1-mavzu: Sug’urtaning mohiyati, funktsiyalari va bozor munosabatlaridagi o’rni


Tovar-moddiy zaxiralar hisobini tashkil etish



Yüklə 77,64 Kb.
səhifə2/3
tarix21.12.2023
ölçüsü77,64 Kb.
#187682
1   2   3
Moliyaviy xisob

2.Tovar-moddiy zaxiralar hisobini tashkil etish.
Tovar-moddiy zaxiralar - keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar. Bugungi kunda avvalo, tovar-moddiy zaxiralarining tarkibi, holati, harakati, miqdori, sotib olinishi yoki ishlab chiqarilishi, baholash va qayta baholash tartiblariga e'tibor berish lozim.
Buxgalteriya hisobining ma’lumotlari o‘zida mahsulotning tannarxini kamaytirish imkoniyatlarini – moddiy boyliklardan unumli foydalanish, sarflar me'yorini pasaytirish, tovar- moddiy qiymatliklarning talabga javob beradigan darajadagi saqlash, qo‘riqlash, shuningdek tovar-moddiy zaxiralar hisobining to‘g‘ri yuritilishi va boshqalar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni umumlashtirishi lozim.
Tovar-moddiy zaxiralarning buxgalteriya hisobiga qo‘yiladigan asosiy talablar: tashkilot bo‘linmalarida zaxiralar harakatining ombor hisobi va tezkor hisobi ma’lumotlarining buxgalteriya hisobi schyotlari ma’lumotlariga muvofiqligini; moliyaviy hisobotda aks ettirilgan tmzlar bo‘yicha ma’lumotlarning haqqoniyligini; zaxiralar miqdori va bahosinnng buxgalteriya hisobi tezkorligini; zaxiralarning harakatlanish jarayoni (kelib tushishi, joylashtirilishi va chiqib ketishi) va shuningdek haqiqiy mavjudligini to‘laqonli va uzluksiz tartibda to‘la aks ettirishni; tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha (aylanmalari va qoldiqlari bo‘yicha) sintetik hisob ma’lumotlarining analitik hisob ma’lumotlariga muvofiqligini ta’minlash. Ushbu talablarni bajarish maqsadida buxgalteriya hisobi oldiga bir qancha vazifalar qo‘yiladi .
Tovar-moddiy zaxiralarni ma’lum muddatga (masalan, moliyaviy hisobotni tuzish sanasigacha) bo‘lgan davrda xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida bo‘lgan barcha zaxiralar, ular qayerda joylashgan bo‘lishidan qati nazar, tovar-moddiy zaxiralarga olib boriladi. Ya’ni, buyumni xo‘jalik yurituvchi subyektning tovarmoddiy zaxiralariga o‘tkazishning xal qiluvchi mezoni bo‘lib uning mazkur buyumga bo‘lgan mulkiy huquqi hisoblanadi. Shu bilan birga, xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli hududda boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning mulki bo‘lgan buyumlar bo‘lishi mumkin.
Konsignatsiya shartnomasi asosida kelib tushgan tovarlar yoki tovar-moddiy zaxiralarni sotish haqida hisob-kitob hujjatlari rasmiylashtirilib, ammo o‘z vaqtida xaridor tomonidan olib chiqib ketilmagan . tovarlar bunga misol bo‘la oladi. Bular xo‘jalik yurituvchi subyektning tovarmoddiy zaxiralariga kirmaydi.
Tovar-moddiy zaxiralar hisobining vazifalari Tovar-moddiy zaxiralarning buxgalteriya hisobi birligi xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan mustaqil tarzda shunday belgilanadiki, ushbu birlik mazkur zaxiralar to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborotning shakllantirilishini, shuningdek ularning mavjudligi va harakati ustidan tegishli nazorat o‘rnatilishini ta’minlashi
Tovar-moddiy zaxiralar hisobining vazifalari Tovar-moddiy zaxiralar harakati bilan bog‘liq muomalalarni o‘z vaqtida tegishli hujjatlarda rasmiylashtirish Mahsulot (ish, xizmat) va tovar sotishda shartnomalar bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish Sotilgan mahsulotning assortiment va hajmi bo‘yicha hamda sotish rejasining bajarilishini nazorat qilish qilish.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan davr xarajatlarini o‘z vaqtida aniq hisob-kitob qilish Ichki resurslarni ishga solish maqsadida ortiqcha va foydalanilmayotgan tovarmoddiy zaxiralarni aniqlash va sotish Moddiy texnika ta’minoti rejasining bajarilishi ustidan nazorat olib borish Mahsulot tannarxini hisoblashda sarflangan materiallarni kalkulatsiya obyektlari o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlash Tovar-moddiy zaxiralarining to‘g‘ri saqlanishi ustidan nazorat olib boorish.
Materiallarning ishlab chiqarishga to‘g‘ri sarflanishi hamda ularni sarflash me’yorlariga rioya qilish ustidan uzluksiz nazorat olib borish Sotilgan mahsulot uchun olingan tushumni aniq hisob-kitob qilish, foyda summasini to‘g‘ri aniqlashva boshqalar TMZni yetkazib beruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida bo‘ladigan hisoblashishlarni kelishilgan vaqtda amalga oshirish Yo‘ldagi tovarlar, mahsulotlar va moddiy qiymatliklarning harakati va tovar-moddiy zaxiralarni yetkazib berish sanalari ustidan nazorat o’rnatish lozim. 4-BHMSga muvofiq, yuqori sanab o‘tilgan tovar-moddiy zaxiralar turlari buxgalteriya balansining “Tovar-moddiy zaxiralar” umumiy moddasi doirasida birlashtirilgan.
Ushbu moddaga 21-son BHMSning quyidagi schyotlari qoldiqlari mos keladi: 1000-“Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar”; 1100-“O‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi schyotlar”; 1500 -“Materiallarni tayyorlash va xarid qilishni hisobga oluvchi schyotlar”; 1600 -“Materiallar kiymatidagi farklarni hisobga oluvchi schyotlar.
2000 -“Asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar”; 2100-“O‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar”; 2300-“Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar”; 2500 -“Umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar”; 2600 -“Ishlab chiqarishdagi yaroksiz mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar”; 2700 -“Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarni hisobga oluvchi schyotlar”; 2800 -“Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar”; 2900 -“Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar”. Oldingi hisobot davri oxiridagi tovar-moddiy zaxiralar qoldig‘i ushbu hisobot yili boshlanishiga o‘tkaziladi.


Yüklə 77,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin