1-Mavzu: StartUp g‘oyasini topish va uni baholash
Reja:
1.
Iste’molchilarni izlash
2.
G‘oyani baholash
3.
Bozor tadqiqotlar olib borish
4.
G‘oya generatori
1. Iste’molchilarni izlash
Marketing tadqiqotlari marketing faoliyatining barcha jabhalari bо‘yicha
qaror qabul qilish bilan bog‘liq. Bozorni baholash va iste’molchilik talabini
о‘rganish bо‘yicha marketing tadqiqotlarining asosiy yо‘nalishlarini tavsiflaymiz.
Iste’molchilarni
tadqiq
qilish
iste’molchilarni tovarni tanlashga undovchi
omillar majmuini (daromad, ijtimoiy holat,
yosh tuzilmasi, ma’lumoti va hokazo)
aniqlash va о‘rganishga imkon beradi. Yakka
tartibda iste’molchilar, oilalar, uy xо‘jaliklari
hamda iste’molchi tashkilotlar bu yerda
obyekt vazifasini bajaradi. Tadqiqot predmeti
iste’molchilarning bozordagi xulq-atvori va uni belgilab beruvchi omillar
hisoblanadi. Iste’mol tuzilmasi, tovarlar bilan ta’minlanganlik, iste’mol talabi
tendensiyalari о‘rganiladi.
Marketing uchun tovarni xarid qilish psixologiyasi va ehtiyojlarni ushbu tovar
bilan qondirish mexanizmini aniqlash katta ahamiyatga ega. Faqat shundagina
mahsulot kо‘p sotilishiga umid qilish mumkin. Taklif etiluvchi mahsulot avvalo,
iste’molchi uchun foydali bо‘lishi, undan keyingina ishlab chiqaruvchining о‘ziga
yoqishi lozim.
Raqobatchilarni о‘rganishdan asosiy maqsad bozorda raqobatli afzallikka ega
bо‘lish, kutilajak raqiblar bilan hamkorlik qilish uchun zarur ma’lumotlarni olishdan
iborat. Shu maqsadda raqobatchilarning kuchli va zaif tomonlari tahlil qilinib,
ularning bozordagi ulushi, iste’molchilarning raqobatchilar marketing vositalariga
(tovarni takomillashtirish, tovar markalari, reklama kompaniyalari, servisni
rivojlantirish) reaksiyasi о‘rganiladi. Raqobatchilarning moddiy, moliyaviy va
mehnat salohiyati, mehnat faoliyatini boshqarishni tashkil qilishi о‘rganiladi.
Bunday tadqiqotlar natijasida bozorda raqobatchilarga nisbatan qulay holatga
erishish uchun imkoniyat va yо‘l tanlash, taklif etilayotgan tovarlarning narx va sifat
bо‘yicha ustunligini ta’minlash strategiyasini aniqlash mumkin bо‘ladi.