4.3. Taqsimot qatori mohiyati va uni tarkibiy unsurlari. Guruhlash statistik bog’lanishlar va qonuniyatlarni aniqlash, o’rganilayotgan to’plamning tuzilishini o’rganish va xo’jaliklarning sotsial-iqtisodiy tiplarini tasvirlash maqsadida bajariladi. Uning har xil turlari va shakllari mavjud.
Guruhlash maqsad va vazifalariga qarab uch turga bo’linadi: 1) tipologik;
analitik;
tuzilmaviy guruhlash.
Tipologik guruhlash deganda, o’rganilayotgan hodisalar to’plamini sotsial-iqtisodiy tiplarga taqsimlash tushuniladi. Tip so’zi quyidagi lug’aviy mazmunga ega: 1) bir turdagi narsa uchun umumiy bo’lgan namuna; 2) biologik hayvon va o’simliklar sistematikasidagi o’zaro o’xshash sinflarni birlashtiradigan oliy bo’linma 3) bir qator ichki yoki tashqi belgilar yagonaviyligi asosida birlashgan kishilar kategoriyasi.
Sotsial iqtisodiy tip jamiyatda iqtisodiyotda bajaradigan funktsiyalar va tutgan o’rinning umumiyligi bilan belgi-lanadi
Sotsial-iqtisodiy tip deganda jamiyatda, iqtisodiyotda bajaradigan funktsiyalari va tutgan o’rni umumiyligiga asoslangan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, shaxslar, qandaydir narsalar (ishlab chiqarish vositasi, ishlovchi kuch va h.k.) kategoriyasi, to’plami tushuniladi.
Tuzilmaviy guruh-lash - bu bir belgi asosida to’plam tizilishini tas-virlovchi taqsimot qatori-dir.
Tuzilmaviy guruhlash odatda ma’lum bir belgiga qarab to’plam tuzilishini ta’riflaydi. Buning uchun dastlab bir belgi asosida taqsimot qatori tuziladi, so’ngra har qaysi guruh uchun tuzilmani ta’riflovchi to’plama ko’rsatkichlar, masalan guruhlash belgisining guruhlardagi yig’ma hajmi va u bilan yaqindan bog’liq bo’lgan belgilar to’plama miqdorlari hisoblanadi va nihoyat ularga asoslanib ayrim guruhlarning umumiy to’plamdagi hissalari aniqlanadi.
Tuzilmaviy guruhlash taqsimot qatorlari bilan umumiylikka ega, ammo ulardan qator jihatlari bilan farq qiladi.
Tuzilmaviy guruhlashlar bilan taqsimot qatorlari bir biriga o’xshashib ketadi, ammo ular vazifalari va tuzilish jihatidan bir biridan farq qiladi. Tuzilmaviy guruhlashda ko’zlangan maqsad - to’plam tuzilishini o’rganish. Buning uchun har bir tuzilma bir to’da ko’rsatkichlar yordamida tavsiflanishi kerak, bu holda uning turli jihatlari oydinlashadi. Taqsimot qatorlari esa statistik to’plam tuzilmaviy xususiyatlarini va qonuniyatlarini aniqlash uchun xizmat qiladi.
Tuzilmaviy guruhlashlar tizilishidagi o’zgarishlarni dinamika va fazo jihatidan statistik o’rganish va miqdoriy baholash imkonini beradi. Buning uchun ikki usuldan foydalanish mumkin: biri - har bir to’plamning ichidagi farqlarni miqdoriy baholashga asoslanadi, ikkinchisi esa - to’plamlar tuzilishi orasidagi farqlarni baholashga tayanadi.
Birinchi holda har bir to’plam ichki tuzilmaviy farqlari ularning o’rtacha absolyut qiymati va o’rtacha kvadratik qiymati hamda ularning koeffitsientlari yordamida baholanadi. Agarda ayrim guruhlar uchun o’rganilayotgan ko’rsatkich mi bo’lsa, ularning to’plamdagi salmog’i (ulushi, qismi)
u holda: o’rtacha absolyut salmoqlar farqi (1)
(ishorasi hisobga olinmaydi)
uning koeffitsienti (2)
salmoqlarning o’rtacha kvadratik farqi (3)
va uning koeffitsienti bu yerda: .
Bu ko’rsatkichlar to’plamlar tuzilishini dinamika yoki fazo jihatdan qiyosiy tahlil qilish uchun hisoblanadi.
Ikkinchi holda ikki qiyoslanayotgan to’plamlar tuzilishini ifodalovchi tuzilma salmoqlari (di) orasidagi farqlar asosida hisoblanadigan o’rtacha arifmetik va o’rtacha kvadratik farqlar qiymati va ularning koeffitsientlaridan miqdoriy baholash ko’rsatkichlari tashkil topgan.
Bu yerda: di1 -joriy davrdagi (yoki taqqoslanuvchi) to’plam guruhlari (tuzilma) ning salmoqlari
di0-o’tgan davrdagi (yoki taqqoslovchi) to’plam guruhlarining salmoqlari
Q - ikki to’plam tuzilishidagi farqlarning o’rtacha absolyut qiymati (ishorasi inobatga olinmaydi)
S-ikki to’plam tuzilishidagi farqlarning o’rtacha kvadratik qiymati
K - o’rtacha absolyut farqlar darajasi
KS - o’rtacha kvadratik farqlar darajasi.