1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja


 Sug‘urta tashkilotining xarajatlari va ularning tarkibi



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   222
Суғурта иши (3)

 
2. Sug‘urta tashkilotining xarajatlari va ularning tarkibi. 
Sug‘urta tashkilotining yana bir daromad manbai o‘qitish, maslahat ishlari 
uchun undirilgan to‘lovlar summasi, shuningdek, risk-menejment bo‘yicha 
xizmatlar ko‘rsatishi, dastur «mahsulot»larini o‘rnatib berishi kabilar hisoblanadi. 
Bu daromadlar sug‘urtaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri daxldor bo‘lmasa-da, ammo u bilan 
uzviy bog‘liqlikda shakllanadi.
Sug‘urta tashkiloti daromadining shakllanish mexanizmi, tarkibi va 
tuzilishini o‘rganish uning o‘ziga xos faoliyat turi ekanligini namoyon etadi. 
2. Sug‘urtachining jami mablag‘lar sarfi sug‘urta «mahsulot»i tannarxini 
tashkil etadi. U amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi hamda 
sug‘urtachi xarajatlarning tarkibini belgilashi uchun asos hisoblanadi. Soliqqa 
tortish bazasini aniqlashda sug‘urtachining jami xarajatlari va ularning tarkibini 
aniqlashtirish ham talab etiladi.
Sug‘urta tashkiloti xarajatlarining tarkibi ham xilma-xildir (2-chizma). 
Sug‘urta tashkilotining xarajatlari sakkiz turdan iborat bo‘lib, har bir tur o‘z 
navbatida, asosiy va maqsadli faoliyat hamda xarajatlarning amalga oshirilishi 
vaqtiga qarab guruhlanadi. Sug‘urta tashkiloti xarajatlarining turlariga 
to‘xtaladigan bo‘lsak, ular o‘z ahamiyatiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
1-jadval 
Sug‘urta tashkiloti xarajatlarining turlari va ularning tasniflanishi 
t/

Xarajat 
turlari 
Xarajatlarning tasnifi 
Asosiy faoliyat 
bo‘yicha 
Maqsadli faoliyat 
bo‘yicha 
Amalga oshirilish 
vaqtiga ko‘ra 

Ma’muriy- 
xo‘jalik yuritish 
xarajatlari 
Sug‘urtalash bilan 
to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq 
bo‘lmagan xarajatlar 
SHartnomani 
amalga oshirish 
xarajatlari 
SHartnomani 
amalga oshirish 
jarayonida 

Vositachilik 
Sug‘urta operatsiyalarini 
SHartnomani 
SHartnomani 


112 
taqdirlashlarini 
undirish 
xarajatlari 
amalga oshirish 
xarajatlari 
tayyorlash va 
tuzish xarajatlari 
amalga oshirish 
jarayonida 

Reklama va 
marketing 
xizmati 
xarajatlari 
Sug‘urtalash bilan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq 
bo‘lmagan xarajatlar 
SHartnomani 
tayyorlash va 
tuzish xarajatlari 
SHartnomani 
tuzishga qadar 

Maxsus ish 
qog‘ozlarini 
tayyorlash
xarajatlari 
Sug‘urta operatsiyalarini 
amalga oshirish 
xarajatlari 
SHartnomani 
tayyorlash va 
tuzish xarajatlari 
SHartnomani 
tuzishga qadar 

Sug‘urta 
zaxiralariga 
ajratmalar 
Sug‘urta operatsiyalarini 
amalga oshirish 
xarajatlari 
SHartnomani 
bajarish xarajatlari 
SHartnomani 
amalga oshirish 
jarayonida 

Qayta 
sug‘urtalash
xarajatlari 
Sug‘urta operatsiyalarini 
amalga oshirish 
xarajatlari 
SHartnomani 
bajarish xarajatlari 
SHartnomani 
amalga oshirish 
jarayonida 

Investitsiya 
joylashtiriluvi 
xarajatlari 
Sug‘urtalash bilan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq 
bo‘lmagan xarajatlar 
SHartnomani 
bajarish xarajatlari 
SHartnomani 
amalga oshirish 
jarayonida 

Sug‘urta 
qoplamasi 
xarajatlari 
Sug‘urta operatsiyalarini 
amalga oshirish
xarajatlari 
SHartnomani 
bajarish xarajatlari 
Sug‘urta hodisasi 
yuz berganda 
a) sug‘urtani amalga oshirish xarajatlari. Bu xarajatlar sug‘urtachi faoliyatini 
moliyalashtirish uchun amalga oshiriladi. Sug‘urta tashkiloti faoliyatini tahlil 
etishda mazkur xarajatlar tarkibini ma’lum belgilariga ko‘ra guruhlash maqsadga 
muvofiqdir

Sug‘urtachining faoliyati jarayonida mablag‘lar sarf etilishi yuzasidan 
belgilangan vazifalarga ko‘ra, sug‘urta tashkiloti daromadi va zararlari haqidagi 
hisobotiga mos ravishda sug‘urta ishini yuritish xarajatlari tarkibini quyidagicha 
guruhlash mumkin:
- shartnomalarni tuzish va bajarish xarajatlari; 
- investitsiya faoliyati bo‘yicha xarajatlar; 
- boshqaruv xarajatlari. 
B) sug‘urta ishini yuritish xarajatlari sarflanishiga ko‘ra quyidagicha bo‘lish 
mumkin: 
- ish haqi to‘lovlari; 
- davlat fondlariga ajratmalar, xodimlarni tayyorlash xarajatlari, reklama 
hamda marketing xarajatlari, xo‘jalik xarajatlari va boshqalar; 
Sug‘urta ishini yuritish xarajatlarining yuzaga kelishi davriga ko‘ra, ularni
quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 
- sug‘urta shartnomasini tuzish uchun oldindan qilingan (ish qog‘ozlarini 
tayyorlash, statistik ma’lumotlarni yig‘ish, tarif hisob-kitoblari va shu kabi) 
xarajatlar; 
- sug‘urta shartnomasi tuzish davrida qilingan (xalqaro terminda 
«acquisition») xarajatlar; 


113 
- sug‘urta shartnomasi amal qilish davrida qilingan (masalan, riskni qayta 
sug‘urtalashga o‘tkazish bo‘yicha) xarajatlar; 
- sug‘urta hodisasi yuz berganda (sabablarini o‘rganish va uning oqibatlarini 
tugatish uchun) qilinadigan xarajatlar. 
Sug‘urta ishini yuritish xarajatlarini, shuningdek, ayrim sug‘urta turi yoki 
shartnomasiga daxldor bo‘lgan o‘zgaruvchan va barcha tuzilgan sug‘urta 
shartnomalari portfeliga aloqador bo‘lgan doimiy kabi guruhlarga ham bo‘lish 
mumkin.
Xalqaro amaliyotda sug‘urta tashkilotining xarajatlari akvizitsiya 
(ommaviy-tashkiliy kompleks tadbirlar), inkassatsiya (sug‘urtaning ayrim turlari 
bo‘yicha mukofotlarning naqd pullarda qabul qilinishi), likvidatsiya (sug‘urta 
hodisasi yuz berganligi yuzasidan sug‘urtalanuvchi arizasida bayon qilingan 
talablarning qondirilishi) va boshqaruvga oid kabi turlardan iboratdir.
Sug‘urta tashkiloti daromad va xarajatlarini sug‘urta faoliyatini amalga 
oshirish jarayonidagi o‘rni va roliga qarab tasniflash ko‘proq maqsadga 
muvofiqdir. Ular quyidagichadir: 
- sug‘urta himoyasini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan (sug‘urta 
operatsiyalari hamda investitsiya joylashtiriluvi bo‘yicha) daromad va xarajatlar; 
- sug‘urta himoyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan boshqa 
daromad va xarajatlar. 
Sug‘urta tashkilotining daromad va xarajatlari tarkibi hamda ularni hisoblash 
ko‘p jihatdan milliy sug‘urta qonunchiligi me’yorlariga ham bog‘liqdir. 
SHuningdek, sug‘urta tashkilotining daromad va xarajatlariga amaldagi soliq 
qonunchiligiga binoan to‘lanadigan daromad(foyda) solig‘ining soliq bazasini 
aniqlash uslubiyati hamda stavkalari darajasi ham ta’sir etadi.
3.
Sug‘urta tashkilotining daromad va xarajatlari tarkibi bo‘yicha
yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalarga asoslanib, uni aniqlash bo‘yicha quyidagi 
uslubiyatni taklif etamiz: 
SM = SMs + SMqs + O‘MZo‘ (1), 
Bu erda: SM- ishlab topilgan sug‘urta mukofotlari summasi; 
SMs – bevosita sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofotlari summasi; 
SMqs – qayta sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofotlari summasi; 
O‘MZo‘ – o‘zlashtirilmagan mukofotlar zaxirasining o‘zgarishi. 
UNz = Nz + Nvt (2), 
Bu erda: UNz – ko‘rilgan zararning umumiy netto qismi; 
Nz – ko‘rilgan zararning netto qismi; 
Nvt – qayta sug‘urtalash bo‘yicha vositachilik to‘lovlarining netto qismi. 
Nz = SM – SQs – (SQqs –SQqsq ) (2.1), 
Bu erda: SQs – to‘langan sug‘urta qoplamalari; 
SQqs – qayta sug‘urtalash bo‘yicha to‘langan sug‘urta qoplamalari; 
TSQqsq – qayta sug‘urtalash shartnomalariga ko‘ra, qayta sug‘urtalovchilar 


