1-mavzu. Standartlashtirish tizimi. Standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish.
Reja: 1. Standartlashtirish haqida asosiy tushunchalar.
2. Standartlashtirish prinsiplari.
3. O‘zbekiston respublikasida standartlashtirish davlat tizimi.
4. Standart turlari.
1. Standartlashtirish haqida asosiy tushunchalar Standart so‘zi inglizcha “Standart” so‘zdan olingan bo‘lib, me’yor, o‘lcham, andoza degan ma’nolarni bildirib me’yoriy hujjat nomi bilan yuritiladi. Standart - bu ko‘pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan va ma’lum sohalarda davirga nisbatan eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo‘naltirilgan hamda faoliyatning har xil turlariga yoki natijalariga tegishli bo‘lgan umumiy va takror qo‘llaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiflar, talablar va usullar belgilangan va tan olinganO‘zbdavlat idorasi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatdir. Standartlashtirish deganda mavjud yoki bo‘lajak aniq masalalarga nisbatan umumiy va ko‘p marta tatbiq etiladigan talablarni belgilash orqali ma’lum sohada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-texnikaviy faoliyat tushuniladi. Bu faoliyat standartlarni va texnikaviy talablarni ishlab chiqishda, nashr etishda va tatbiq qilishda namoyon bo‘ladi. Standartlashtirishning muhim natijalari odatda mahsulot, jarayon va xizmatlarning belgilangan vazifaga mos kelishi, savdodagi g‘ovlarni bartaraf qilish hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlikka ko‘maklashishda namoyon bo‘ladi.
Standartlar fan, texnika va tajribalarning umumlashtirilgan natijalariga asoslangan va jamiyat uchun yuqori darajadagi sotsial ijtimoiy foydaga erishishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Standartlar darajasiga qarab, halqaro, mintaqaviy davlatlararo, milliy va korxona miqyosida ishlab chiqilgan tovarlar va xizmatlar uchun faoliyat ko‘rsatadi.
Davlat standartlari mahsulotni ishlab chiqish va uni ishlab chiqarishga qo‘yish bosqichida yangiassortimentlardagi mahsulotlarning yuqori sifatli turlarini yaratish va o‘zlashtirishni tezlashtirishga, ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi va iste’molchi oralaridagi munosabatlarni yaxshilashga yo‘naltirilgan.
Standartlashtirish tizimi yangi tovarga o‘z vaqtida yuqori sifatli loyiha - konstruktorlik hujjatlar yaratish, korxonaning yangi mahsulotini berilgan sifat ko‘rsatkichlariga asosan tayyorlashni va kerak bo‘lsa istmolga yaroqli mahsulotning ishlab chiqarishdan olib tashlashni belgilaydi.
Standartlashtirish mahsulot muomalada bo‘lganida va sotish bosqichlarida mahsulotni joylashtirish (upakovka) da barcha sharoitlarni yaratish, yuklashga va joylashtirishga, saqlashga, omborlarda saqlanayotgan mahsulotlar sifatini buzilmay saqlashga, transportda tashishda, savdo tashkilotlariga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.