1-mavzu: “Sug‘urta” fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi va vazifalari (2 soat) reja


Masala 1. Avtomobil 16000 so’m miqdorida sug’urtalandi. Zarar miqdori 12000 so’mBirinchi risk tizimi bo’yicha sug’urta qoplamasini aniqlang. Echish



Yüklə 83,93 Kb.
səhifə6/8
tarix28.11.2023
ölçüsü83,93 Kb.
#167944
1   2   3   4   5   6   7   8
1-Amaliy (2)

Masala 1. Avtomobil 16000 so’m miqdorida sug’urtalandi. Zarar miqdori 12000 so’mBirinchi risk tizimi bo’yicha sug’urta qoplamasini aniqlang.
Echish. Zarar miqdori sug’urta summasidan kamligi sababli, sug’urta qoplamasi miqdori zarar miqdoriga teng va 12000 so’m ga teng.
Javob: 12000 so’m
Masala 2. Avtomobil 16000 so’m miqdorida sug’urtalandi. Zarar miqdori 18000 so’mBirinchi risk tizimi bo’yicha sug’urta qoplamasini aniqlang.
Echish. Zarar miqdori sug’urta summasidan ortiqligi sababli, sug’urta qoplamasi miqdori sug’urta summasiga teng va 16000 so’m ga teng.
Javob: 16000 so’m
To’liq sug’urtalanmagan holatda zararmi proporsional qoplash tizimi
O’zining haqiqiy bahosidan kam miqdorda ob’yektning sug’urtalanashi to’liq sug’urtalanmagan sug’urta deyiladi.
To’liq sug’urtalanmagan sug’urta shartnomasiga ko’ra zararni qoplash zararni qoplashning proporsional tizimi bo’yicha amalga oshrilsa, zararning sug’urta qoplamasi quyidagi formula orqali aniqlanadi:

Sug’urta qoplamas i =

Va albatta, zarar miqdoridan ortiqcha bo’lmaydi.


Boshqacha qilib aytganda, agar, misol uchun sug’urta summasi sug’urta obyektining haqiqiy bahosining 70%ini tashkil etsa, sug’urta qoplamasi ham zararning 70%ini tashkil etadi. Zararning qolgan qismi esa(bu holatda 30%) sug’urtalanovchining riskida qoladi.
Sug’urtalanovchining riskida qolgan zararning qismi sug’urtalanovchining shaxsiy ushlanmasi deyiladi.
Masala 3. Qiymati 20000 so’m bo’lgan avtomobil 16000 so’m ga sug’urtalandi. Zarar miqdori 12000 so’m. Zararni qoplashning proporsional tizimi bo’yicha sug’urta qoplamasini aniqlang.
Echish. Mavjud an’anaga ko’ra sug’urta qoplamasini Sb deb belgilaymiz.
Sb= =9600
Javob: 9600 so’m

  1. Franshizani nazarda tutuvchi zararni qoplash tizimi

Tuzilgan sug’urta shartnomasi shartlariga ko’ra sug’urtalovchining qoplamasiga tegishli bo’lmagan sug’urtalanovchi zararlarining bir qismi franshiza deyiladi, biroq franshizani nazarda tutgan sug’urta shartnomalari to’liq sug’urtalanmagan shartnomalardan farq qiladi.
Franshiza muayyan pul miqdorida yoki sug’urta qoplamasi miqdorining qandaydir foizida belgilab qo’yiladi va shartli va shartsiz bo’lishi mumkin.
Shartli franshizada sug’urtalovchi franshizadan ortiqcha bo’lmagan miqdordagi zararlarni qoplamaydi. Agar zarar miqdori franshizadan ortiqcha bo’lsa, u to’liq qoplanadi.
Shartsiz franshizada, xuddi shartli franshizadagi kabi sug’urtalovchi franshizadan ortiqcha bo’lmagan zararlarni qoplamaydi. Agar zarar miqdori franshizadan ortiqcha bo’lsa, sug’urta qoplamasi zarar miqdori va franshiza orasidagi farqqa teng.
Franshiza tushunchasi sug’urtaga majvud franshiza miqdoridagi ahamiyatsiz zararlarni qoplashdan sug’urtalovchini ozod etish uchun kiritilgan. Odatda, ahamiyatsiz zararlar uchun franshizaning miqdori zarar miqdorini aniqlashdagi sug’urtalovchinig xarajatlariga tengdir.

Yüklə 83,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin