1-Mavzu. Statistika faniga kirish



Yüklə 35,05 Kb.
səhifə1/6
tarix23.06.2023
ölçüsü35,05 Kb.
#134672
  1   2   3   4   5   6
конспект статис

1-Mavzu . STATISTIKA FANIGA KIRISH.


Insonlarda oddiy hisoblarni amalga oshirish zamriyati tug'ilganda, bu ishni ular qo'lidagi barmoqlari yordamida bajarganlar. lamiyatda ishlab chiqarish kuchlarining rivoj lanishi natijasida insonlar hisob-kitoblarni qo·l barmoqlari bilan emas. balki ayrim predmetlar orqali bajarishgakirishdilar. Masalan, grek tarixchisi Gerodotning (eramizdan oldingi 484-420 yillarda yashagan) ta'kidlashicha, qadimiy fors podshohi Dariya o'z qo'shinlarining soni to'g'risida ma'lumotga ega bO'Ush uchun har bir askarga bir donadan toshni olib kelib bir yerga to'plashni buyuradi.
Xuddi shunday ishni skiflar podshosi Ariant ham bajaradi. Ariant toshni emas, kamonning mis uchini to'plashni buyuradi. Keyinchalik, insoniyat hisob-kitoblar olib borish texnikasining yangi pog'onasiga o'tadi, ya'ni boshlang'ich schyotlar paydo bo'la boshlaydi. Ularning tarixi bir necha ming yillarga borib taqaladi. Ular, avvalo, Xitoyda svau-pau (suan-pan) nomlari bilan paydo bo'lgan, keyinchalik Yaponiyada saroban nomi biIan. Bundan ikki ming yillar avval bunday schyotlar Gretsiya va Rim maktablarida ham qo'llanilgan.

2-Mavzu Statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyoti


Har qanday statistik tadqiqot uch bosqichni o`z ichiga oladi:

  • statistik kuzatish;

  • kuzatish materiallarini svodkalash va guruhlash;

  • kuzatilayotgan voqeani har tomonlama tavsiflovchi-umumlash­tiruvchi ko`rsatkichlarni hisoblash va ularni tahlil qilish.

Hayot turli xil hodisalarning almashinuvidir. Istagan joyda qulay ahvolda qolish uchun ularni o`rganish va kuzatish kerak, degan edi frantsuz yozuvchisi Bal’zak. Binobarin, har qanday statistik tadqiqot o`sha o`rganilayotgan ob`ekt haqida tegishli ma`lumotlarni to`plash bilan boshlanadi.
Ijtimoiy hodisalar va jarayonlar haqidagi ma`lumotlarni rejali, ilmiy, uyushtirilgan asosda to`plash jarayoni statistik kuzatish deb ataladi. U tekshirishning poydevori, birinchi va eng mas`uliyatli bosqichi hisoblanadi. U qanchalik to`g’ri va chuqur ilmiy mulohazalar asosida tashkil etilsa, oqibatda tekshirish natijalari ham aniq va maqsadga javob bera oladigan bo`ladi. Mas`uliyatsizlik bilan to`plangan noaniq va pala-partish boshlang’ich ma`lumotlar o`rganilayotgan hodisa xususida noto`g’ri yakun va xulosalarni yasashga sabab bo`ladi.



Yüklə 35,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin