1-Mavzu: StartUp g‘oyasini topish va uni baholash Reja: Iste’molchilarni izlash



Yüklə 296,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix28.02.2022
ölçüsü296,79 Kb.
#53201
1   2   3   4   5   6
1-mavzu (4)

 

4. G‘oya generatori 

 

 

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda yoshlarga oid ijtimoiy munosabatlarni tartibga 



soluvchi  150  dan  ortiq  huquqiy-me’yoriy  hujjatlar  qabul  qilindi.  2016-yil  14-

sentabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga 

oid  davlat  siyosati  to‘g‘risida”gi  qonuni  yoshlarning  huquq  va  erkinliklarini 

ta’minlash  borasidagi  mustahkam  huquqiy  maydon  yaratilishiga  turtki  bo‘ldi. 

Prezidentimizning shu yil 30-avgustdagi “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va 

ularning  tashabbuslarini  qo‘llab-quvvatlash  tizimini  takomillashtirish  chora-

tadbirlari  to‘g‘risida”gi  qaroriga  binoan  Innovatsion  rivojlanish  vazirligi  huzurida 

Yoshlar akademiyasi tashkil etildi. 

 

Yoshlar akademiyasining asosiy maqsadi ajdodlarimiz ilmiy merosiga tayangan 



holda  istiqbolli,  yuqori  malakali,  ijodiy  fikrlaydigan,  har  qanday  sharoitda  ham 

kutilmagan,  nostandart  qarorlar  qabul  qila  oladigan,  fanning  muayyan  sohasida 

chuqur bilimga ega va shu bilan birga bir necha fan kesimi asosida shakllanayotgan 

yangi  ilmiy  yo‘nalishlarda  faoliyat  olib  boruvchi  yosh  olim  va  mutaxassislarni 

tayyorlashdan  iborat.  Mazkur  akademiya  mamlakatimizda  yosh  tadqiqotchilarni 

ilm-fanga jalb qilish, ilmiy-tadqiqot faoliyati ko‘rsatkichlari va ishlanmalar natijala-

rining  jahon  bozorida  raqobatbardoshligini  ta’minlash,  mamlakat  ilm-fani 



salohiyatini  oshirishga  xizmat  qiluvchi  qator  vazifalarni  amalga  oshirishi  ko‘zda 

tutilgan. Akademiya ilm-fan siyosatini takomillashtirish orqali fan-texnika rivojiga 

hissa  qo‘shadi,  ilmiy  tadqiqotlarni  rivojlantirish  uchun  platforma  hosil  qiladi. 

Mahalliy hamda xorijiy ilm-fan vakillari o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalari 

o‘rnatadi,  yosh  olimlarni  o‘z  g‘oya  va  loyihalari  asosida  tegishli  sohalarga 

yo‘naltiradi. Fanlararo va xalqaro ilmiy hamkorlik o‘rnatish, kelajak avlodga bilim 

berish yo‘lida xizmat qiladi. 

 

Kimlar a’zo bo‘la oladi? O‘zining innovatsion loyiha va g‘oyasiga ega iqtidorli 



yoshlar  va  talabalar,  40  yoshgacha  bo‘lgan  olim  va  novatorlardan  tashkil  topgan 

jamoalar  “G‘oyalar  generatorlari”,  “Startaplar”,  “Biznes  vakillari”,  “Bo‘lajak 

akademiklar”  platformalariga  tanlov  asosida  qabul  qilinadi.  Yoshlar  akademiyasi 

platformalarining  xususiyat  va  maqsadlaridan  kelib  chiqqan  holda,  muayyan 

mezonlar  asosida  saralab  olinadi.  Masalan,  “G‘oyalar  generatori”  platformasiga 

taqdim etiladigan g‘oyalar Yoshlar akademiyasining asosiy yo‘nalishlariga tegishli 

muayyan  muammoning  yechimiga  qaratilgan,  ilmiy  asoslangan  innovatsion 

xarakterda  bo‘lishi  lozim.  Bir  yoki  bir  necha  kishi  birgalikda  bitta  g‘oyani  taklif 

qilishi  mumkin.  G‘oyaning  istiqbol  rejasi  taqdim  etilishi  shart  (g‘oyaning  ilmiy 

maqsadi, kutilayotgan natijalar va amalga oshirish mexanizmi). G‘oya muallif(lar)i 

jamoa  a’zoligiga  Ilmiy-texnik  kengash  tavsiyasiga  binoan  qabul  qilingach,  soha 

mutaxassislari, yetakchi olimlar rahbarligida o‘z g‘oyalarini amalga oshirish uchun 

2  yil  faoliyat  olib  boradi.  “Biznes  vakillari”  hamda  “Bo‘lajak  akademiklar” 

platformasi a’zolariga shartnoma orqali biriktirish bilan g‘oyaning samaradorligini 

ta’minlash mumkin. 

“Startaplar”  platformasiga  ham  bir  yoki  bir  necha  kishidan  iborat  jamoa  bitta 

loyihani  taqdim  etishi  mumkin.  Ilmiy  asoslangan  g‘oya  va  uni  amalga  oshirishga 

qaratilgan startup loyihasi, uni bajarish bo‘yicha aniq reja ishlab chiqilgan bo‘lishi, 

moliyaviy foyda qismi (biznes reja) taqdim etilishi lozim. Loyihani amalga oshirish 

uchun so‘ralayotgan mablag‘ miqdori 1 (bir) mlrd so‘mdan oshmasligi kerak. Jamoa 

a’zoligiga qabul qilingandan so‘ng 4 oy davomida Yoshlar akademiyasi tomonidan 

tashkil  qilinadigan  biznes-akseleratorlarda  ishtirok  etadi,  mahorat  darslari  va 

treninglarda  qatnashish  orqali  loyihalarini  takomillashtiradi.  Ilmiy-texnik  kengash 

tomonidan  moliyalashtirishga  tavsiya  etilgan  loyihalar  moliyalashtiriladi.  Loyiha 

tugagach, platforma a’zoligidan chiqadi. 

Biznes  sohasida  kamida  1  yillik  tajribaga  ega,  faoliyatini  mamlakat  ichida  olib 

borayotgan hamda o‘z faoliyatida ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini qo‘llagan yosh 

tadbirkorlar 

“Biznes 

vakillari” 

platformasiga 

a’zo 


bo‘la 

oladi. 


“Bo‘lajak  akademiklar”  platformasi  a’zoligiga  nomzodlardan  ilm-fan  sohasidagi 

yutuqlari mahalliy va xalqaro darajada tan olingan; so‘nggi 3–10 yil ichida PhD yoki 

unga  tenglashtirilgan  ilmiy  darajaga  va  o‘z  ilmiy  maktabiga  ega;  Xirsha  bo‘yicha 

indeksi kamida 3 bo‘lgan; dotsent yoki professor unvoniga ega va kamida 3 nafar 

shogird  tayyorlagan  (bakalavr,  magistr,  PhD);  mahalliy  yoki  dunyo  miqyosida 

nufuzli ilmiy mukofotlarga ega bo‘lishi talab etiladi. 

Mazkur platforma a’zolari a’zolikka qabul qilingach, shartnoma asosida “G‘oyalar 

generatori”  va  “Start-up”  platformalari  a’zolariga  rahbarlik  yoki  maslahatchilik 

qilish  asosida  Yoshlar  akademiyasi  faoliyatiga  hissa  qo‘shadi.  Besh  yil  davomida 



a’zo hisoblanishadi. Yil boshida taqdim etgan rejalari asosida Ilmiy-texnik kengash 

tavsiyasiga  binoan  Yoshlar  akademiyasi  tashkillashtirgan  ilmiy  stajirovkalarda 

ishtirok etadi, ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish va faoliyatini samarali yuritishda 

bevosita  qatnashadi.  Imtiyoz  va  imkoniyatlar  Yoshlar  akademiyasi  a’zolari 

mamlakatda  yetuk  ilmiy  maktablarni  shakllantirish  maqsadida  oliy  ta’lim 

muassasalari  va ilmiy  tashkilotlarning  laboratoriya  bazasidan,  Innovatsion 

rivojlanish  vazirligi  huzuridagi  Innovatsion  ishlanmalarni joriy  etish  ilmiy-amaliy 

markazi,  Ilg‘or  texnologiyalar  markazi  va  “Yashnobod”  innovatsion  texnoparki 

binolari,  laboratoriyalaridan  bepul  foydalanish,  ilmiy  izlanish  va  tadqiqotlar  olib 

borish  uchun  imkon  yaratish  maqsadida  loyihalarni  shakllantirishda  olim  va 

mutaxassislardan yordam olish, ular ishtirokida loyihalarni rasmiylashtirish, biznes 

rejalarni tayyorlash bo‘yicha treninglarda bepul ishtirok etish, ilmiy ishlanmalarning 

ichki va tashqi bozorda raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida patentlash, ilmiy 

ishlanmalarni  baholash  va  sertifikatlashtirish  masalalarida  amaliy  yordam olish, 

startup  loyihalarini  amalga  oshirish  uchun  mahorat  darslari,  akseleratorlik,  biznes 

inkubatori  xizmatlaridan  bepul  foydalanish,  ilmiy  nashrlarini  chop  etish,  ilmiy 

ma’ruzalarini  tayyorlash  va  namoyish  etishga  tayyorlashda  amaliy  yordam  olish, 

xorijiy ilmiy markazlar, universitetlar, texnoparklar va ishlab chiqarish korxonalari 

bilan doimiy hamkorlikni amalga oshirishda maqsadli hamda tizimli stajirovka va 

qisqa  muddatli  o‘qishlarda  jamg‘arma  hisobidan  ishtirok  etish  imkoniyatiga  ega 

bo‘ladi. 

 

 



Yüklə 296,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin