1-Mavzu. Statistika faniga kirish


-Mavzu AHOLI TURMUSH DARAJASI STATISTIKASI



Yüklə 35,05 Kb.
səhifə6/6
tarix23.06.2023
ölçüsü35,05 Kb.
#134672
1   2   3   4   5   6
конспект статис

20-Mavzu AHOLI TURMUSH DARAJASI STATISTIKASI


Turmush darajasi ijtimoiy kategoriyalarning muhimlaridan biri bo`lib, uni tor va keng ma`noda tushunish mumkin. Tor ma`nodagi turmush darajasi – bu aholining moddiy boyliklar va xizmatlarni iste`mol qilishdagi erishilgan darajasi. Keng ma`noda esa jamiyatning yashashi uchun yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar majmuasini o`z ichiga oladi.
Aholi turmush darajasi kategoriyasi iqtisodiy adabiyotlarda har xil talqin qilinadi va uni aks ettiruvchi ko`rsatkichlar tizimi ham turli xil ko`rinishga ega bo`lib, ularni uch guruhga ajratish mumkin: daromadlar, iste`mol va yashash sharoitlari. SHu ko`rsatkichlarning barchasi butun aholi miqyosida va aholining jon boshiga nisbatan hisoblanadi.
Aholining pul daromadlari hajmi, tarkibi, ulardan foydalanish yo`nalishlari va aholining ayrim guruhlari orasida taqsimlanishi haqidagi va boshqa ma`lumotlar asosida aholi turmush darajasini asosiy ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlari tuziladi.

1 –MAVZU: “STATISTIKA” FANINING PREDMETI VA USLUBI.


1.Amaliy mashg`ulotlarni bajarish uchun qisqacha metodik ko’rsatmalar.
Jamiyat hayoti, turmushi haqidagi ma’lumotlarga bo’lgan amaliy ehtiyoj statistikani yaratdi. Ma’lumotlarda ifodalangan tartib-qoidalarni anglash ishtiyoqi, tushuntirish yo’llarini topish zaruriyati statistikani fan sohasiga aylantirdi. Statistika lotincha “status” - ahvol, holat so’zi bilan italyancha “state” - davlat so’zidan kelib chiqib, davlat ahvoli haqidagi fan hisoblanadi. Dastlab davlatshunoslik fani statistika deb ataldi. Hozirgi zamon statistikasi davlatshunoslikdan axborotlarning to’laligi, turli tumanligi va xarakteri bilan tubdan farq qiladi.
Statistika – ijtimoiy hayotda, amaliyotda va ilmiy faoliyatda har xil ma’noda ishlatiladigan, qo‘llaniladigan atamadir.
«Statistika» aslida «Status» degan lotin so‘zidan kelib chiqqan. Italyancha so‘zda stato (stato) davlat, statista (statusta) davlat bi­lim­doni degan ma’nolarni anglatadi. Shuning uchun statistika dav­­­lat to‘g‘risida bilim va ma’lumotlarni to‘plash orqali mujas­sam­­lab ifodalaydigan soha, ushbu soha yumushlari bilan shug‘ul­la­nuvchi odamlarni davlat bilimdonlari deyilgan. Demak, statisti­ka davlat ij­timoiy hayotida sodir bo‘ladigan hodisalar va voqea­lar­ni ifo­da­la­gan. Hozirgi paytda ham statistika fani shu sohalarni o‘r­ga­nish bi­­­lan shug‘ullanadi, lekin statistikaga hozirgi davrda quyidagi uch yo‘­nalish bo‘yicha ta’rif berilmoqda.
«Statistika» aslida «Status» degan lotin so‘zidan kelib chiqqan. Italyancha so‘zda stato (stato) davlat, statista (statusta) davlat bi­lim­doni degan ma’nolarni anglatadi. Shuning uchun statistika dav­­­lat to‘g‘risida bilim va ma’lumotlarni to‘plash orqali mujas­sam­­lab ifodalaydigan soha, ushbu soha yumushlari bilan shug‘ul­la­nuvchi odamlarni davlat bilimdonlari deyilgan. Demak, statisti­ka davlat ij­timoiy hayotida sodir bo‘ladigan hodisalar va voqea­lar­ni ifo­da­la­gan. Hozirgi paytda ham statistika fani shu sohalarni o‘r­ga­nish bi­­­lan shug‘ullanadi,
Statistikaning o’rganish ob’ekti - bu ommaviy hodisa va jarayonlardir. Ommaviy hodisaning umumiy ta’rifi: biror ob’ektlar to’plamida yoki murakkab ob’ekt elementlari majmuasida yuzaga chiqqan voqea hisoblanadi. Ommaviy jarayon umumiy ta’rifi: ob’ektlar to’plamida yoki murakkab ob’ektda sodir bo’lgan voqealar oqimi, ularning rivojlanishi hisoblanadi. Ommaviy hodisa va jarayonning birinchi muhim belgisi - unda bir qancha ob’ektlar ishtirok etib, ular o’xshashlik alomatiga ega ekanligidan iborat.
Ommaviy hodisa va jarayonning ikkinchi xossasi - ayrim to’plam ob’ektlari, elementlari o’ziga xoslik alomatiga ega bo’lib, mustaqil, erkli tarzda amal qilishidan iborat. Ommaviy hodisa va jarayonning uchinchi xossasi - to’plam biror ob’ekti haqidagi tafsillarni uning barcha boshqa ob’ektlarining tafsillaridan aniqlab bo’lmasligidan iborat. Nihoyat, ommaviy hodisa va jarayonning to’rtinchi eng muhim belgisi - unda ma’lum qonuniyat yuzaga chiqishi, ammo u yakka hodisada namoyon bo’lmasligidan iborat.
Statistika uslubiyati - bu ommaviy hodisa va jarayonlarni o’rganishda, unda namoyon bo’ladigan qonuniyatlarni oydinlashtirishda ishlatiladigan o’ziga xos uslub, ya’ni statistika fani va amaliyotida qo’llanadigan yo’llar, usullar, vositalar majmuasidir. Statistik tadqiqot ikkita bosqich va bir necha fazalardan tashkil topadi hamda ularda o’ziga xos usullar qo’llanadi. Ommaviy hodisalarni o’rganishda matematika usullari ham ishlatiladi. Statistika nazariyasi va matematik statistika yagona fandir. Stoxastik yoki statistik qonunlar - bu bir turli hodisalarni ommaviy takrorlanishida namoyon bo’ladigan qonunlar hisoblanadi. Iqtisodiy statistika predmeti - bu iqtisodiy qonunlarning miqdoriy ifodalanishi, ommaviy iqtisodiy jarayonlarning miqdor - sifat aniqligini o’rganish. Iqtisodiy statistika umum statistika usullariga asoslangan, lekin iqtisodiyot sharoitga muvofiqlashtirilgan uslubiyatga egadir.
Shunday qilib, statistika atamasi ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, hozirgi kunda u quyidagi mazmunlarda ishlatiladi:
-statistika deganda turmushimizning turli tomonlari - iqtisodiy, madaniy, siyosiy, ma’naviy, sotsial-psixologik, ijtimoiy-demografik va hokazo hodisalar hamda atrof-muhit holati haqidagi ma’lumotlar majmuasi tushuniladi. Bunday mazmunda bu so‘z ko‘proq davriy matbuot sahifalarida va axborot vositalarida ishlatiladi;
-ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash jarayoni ham statistika deb yuritiladi;
-statistik ko‘rsatkichlarni hisoblaydigan va saqlaydigan, axborot xizmatlarini ko‘rsatadigan maxsus tashkilotlar nazarda tutilganda ham statistika so‘zi foydalaniladi. Masalan, gazeta sahifalarida “statistika bergan ma’lumotlarga ko‘ra” degan ibora tez-tez uchrab turadi;
-yirik korxona va idoralarda ho‘jalik faoliyat haqidagi ko‘rsatkichlarni
hisoblash va hisobotlar tuzish bilan shug‘ullanadigan bo‘lim nomi ham statistika deb yuritiladi;
-statistika deb maxsus ilm-fan yo‘nalishi ham ataladi;
-statistika deganda turli ilmiy-texnika sohalarida gipotezalar yasash, baholash va yechimlar qabul qilish jarayonida statistik uslubiyatni tatbiq qilish ham tushuniladi;
-nihoyat, matematikada turli mezonlar va umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar statistika deb yuritiladi.
Statistika fanining asosiy kategoriyalari, tushunchalari, usullari
Statistika o’z predmetini quyidagi kategoriyalar yordamida o’rganadi:
1. Statistik to’plam – bu umumiy bog’liqlikda, qandaydir bir sifat belgisi bilan birlashgan va bir-biridan farq qiluvchi ob’ekt yoki hodisalarning
yig’indisidir. Masalan, korxonalar soni, aktsiyadorlik jamiyatlari soni, oilalar soni va h.k. To’plamlar bir jinsli (o’xshash, bir xil bo’lgan) va turli jinsli bo’lishi mumkin.
2. Belgi - bu to’plam birligining sifatiy xususiyatidir. O’rganilayotgan
to’plam birligini ifodalash xarakteriga qarab belgilar miqdoriy, atributiv va
alternativ belgilarga bo’linadi.
Miqdoriy ifodaga ega bo’lgan belgilar miqdoriy belgilar deyiladi. Masalan,
ish staji, mehnat haqi, kishi yoshi va h.k.
Miqdoriy ifodaga ega bo’lmagan belgilar atributiv belgilar deyiladi.
Masalan, professor, biznesmen, barmen, bankir va h.k.
Agarda belgida, mohiyati bo’yicha teskari variant mavjud bo’lsa, bunday
belgilar alternativ belgilar deyiladi. Masalan, har bir kishi turmush qurgan va
qurmagan bo’lishi mumkin, do’kondagi tovar iste’molga yaroqli va yaroqsiz
bo’lishi mumkin. Bunday belgilar bo’yicha ma’lumot to’planayotganda, odatda,
savolga ha yoki yo’q deb javob beriladi.
Statistik o’rganishning farqli xususiyati, unda faqat o’zgaruvchan
(tebranuvchi, farqlanuvchi) belgilar o’rganiladi, ya’ni belgilar bir-biridan
farqlanadi. Bu farqlanish statistikada variatsiya deb ataladi.
3. Statistik ko’rsatkich – bu kategoriya bo’lib, hodisa va voqealarni aniq sharoit va vaqtdagi miqdoriy tasvirlanishidir. Statistik ko’rsatkichlar hajmiy va hisoblangan ko’rsatkichlarga bo’linadi. Ular reja, hududiy, haqiqiy, bashoratlangan ko’rsatkichlar shaklida bo’lishi mumkin. Statistik ko’rsatkichlarni statistic ma’lumotlar bilan chalkashtirmaslik kerak. Statistik ma’lumotlar bu statistic ko’rsatkichlarni aniq raqamdagi ifodasidir.
4. Statistik ko’rsatkichlar tizimi – bu bir-biri bilan o’zaro bog’langan
statistik ko’rsatkichlar yig’indisidir. Statistik ko’rsatkichlar tizimi ijtimoiy hayotni
barcha pog’onalarini o’zida qamrab oladi. Agarda ko’rsatkichlar mamlakat, hudud, tarmoq darajasida hisoblansa, ular makrodaraja ko’rsatkichlari deyiladi. Agarda korxona, firma, oila va shu kabi darajalarda hisoblansa, mikrodaraja ko’rsatkichlarideyiladi





Yüklə 35,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin