3.Bozor tadqiqotlar olib borish
Bozorni va sotuvni tadqiq qilish. U korxonaning kelgusi faoliyatini belgilash
uchun bozor sharoitlari tо‘g‘risida ma’lumotlar olish maqsadida amalga oshiriladi.
Bozorni va sotuvni tadqiq qilishning asosiy yо‘nalishlari quyidagilarni qamrab
oladi:
bozor sig‘imini baholash;
bozorni segmentlash;
bozor о‘zgarishlari va rivojlanish tendensiyalari tahlili, xususan, iqtisodiy, fan-
texnika, demografik, ekologik, qonunchilik va boshqa omillarni tahlil qilish;
bozor tuzilmasini о‘rganish;
sotuv hajmini bashorat qilish.
Bozor sig‘imini aniqlash bozor tadqiqotlarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Tovar
bozori sig‘imi deganda belgilangan darajada va baholarda tovarni sotish
imkoniyatlari tushuniladi. U iste’molchilar talabi va tovar taklifi miqdori bilan
tavsiflanadi. Bozor sig‘imi tadqiqotlari kutilayotgan sotuv hajmini bashorat qilishga
imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: |