Sokratning nuqtai nazaiga ko’ra, inson faoliyati uning yaxshilik, savob, oriyat, insof haqidagi tushunchalari mazmunidan iborat bo’lib, bu tushunchalirni shaxs qanday tushunishi katta ahamiyatga ega
Platon insonning ijtimoiy urnini belgilashda har bir kishi dastavval o’z davlatining fuqarosi bo’lishi lozim, deb ta’kidlaydi
Platon murakkab ijtimoiy-siyosiy muhitda yashaganligi sababli ideal davlat qurilishi orzusida yashagan. Uning ezgulik asosiga qurilgan ideal davlat tuzumi quyidagi fazilatlarga ega bo’lish lozim: 1) donishmandlik; 2) jasorat; 3) har ishni oqilona me’yorni saqlay bilish; 4) adolat.
Aristotel davlat tuzumini olti xil ko’rinishga tasniflab, ulardan uchtasi (monarxiya, aristokrat va politiya) to’g’ri va uchtasi (traniya, oligarxiya va demokratiya) noto’g’ri davlat tuzumlari, deb hisoblaydi.