaxslar hayotida va jamiyatda ma’lum bir ijtimoiy psixologik muammolarni yuzaga keltiradi. Natijada jamiyatni, insonlar turmush tarzini o’zgartrib yuborish xususiyatiga ega.
Guruhiy tartibbuzarlikning yetilishdagi ikkinchi bosqich dastlabki xavotirli mish-mishlarning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Tartibbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyat ushbu bosqichda ancha qiyinlashadi. Odamlar voqyeaga nisbatan muayyan qarashni o’zlashtirgan bo’ladilar va har qanday axborotni o’zlarining anglashuvlari orqali qabul qiladilar. Vaziyatning yanada murakkablashuviga qarshi kurashning yo’li – bu odamlarni qayta ishontirish, mish-mishlarning yolg’onligini dalillar bilan isbotlashdir. Bu bosqichda voqyea yoki fakt manfaatlariga ko’p darajada ta’sir ko’rsatgan odamlarni yakka tartibda qayta ishontirish eng ko’p samara beradi. Bu bosqichda omma oldida mish-mishni rad etish vaziyatni chigallashtirishi, mish-mishlarning yanada ko’proq tarqalishini keltirib chiqarishi mumkin.
Uchinchi bosqichni shartli ravishda aqllarning achishi deb atash mumkin. Darhol rad qilinmagan mish-mishlar tarqalishda davom etadi, katta o’zgarishlarga uchraydi va odamlarda hozircha «kar» qo’zg’alishni yuzaga keltiradi. Bu bosqich ham, oldingi ikki bosqich ham odamlarning, ya’ni olomonning to’planishidan avval keladi va uni psixologik jihatdan tayyorlaydi.