1-Mavzu: StartUp g‘oyasini topish va uni baholash Reja: Iste’molchilarni izlash



Yüklə 296,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix28.02.2022
ölçüsü296,79 Kb.
#53201
1   2   3   4   5   6
1-mavzu (4)

NBU = О‘BU / RBU 


bu yerda:  

О‘BU – о‘z bozor ulushi; 

RBU – raqobatchilar bozor ulushi. 

Bozorni  segmentlash  bir  tomondan  korxonaning  marketing  faoliyati 

yо‘naltirilgan  bozor  qismi  va  obyektlarini  aniqlashni,  ikkinchi  tomondan  bozorda 

qarorlar qabul qilish jarayoniga boshqaruv yondashuvini,  marketing elementlarini 

tо‘g‘ri  tanlashga  asos  yaratishni  ifodalaydi.  Boshqacha  qilib  aytganda  bozorni 

segmentlash – bu bozorni kо‘rsatkichlari va u yoki bu faoliyat turiga (reklama, sotish 

kanallari  va  usullari)  reaksiyasi  bо‘yicha  bir-biridan  farq  qiluvchi  qismlarga 

ajratishdir. 

Segmentlash  obyekti  birinchi  navbatda  iste’molchilardir.  Alohida    tarzda 

ajratib  olingan  va  umumiy  tamoyillarga  ega  bо‘lgan  holda  ular  bozor  segmentini 

tashkil  etadi.  Segmentlar  soni  kо‘p  bо‘lganda  ularning  har  biri  talablariga 

moslashish  juda  qimmatga  tushishi  mumkin.  Shu  sababli  shaxsiy  foydalanish 

tovarlariga nisbatan doimo yirik segmentlarni belgilash lozim.  

Segmentlashda tovar о‘z xaridorini topishi lozim. Bozorning tuzilmasini tadqiq etish 

bunga  eng  kam  xarajatlar  bilan  erishi  imkoniyatini  beradi.  Bunda  bozor 

konyunkturasini  bilish  ham  muhim  bо‘lib,  u  mazkur  tovar  turiga  talab  va  taklif 

о‘rtasidagi  munosabat  hamda  narx  darajasi  va  ular  о‘rtasidagi  munosabat  bilan 

tavsiflanadi.  Bozor  konyunkturasini  о‘rganishdan  asosiy  maqsad  sanoat  va  savdo 

faoliyati  bozor  holatiga  qanchalik  ta’sir  kо‘rsatishi,  uning  kelajakdagi  rivojlanishi 

hamda  aholining  tovarlarga  bо‘lgan  talablarini  tо‘laroq  qondirish  uchun  nimalar 

qilish kerakligini aniqlash hisoblanadi. 




Yüklə 296,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin