3. O‘zbekiston respublikasida standartlashtirish davlat tizimi Respublikamizda standartlashtirish jarayoni 3 bosqichdan iborat:
Atamalarni standartlashtirish;
O‘lchovlarni, o‘lchash va sinov uskunalarini va ularni konstruksiyaga va mahsulot texnologiyasiga bog‘lab standartlashtirish;
Mahsulotning o‘zini standartlashtirish.
ISO/MEK tomonidan yaratilgan konsultativ kengash texnika rivojining yo‘nalishini quyidagicha tavsiya qiladi:
standartlarni yaratishda va ularni kelishishda yangi mexanizmlarni yaratish;
harajatlarni ilk tadqiqotlarga va real istiqbolga ega bo‘lgan texnikaviy yutuqlarga to‘lamoqlik
bor texnikaviy qo‘mitalarning ilmiy tadqiqot, tajribaviy konstruktorlik ishlarini shu jumladan ekologiya sohasidagi ishlarni, e’tiborga olgan holda yangi rejali istiqbolli ishlarni yaratish;
standartlashtirish soxasida yetakchi mutaxassislar boshchiligidagi o‘tkaziladigan seminarlar, ilmiy ma’ruzalar shaklidagi ikkilamchi mexanizmlardan foydalanish;
Davlat boshqaruvidagi rahbarlar orasida yangi g‘oyalarni targ‘ibot qilishga e’tiborni qaratmoq.
Davlvtlar orasida standartlash bo‘yicha kelishuvlar tashkil etish.
Standartlashtirish sohadagi asosiy tushunchalar 61 atamadan iborat bo‘lib, ularning mohiyati ketma-ketligi bo‘yicha ma’lum tartibda joylashtirilib, hozirgi vaqtda chop etilgan O‘zRST 1.10-93 “O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy atamalar va ta’riflar” standarti yaratildi.
Standartlashtirish sohasidagi bir qancha asos bo‘luvchi hujjatlar O‘zstandart agentligi huzuridagi standartlashtirish, metrologiya, sertifikat-lashtirish instituti (SMSITI) da yaratilmoqda. Bular qatoriga dastlabki standartlar O‘z RST 1.0-92, O‘z RST 1.1-92, O‘z RST 1.2-92, O‘z RST 1.3-92 va boshqalar kiradi.
O‘z RST 1.0-92 “O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi”. Mazkur standart standartlashtirishning asosiy vazifa va maqsadini, standartlashtirish ishlarining tashkil etilishi va asosiy qonun-qoidalarini, me’yoriy hujjatlarning toifasini, standartlar turlarini, xalqaro hamkorlik bo‘yicha asosiy qoidalarni, standartlar va texnikaviy shartlarning qo‘llanishini, standartlarga va o‘lchash vositalariga nisbatan davlat nazoratini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida standartlashtirish ob’ektlariga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatlarning quyidagi toifalari amal qiladi:
Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
O‘zbekiston Respublikasining standartlari;
Tarmoq standartlari;
Texnikaviy reglament;
Korxona standartlari;
Xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.
Xalqaro standart - bu standartlashtirish bilan (standartlashtirish bo‘yicha) shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo‘lgan standartdir.
Mintaqaviy standart esa, standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan mintaqaviy tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo‘lgan hujjatdir.
Davlatlararo standart "GOST" - bu standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha MDX davlatlararo kengash tomonidan qabul qilingan,MXtalablarini bajarilishi shart bo‘lgan hujjatdir.
Milliy standart - bu standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan milliy idora tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo‘lgan standartdir.
Korxona standarti - bu mahsulotga, xizmatga yoki jarayonga korxonaning tashabbusi bilan ishlab chiqiladigan va uning tomonidan tasdiqlangan hujjatdir.
Standartlarni qo‘llashda turli usullar mavjud. Bir mamlakat doirasida standartlar yangidan yaratilishi mumkin hamda xalqaro,mintaqaviy va davlatlararo standartlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanishi ham mumkin. Standartlardan tashqari rahbariy hujjatlar, texnikaviy reglamentlar, standartlashtirish bo‘yicha tavsiyanomalar, yo‘riqnomalar (qoidalar) ham mavjuddir.
Rahbariy hujjat deganda standartlashtirish idoralarining va xizmatlarning vazifalarini, burchlarini va huquqlarini, ularning ishlari yoki ishlarining ayrim bosqichlarini bajarish usullari, tartibini va mazmunini belgilaydigan me’yoriy hujjat tushuniladi.
Texnikaviy reglamentr (O’ZTREG)Texnik reglament – hujjatning bir turi bo‘lib, texnik boshqaruv ob’ektlari (mahsulotlar, bino va inshootlar, qurilmalar, ishlab chiqarish jarayonlari, ekspluatatsiya, saqlash, yetkazib berish, realizatsiya hamda utilizatsiya qilish jarayonlari) ga mamlakat hukumati tomonidan qo‘yiladigan majburiy talablarning majmuasidir.
Ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan aniq mahsulotga (xizmatga) bo‘lgan texnikaviy talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatlarga so‘siz amal qilish .