114 
tomonidan to‘langan sug‘urta qoplamalari. 
Nvt = VTqs + VSqs (2.2), 
Bu erda: VTqs – qayta sug‘urtalash bo‘yicha vositachilik to‘lovlari; 
VSqs – qayta sug‘urtalash bo‘yicha vositachilik siylovlari.
Tsx = UNz –(YUk+SMqsrr+SQs+VTqs+Zm+SQqs) (3) 
Bu erda: Tsx – sug‘urta xizmatlarining tannarxi. 
YUk – sug‘urta ishini yuritish xarajatlari; 
SMqsrr – qayta sug‘urtalash va retrotsessiyaga o‘tkazilgan risklar bo‘yicha 
hisoblangan sug‘urta mukofotlari; 
VTqs- vositachilik to‘lovlari va brokerlik siylovlari, qayta sug‘urtalash 
tantemlari va yig‘imlari; 
Zm – zaxira fondiga o‘tkazilgan mablag‘lar. 
YAD(Z) = D(Z)af + D(Z)bf (4), 
Bu erda: YAD(Z) – yalpi daromad yoki zarar (soliq to‘langunga qadar 
bo‘lgan daromad yoki zarar); 
D(Z)af- asosiy faoliyatdan olingan daromad yoki zarar; 
D(Z)bf – boshqa faoliyatdan daromad yoki zarar. 
D(Z)af = Ns + Nz + Nvt + YUk – DX (4.1), 
Bu erda: Ns – sug‘urta mukofotlarining netto qismi; 
DX – davr xarajatlari. 
D(Z)bf =Dbf-Xbf (4.2), 
Bu erda: Dbf – boshqa faoliyatdan daromadlar; 
Xbf – boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun qilingan
xarajatlar. 
Sug‘urta tashkiloti daromadi(foydasi)ni aniqlashning keltirilgan uslubiyatini 
joriy etish masalasiga (7-jadval) to‘xtaladigan bo‘lsak, bu borada sug‘urta ishini 
amalga oshirish xarajatlariga kiritilgan sug‘urta xizmatlarni tashkil etish va 
sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi 
to‘g‘risidagi yangi Nizomni ishlab chiqish zaruriyati yuzaga keladi. 
Taklif etilayotgan uslubiyatga ko‘ra, keltirilgan ma’lumotlarda ishlab 
topilgan sug‘urta mukofotlari summasi 1232223,0 bo‘lgan bo‘lsa, shundan 
910786,8 bevosita sug‘urtalash mukofotlari, 6741,1 qayta sug‘urtalash bo‘yicha 
mukofotlari va nihoyat, 314695,1 so‘mini o‘zlashtirilmagan mukofotlar summasi 
tashkil etgan. 
To‘langan 
sug‘urta 
qoplamalari 
1188750,1 
qayta 
sug‘urtalash 
shartnomalariga binoan qoplama to‘lovlari bo‘yicha zararlar 506,3; ko‘rilgan 


115 
zararlarning netto qismi 1189256,4; qayta sug‘urtalashga qabul qilingan 
shartnomalar bo‘yicha hisoblangan vositachilik to‘lovlari 840,8; qayta sug‘urtalash 
bo‘yicha vositachilik to‘lovlarning netto qismi 840,8; sug‘urta ishini yuritish 
xarajatlari 5136,5; hisoblangan vositachilik hamda brokerlar siylovlari, qayta 
sug‘urtalash tantemlari va yig‘imlari 321,4; zararlarni qoplash zaxirasiga 
o‘tkazilgan mablag‘lar 1153961,8 ming so‘mni tashkil qilgan. 
2-jadval 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin