1-Mavzu: “Statistika” faniga kirish


-Mavzu: Aholi statistikasi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə52/56
tarix07.01.2024
ölçüsü0,87 Mb.
#209092
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
маъруза статистика

14-Mavzu: Aholi statistikasi

14.1 Aholining tabiiy harakatini ifodalovchi absolyut va nisbiy ko’rsatkichlar: tug’ilishi, vafot etishi, tabiiy o’sishi.

14.2 Aholi migratsiyasi turlari. Aholi migratsiyasining absolyut va nisbiy ko’rsatkichlari.

14.3 Nikohdan o’tish va undan o’chish ko’rsatkichlari



14.1 Aholining tabiiy harakatini ifodalovchi absolyut va nisbiy ko’rsatkichlar: tug’ilishi, vafot etishi, tabiiy o’sishi.


I. Aholining umumiy tug’ilish koeffitsienti.
Bir yilda tug’ilganlar sonini 1000 ga ko’paytiriladi. Hosila aholining o’rtacha yillik soniga nisbatiga teng bo’ladi, ya’ni:
Ktug’lish(T*1000)/
Bu yerda T – tug’ilgan bolalar soni;
- aholining o’rtacha yillik umumiy soni.
2. Vafot etish koeffitsienti.
Vafot etish koeffitsienti yil davomida vafot etganlar sonini 1000 ga ko’paytirilgach, olingan natija aholini yillik o’rtacha soni nisbatiga teng:
Kvafot(V*1000)/ .
Bu yerda V – vafot etganlar soni.
3. Tabiiy o’sish koeffitsienti. Ktab.usKtug’-Kvafot
4. Nikox qurish koeffitsienti:
Knikox(N*1000)/
N – nikoh ko’rganlar soni.
5. tug’ilish va vafot etish orasidagi nisbat hayotiylik koeffitsientini hisoblaydi.
6. Ajralish koeffitsienti:
Kajralish(A*1000)/
Bu yerda A – ajrashganlar soni.


14.2 Aholi migratsiyasi turlari. Aholi migratsiyasining absolyut va nisbiy ko’rsatkichlari.


Alohida aholi punktlari, hududlari aholining soni faqat tabiiy xarakat natijasida o’zgarmasdan, balki mexanik xarakat natijasida yoki alohida shaxslarning xududiy ko’chishi natijasida, ya’ni aholi migratsiyasi ham o’zgaradi.
Aholining mamlakat ichkarisida u yerdan bu yerga ko’chishi ichki migratsiya, bir mamlakatdan boshqa mamlakatga ko’chishi esa tashqi migratsiya deb ataladi. Ichki va tashqi migratsiya har xil sabablardan kelib chiqishi mumkin: masalan, ish qidirish sababli.
Har bir aholi punkti va umuman mamlakat uchun aholi migratsiyasining asosiy ko’rchsatkichlari quyidagilar hisoblanadi: kirib kelganlar soni, chiqib ketganlar soni va ularning koeffitsientlari.
Kirib kelish koeffitsienti quyidagicha hisoblanadi:
Kkirib kelishq(kirib kelganlar soni/ )*1000
CHiqib ketish koeffitsienti quyidagicha hisoblanadi:
Kchiqib ketishq(chiqib ketganlar soni/ )*1000
Kmex.o’ q(kirib kelganlar soni – chiqib ketganlar soni)/ *1000
Kirib kelganlar va chiqib ketganlar soni mamlakat bo’yicha hisoblanadi, shuningdek, u jinsi, yoshi migratsiyasi sabablari bo’yicha taqsimlanadi.
Migratsiya haqidagi ma’lumotlarning tahlili aholining davlatning qaeriga va qaeridan, qanday miqdorda ko’chishi yuz berayotganligini ko’rsatadi, bu esa o’z navbatdagi ko’plab xo’jalik va boshqa tadbirlarni rejalashtirishda muhim hisoblanadi.
Aholining kelajakda ma’lum vaqt oralig’idan keyin bo’ladigan sonini turli xil usullar yordamida aniqlash mumkin.
Aholi sonining umumiy istiqbolini ma’lum tahlil qilinayotgan ma’lum davrda aholi sonining tabiiy va mexanik o’sishi haqidagi ma’lumotlar asosida aniqlanadi. Masalan, agar aholining soni muayyan davr boshiga ma’lum bo’lsa va umumiy o’sish koeffitsienti hisoblangan bo’lsa, u holda aholi sonining t yildan keyin bo’ladigan istiqbolini quyidagi formula bilan hisoblash mumkin.

Sb – rejalashtirilayotgan davr boshiga aholi soni;
T – bashorat qilinayotgan yillar soni;
Kum.o’s­ – shu davrga aholining umumiy o’sish koeffitsienti.



Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin