4. G‘oya generatori
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda yoshlarga oid ijtimoiy munosabatlarni tartibga
soluvchi 150 dan ortiq huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. 2016-yil 14-
sentabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga
oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni yoshlarning huquq va erkinliklarini
ta’minlash borasidagi mustahkam huquqiy maydon yaratilishiga turtki bo‘ldi.
Prezidentimizning shu yil 30-avgustdagi “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va
ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida
Yoshlar akademiyasi tashkil etildi.
Yoshlar akademiyasining asosiy maqsadi ajdodlarimiz ilmiy merosiga tayangan
holda istiqbolli, yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan, har qanday sharoitda ham
kutilmagan, nostandart qarorlar qabul qila oladigan, fanning muayyan sohasida
chuqur bilimga ega va shu bilan birga bir necha fan kesimi asosida shakllanayotgan
yangi ilmiy yo‘nalishlarda faoliyat olib boruvchi yosh olim va mutaxassislarni
tayyorlashdan iborat. Mazkur akademiya mamlakatimizda yosh tadqiqotchilarni
ilm-fanga jalb qilish, ilmiy-tadqiqot faoliyati ko‘rsatkichlari va ishlanmalar natijala-
rining jahon bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash, mamlakat ilm-fani
salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi qator vazifalarni amalga oshirishi ko‘zda
tutilgan. Akademiya ilm-fan siyosatini takomillashtirish orqali fan-texnika rivojiga
hissa qo‘shadi, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish uchun platforma hosil qiladi.
Mahalliy hamda xorijiy ilm-fan vakillari o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalari
o‘rnatadi, yosh olimlarni o‘z g‘oya va loyihalari asosida tegishli sohalarga
yo‘naltiradi. Fanlararo va xalqaro ilmiy hamkorlik o‘rnatish, kelajak avlodga bilim
berish yo‘lida xizmat qiladi.
Kimlar a’zo bo‘la oladi? O‘zining innovatsion loyiha va g‘oyasiga ega iqtidorli
yoshlar va talabalar, 40 yoshgacha bo‘lgan olim va novatorlardan tashkil topgan
jamoalar “G‘oyalar generatorlari”, “Startaplar”, “Biznes vakillari”, “Bo‘lajak
akademiklar” platformalariga tanlov asosida qabul qilinadi. Yoshlar akademiyasi
platformalarining xususiyat va maqsadlaridan kelib chiqqan holda, muayyan
mezonlar asosida saralab olinadi. Masalan, “G‘oyalar generatori” platformasiga
taqdim etiladigan g‘oyalar Yoshlar akademiyasining asosiy yo‘nalishlariga tegishli
muayyan muammoning yechimiga qaratilgan, ilmiy asoslangan innovatsion
xarakterda bo‘lishi lozim. Bir yoki bir necha kishi birgalikda bitta g‘oyani taklif
qilishi mumkin. G‘oyaning istiqbol rejasi taqdim etilishi shart (g‘oyaning ilmiy
maqsadi, kutilayotgan natijalar va amalga oshirish mexanizmi). G‘oya muallif(lar)i
jamoa a’zoligiga Ilmiy-texnik kengash tavsiyasiga binoan qabul qilingach, soha
mutaxassislari, yetakchi olimlar rahbarligida o‘z g‘oyalarini amalga oshirish uchun
2 yil faoliyat olib boradi. “Biznes vakillari” hamda “Bo‘lajak akademiklar”
platformasi a’zolariga shartnoma orqali biriktirish bilan g‘oyaning samaradorligini
ta’minlash mumkin.
“Startaplar” platformasiga ham bir yoki bir necha kishidan iborat jamoa bitta
loyihani taqdim etishi mumkin. Ilmiy asoslangan g‘oya va uni amalga oshirishga
qaratilgan startup loyihasi, uni bajarish bo‘yicha aniq reja ishlab chiqilgan bo‘lishi,
moliyaviy foyda qismi (biznes reja) taqdim etilishi lozim. Loyihani amalga oshirish
uchun so‘ralayotgan mablag‘ miqdori 1 (bir) mlrd so‘mdan oshmasligi kerak. Jamoa
a’zoligiga qabul qilingandan so‘ng 4 oy davomida Yoshlar akademiyasi tomonidan
tashkil qilinadigan biznes-akseleratorlarda ishtirok etadi, mahorat darslari va
treninglarda qatnashish orqali loyihalarini takomillashtiradi. Ilmiy-texnik kengash
tomonidan moliyalashtirishga tavsiya etilgan loyihalar moliyalashtiriladi. Loyiha
tugagach, platforma a’zoligidan chiqadi.
Biznes sohasida kamida 1 yillik tajribaga ega, faoliyatini mamlakat ichida olib
borayotgan hamda o‘z faoliyatida ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini qo‘llagan yosh
tadbirkorlar
“Biznes
vakillari”
platformasiga
a’zo
bo‘la
oladi.
“Bo‘lajak akademiklar” platformasi a’zoligiga nomzodlardan ilm-fan sohasidagi
yutuqlari mahalliy va xalqaro darajada tan olingan; so‘nggi 3–10 yil ichida PhD yoki
unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga va o‘z ilmiy maktabiga ega; Xirsha bo‘yicha
indeksi kamida 3 bo‘lgan; dotsent yoki professor unvoniga ega va kamida 3 nafar
shogird tayyorlagan (bakalavr, magistr, PhD); mahalliy yoki dunyo miqyosida
nufuzli ilmiy mukofotlarga ega bo‘lishi talab etiladi.
Mazkur platforma a’zolari a’zolikka qabul qilingach, shartnoma asosida “G‘oyalar
generatori” va “Start-up” platformalari a’zolariga rahbarlik yoki maslahatchilik
qilish asosida Yoshlar akademiyasi faoliyatiga hissa qo‘shadi. Besh yil davomida
a’zo hisoblanishadi. Yil boshida taqdim etgan rejalari asosida Ilmiy-texnik kengash
tavsiyasiga binoan Yoshlar akademiyasi tashkillashtirgan ilmiy stajirovkalarda
ishtirok etadi, ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish va faoliyatini samarali yuritishda
bevosita qatnashadi. Imtiyoz va imkoniyatlar Yoshlar akademiyasi a’zolari
mamlakatda yetuk ilmiy maktablarni shakllantirish maqsadida oliy ta’lim
muassasalari va ilmiy tashkilotlarning laboratoriya bazasidan, Innovatsion
rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy
markazi, Ilg‘or texnologiyalar markazi va “Yashnobod” innovatsion texnoparki
binolari, laboratoriyalaridan bepul foydalanish, ilmiy izlanish va tadqiqotlar olib
borish uchun imkon yaratish maqsadida loyihalarni shakllantirishda olim va
mutaxassislardan yordam olish, ular ishtirokida loyihalarni rasmiylashtirish, biznes
rejalarni tayyorlash bo‘yicha treninglarda bepul ishtirok etish, ilmiy ishlanmalarning
ichki va tashqi bozorda raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida patentlash, ilmiy
ishlanmalarni baholash va sertifikatlashtirish masalalarida amaliy yordam olish,
startup loyihalarini amalga oshirish uchun mahorat darslari, akseleratorlik, biznes
inkubatori xizmatlaridan bepul foydalanish, ilmiy nashrlarini chop etish, ilmiy
ma’ruzalarini tayyorlash va namoyish etishga tayyorlashda amaliy yordam olish,
xorijiy ilmiy markazlar, universitetlar, texnoparklar va ishlab chiqarish korxonalari
bilan doimiy hamkorlikni amalga oshirishda maqsadli hamda tizimli stajirovka va
qisqa muddatli o‘qishlarda jamg‘arma hisobidan ishtirok etish imkoniyatiga ega
bo‘ladi.