MAVZU: ISHLAB CHIQARISH ZAXIRALARINING BUXGALTERIYA HISOBI
Xo‘jalik yuritishning muhim omili bo‘lib korxonaning ishlab chiqarish zahiralariga
ega bo‘lishligi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish zaxiralari –bu ishlab chiqarishning moddiy asosini tashkil
etuvchi mehnat predmetlaridir. 4-son BHMS «Tovar-moddiy zahiralar» ga muvofiq,
ishlab chiqarish zahiralariga quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘lgan aktivlar kiradi:
•
Xom- ashyo va materiallar- mahsulot (ish, xizmat) ni ishlab chiqarish
(bajarish)da uning moddiy asosini tashkil qiluvchi mehnat predmetlari;
•
Yarim tayyor mahsulotlar ( polufabrikatlar ) –bu ishlovning ma’lum
texnologik bosqichlaridan o‘tgan, lekinda mustaqil tayyor material sifatida tan olinishi
mumkin bo‘lmagan, keyingi ishlavga muhtoj mehnat predmetlari;
•
Butlovchi qismlar – bu buyumni bir butun holatga keltirishda zarur bo‘lgan
qismlari.
99
•
Yoqilg‘i –bu ishlab chiqarishda ishlatiladigan yoqilg‘ilar (benzin, kerosin,
salyarka, suyultirilgan gaz va boshqalar);
•
Moylash materiallari –bu texnik vositalarni ishlatishga ketadigan solidol, aftol
va shu kabi moylar.
•
Ehtiyot qismlar –bu texnik vositalarning tarkibiy unsurlari ( porshen, gilza,
ballon, kamera va boshqalar );
•
Qurilish materiallari – bu ob’ektlarni qurish, ta’mirlashda qullaniladigan
materiallar (g‘isht, taxta, sement va boshqalar);
•
Yem-xashaklar – bu korxonalarning balansida turgan hayvonlarni saqlash,
o‘stirish, boqish uchun yetishtirilgan, sotib olingan omuxtalar, ko‘kat o‘tlar, silos,
yontoq, samon va shu kabi yem-xashaklar.
•
Tara- bu mahsulotlarni o‘rashda, tashishda, saqlashda ishlatiladigan aktivlar (
butulka, bochka, yashik , xalta va boshqalar );
Ishlab chiqarish zahiralariga yuqoridagilardan tashqari istesno tariqasida
inventarlar va xo‘jalik buyumlari, shuningdek o‘stirishdagi va boquvdagi mollar ham
kiradi.
Ishlab chiqarish zahiralari ishlab chiqarishdagi roliga ko‘ra asosiy va yordamchi
zaxiralarga bo‘linadi.
Asosiy ishlab chiqarish zahirasi deganda ishlab chiqariladigan mahsulotni asosiy
komponentini tashkil etadigan xom - ashyo materiallar tushuniladi. Masalan, kolbasa
ishlab chiqaruvchi korxona uchun asosiy xom-ashyo material bo‘lib go‘sht hisoblanadi.
Qolgan materiallar, aytaylik, chesnok, qalampir, tuz, sirka, o‘rash plyonkasi, shpagat va
boshqalar ushbu korxona uchun yordamchi materiallar hisoblanadi. Xuddi shunday
qurilish tashkilotida qurilish materiallari, transport korxonasida ehtiyot qismlar asosiy
ishlab chiqarish zaxiralari bo‘lib xizmat qiladi.
Ishlab chiqarish zahiralari hisobining vazifalari. Ishlab chiqarish zaxiralari
bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
•
Ishlab chiqarish zaxiralarini ularning moxiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos
ravishda hisobga olish;
•
Ishlab chiqarish zaxiralarini to'g'ri turkumlash va guruxlarga ajratish;
•
Ishlab chiqarish zaxiralarini to'g'ri baxolash;
•
Ishlab chiqarish zaxiralariga kilingan kushimcha harajatlarni (tashib keltirish, boj
va soliq to‘lovlari, kurs o‘rtasidagi farqlar, ustamalar, sertifikatsiyalash va boshqalar)
to'g'ri hisobga olish, ularni uz vaktida sotib olingan zaxiralar tannarxiga (kiymatiga) yoki
korxona harajatlariga kiritish.
•
Ishlab chiqarish zaxiralari xolati va harakatini to'g'ri, uz vaktida va tegishli
boshlangich hujjatlar bilan rasmiylashtirish hisobga olish;
Og’abek Kv, [12/1/2022 9:59 PM]
•
Ishlab chiqarish zaxiralariga moddiy javobgarlikni ta’minlash, moddiy javobgar
shaxslar tomonidan hisobotlarni tug‘ri va o‘z vaqtida tuzilishi, taqdim etilishini nazorat
qilish;
•
Ishlab chiqarish zaxiralari holati va harakati bo‘yicha moddiy javobgar
shaxslarning hisobotlari ma’lumotlari va hisob ma’lumotlarini to‘liq uyg‘unligini
ta’minlash;
•
Ishlab chiqarish zaxiralarining butligini ta’minlash, buning uchun ularni
belgilangan muddatlarda kayta ruyxatdan utkazish (inventarizatsiya kilish), uning
natijalarini to'g'ri
100
•
Mavjud ishlab chiqarish zaxiralaridan unumli foydalanish, buning uchun
omborlarda
me’eridan
ortiq
zaxiralarni
saqlamaslik,
ularni
qo‘shimcha
nobudgarchiliklariga yo‘l qo‘ymaslik, keraksiz materiallarni sotish va uning natijalarini
to'g'ri hisobga olish;
•
Ishlab chiqarish zaxiralarini asosli ravishda qayta baholash va uning natijalarini
hisobda to‘g‘ri aks ettirish;
•
Arzon baholi buyumlarning eskirishini to‘g‘ri hisoblash, to‘liq eskirgan
buyumlarni o‘z vaqtida hisobdan chiqarish, ularni balans qiymatini hisobotda to‘g‘ri aks
ettirish.
Ishlab chiqarish zahiralarini baholash. Ishlab chiqarish zaxiralari 4-son BHMS
«Tovar- moddiy zaxiralarga muvofiq (p.7) ularning tannarxi yoki sotilishini sof
qiymatidan biri bo‘yicha eng kichigini tanlash yo‘li bilan baholanadi.
Ishlab chiqarish zaxiralarining tannarxi-bu ularni sotib olishga yoki ishlab (https://fayllar.org/ishlab-chiqarish-va-ishlab-chiqarish-funksiyasi-ishlab-chiqari.html)
chiqarishga ketgan barcha harajatlar majmuasi.
Sotib olingan ishlab chiqarish zaxiralarining tannarxi ularni sotib olish
qiymati, bojxona yig‘im va to‘lovlari, sertifikatsiya harajatlari, komissiya to‘lovi,
transport-tayyorlov va boshqa sotib olishda ketgan harajatlarni o‘z ichiga oladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘lovchi hisoblanmagan korxonalarda ishlab
chiqarish zaxiralarini sotib olishda ta’minotchilarga to‘langan QQS ham ularning
tannarxiga kiritiladi. QQS ni to‘lovchi korxonalarda zaxiralarni sotib olishda to‘langan
QQS summasi byudjetga ushbu soliq bo‘yicha qarzdan chegiriladi (zachetga olinadi).
Ishlab chiqarilgan zaxiralarning tannarxi –bu o‘z kuchi bilan ishlab chiqarilgan
materiallar va boshqa zaxiralarga ketgan bevosita va bilvosita moddiy, mehnat va boshqa
ustama harajatlar majmuasi.
Sotishning sof qiymati –bu ishlab chiqarish zaxirasining tannarxidan kichik
qiymati bo‘lib, faqatgina ularni keragidan ko‘p miqdorda yig‘ilib qolganida bahoni
pasaytirish hollarida vujudga keladi. Bunday holda ishlab chiqarish zaxiralari
pasaytirilgan baholarda, ya’ni sotishning sof qiymatida balansda aks ettiriladi.
Ishlab chiqarish zaxiralari qiymati 4- son BHMS ga muvofiq ( p. 16-18 ) quyidagi
usullarning birida baholanadi:
•
FIFO –zaxiralarni kelib tushish vaqtidagi bahosida chiqim qilish, ya’ni birinchi
tushum, birinchi chiqim .Ushbu usulda oldin kelgan zaxira oldin sarflanadi va ishlab
chiqarish tannarxiga kelib tushgan bahosida kiritiladi, ushbu zaxira tugagach, keyingi
tushgan zaxira tushgandagi bahosida sarflanadi va ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladi.
Ushbu usulning harakterli xususiyati shundaki, hisobot davri oxirida korxonada faqatgina
oxirgi navbatda va baholarda kelib tushgan zaxiralar qoladi. Keyingi oyda qolgan
zaxiraning chiqimi birinchi navbatda kelib tushgan bahosida ishlab chiqarish tannarxiga
kiritiladi. Masalan, «A» material 5 yanvarda 1000 dona 100 sumdan jami 100000 sumga,
15 yanvarda 2000 dona 150 sumdan 300000 sumga, 20 yanvarda 1000 dona 200 sumdan
200000 sumga kelib tushdi. Aytaylik, yanvarda jami materiallardan 3500 donasi ishlab
chiqarishga sarflandi. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilgan zaxiralarning qiymati ushbu
usulda jami 500000 sumni tashkil etadi. Oy oxirida omborda 20 yanvarda kelib tushgan
va ishlatilmay qolgan 500 dona material 200 sumdan jami 100000 sumga zaxira bo‘lib
qoladi. Keyingi oyda ushbu materialni ishlab chiqarishga sarflanishi aynan shu bahoda,
ya’ni 200 sumdan chiqim qilinadi.
PDF created with pdfFactory trial version
101
•
AVEKO- bu zaxiralar qiymatini o‘rtacha narxlardagi baholar bo‘yicha hisobdan
chiqarish usuli. Yuqoridagi misolimizda kelib tushgan bir dona materialning o‘rtacha
qiymati 150 so‘mni ( 600000/4000) , ishlab chiqarishga sarflangan materialning qiymati
525000 sumni (3500*150 ) va oy oxirida qolgan materiallar qiymati 75000 so‘mni
(500*150) tashkil etadi.
•
LIFO- bu zaxiralarni oxirgi tushum bahosidan boshlab hisobdan chiqarish usuli.
Yuqoridagi misolda ishlab chiqarishga sarflangan materiallar qiymati 550000 sumni (
1000*200+2000*150+500*100), oy ixirida qolgan materiallar qiymati –50000 sumni
(500*100) tashkil etadi. Baholarni o‘sib borishi yuz berayotgan sharoitda ushbu usul
dastlab tannarxni oshishiga, keyinchalik esa kamayishiga, oy oxirida eski narxlardagi
materiallarni omborlarda qolib ketishiga olib keladi. Shuning uchun materiallarni ko‘p
martalab qayta baholash zaruriyati tug‘iladi.
Zaxiralarning yuqorida keltirilgan usullari ishlab chiqarilgan mahsulotlarni
tannarxiga va ularning qoldiq qiymatiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Chunonchi, eng kichik
tannarx va eng katta zaxiralar qoldig‘i FIFOda, eng katta tannarx va eng kichik zaxiralar
qoldig‘i LIFO da yuz beradi. Bizning misolimizda, jumladan bu quyidagicha:
KO‘RSATKICHL
AR
FIFO
AVEKO
LIFO
Tannarx
500000
525000
550000
Zaxira qoldig‘i
100000
75000
50000
Ishlab chiqarish zaxiralari qiymatini baholash usullari tannarx orqali foydaga, u
orqali esa foydadan( daromaddan) olinadigan soliqlarga ham turlicha ta’sir ko‘rsatadi.
Misol uchun zaxiralardan 3500 donasi 250 sumdan sotildi deylik. Bunda korxonaning
sotishdan olgan foydasi va foydadan olinadigan soliqlar (davr harajatlari , soliq bazasiga
qayta qo‘shiladigan harajatlar va imtiyozlar hisobga olinmagan shartli ravishda)
quyidagicha bo‘ladi.
KO‘RSATKICHLAR
FIFO
AVEKO
LIFO
Sof tushum
875000
875000
875000
Tannarx
500000
525000
550000
Foyda
375000
350000
325000
Foyda solig‘i, 20%
75000
70000
65000
Infrastruktura-
ni rivojlanti-
rish solig‘i, 8%
24000
22400
20800
Misoldan ko‘rinib turibdiki, eng katta foydadan olinadigan soliqlar FIFO da, eng
kichigi esa LIFO da namoyon bo‘ladi.
BXMS №4 ga muvofiq (p.17 ) O‘zbekiston Respublikasida ko‘proq e’tiborli
bo‘lgan FIFO va AVEKO usullarni qo‘llash ko‘zda tutilgan, LIFO usulini qo‘llash
ko‘zda tutilmagan.
Xo‘jalik
yurituvchi
sub’ektlar
ishlab
chiqarish
zaxiralarining
qiymatini
baholashning yuqorida keltirilgan FIFO va AVEKO usullaridan birini tanlab olishlari va
uni o‘zlarining hisob siyosatlarida ko‘rsatishlari kerak. Bir vaqtning o‘zida ikki usulni
PDF created with pdfFactory trial version
102
qo‘llash ta’qiqlanadi. Bir usuldan ikkinchisiga asos bo‘lganda o‘tish mumkin va bu
to‘g‘rida hisob siyosatiga kiritilgan o‘zgaritirishlar tegishli organlarga yetkazilishi kerak.
Ishlab chiqarish zaxiralarining saqlash joylaridagi hisobi. Korxonalarda ishlab
chiqarish zaxiralarining saqlanish joylari bo‘lib omborlar, sexlar, maydonchalar,
uchastkalar, molxonalar va boshqalar hisoblanadi. Barcha saqlash joylarida zaxiralar
bo‘yicha aniq moddiy javobgar shaxslar belgilanadi va ular bilan moddiy javobgarlik
to‘g‘risida shartnomalar tuziladi.
Moddiy javobgar shaxslar bo‘lib ombor mudirlari, sex boshliqlari, xo‘jalik bo‘limi
mudirlari, prorablar, garaj boshlig‘i, mol boqar cho‘ponlar, bo‘rdoqichilik bazalari
mudirlari va boshqalar hisoblanadi.
Moddiy javobgar shaxslarning asosiy vazifalariga ishlab chiqarish zaxiralarini o‘z
vaqtida kirim qilish, korxona raxbari farmoyishi bilan ularni ishlab chiqarish sexlari va
uchastkalariga ko‘rsatilgan miqdorda berish, moddiy boyliklarni butligini to‘liq
ta’minlash, talon-tarojlikga yul qo‘ymaslik, zaxiralarning kirim va chiqimini to‘g‘ri va
o‘z vaqtida tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish, ularning holati va harakati to‘g‘risida
hisobotlarni belgilangan muddatlarda to‘g‘ri tuzish va buxgalteriyaga topshirish kiradi.
Ishlab chiqarish zaxiralari ularning saqlanish joylarida soniy va summaviy jixatdan
miqdor va pul o‘lchovlarida hisobga olinadi. Buning uchun har bir ishlab chiqarish
zaxirasiga inventar kartochka ochiladi yoki umumiy obmor kitobi yuritiladi. Bunda
quyidagi boshlang‘ich va jamlama hujjatlar ishlatiladi:
•
Kirim bo‘yicha:
1. Schyot faktura – tashqi ta’minotchilardan olingan ishlab chiqarish zaxiralarini
qabul qilishda.
2. Nakladnoy- ichki bo‘linmalardan kirim qilishda.
3. Qabul qilish dalolatnomasi – ta’sischilardan, boshqa shaxslardan qaytarib
bermaslik sharti bilan qabul qilinganda, ichki almashuvda, yordamchi ishlab chiqarishdan
olinganda, ilmiy izlanishlar va tajriba –konstruktorlik ishlanmalari natijasi sifatida kirim
qilinganda va boshqa hollarda.
4. Inventarizatsiya varag‘i va taqqoslama qaydnoma – inventarizatsiyada
ortiqchalar aniqlanganda, bir moddiy javobgar shaxsdan ikkinsisiga topshirilganda
•
Chiqim bo‘yicha:
Talabnoma – ombordan ishlab chiqarishga berilganda
2.Zabor varaqasi - bir moddiy javobgar shaxsdan ikkinchisiga har kunda ma’lum
miqdordagi materiallarni berib borish hollarida
3.Schet-faktura – materiallar chetga sotilganda, bepul berilganda, ta’sis badali
sifatida kiritilganda va boshqa hollarda
4.Hisobdan chiqarish dalolatnomalari – materiallarni hisobdan chiqarish hollari
bulganda va boshqalar.
Moddiy javobgar shaxslar kirim va chiqim hujjatlari asosida belgilangan
muddatlarda (hisob siyosatiga muvofiq belgilangan muddatlarda) moddiy hisobot
tuzadilar. Ushbu hisobotlar tasdiqlangan shakllarda tuziladi. Ularda ishlab chiqarish
zahiralarining holati va harakati soniy va summaviy ko‘rinishda aks ettiriladi. Moddiy
hisobotlar ikki nusxada tuziladi, moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi va
ularning birinchi nusxasi buxgalteriyaga topshiriladi. Aynan moddiy hisobotlar va ularga
tikilgan birlamchi hujjatlar ishlab chiqarish zahiralarining sintetik hisobini yuritishga
asos bo‘lib hisoblanadi.
PDF created with pdfFactory trial version
103
Materiallarning sintetik hisobi. Materiallarining sintetik hisobini yuritish uchun
21-son BHMS da quyidagi schyotlar ko‘zda tutilgan.
•
1010 «Xom –ashyo va materiallar». Ushbu schyotning debetida asosiy va
yordamchi xom-ashyo va materiallarning, qayta ishlov uchun tayyorlangan qishloq
xo‘jalik mahsulotlarining, yem-xashak va to‘shash materiallarining boshlang‘ich qoldig‘i
va ularni turli manbalardan kelib tushush evaziga ko‘payishi, kreditida esa –
materiallarning ishlab chiqarishga sarfi va boshqa chiqimlari natijasida
yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi.
•
1020 «Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar». Ushbu
schyotning debetida yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, qurilish detallari va
konstruksiyalarining mavjud qoldiqlari va ularni chetdan sotib olish evaziga ko‘payishi,
kreditida esa – ularning ishlab chiqarishga, qurilishga sarfi va boshqa chiqimlari
natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda
aks ettiriladi.
•
1030 «Yoqilg‘i». Ushbu schetning debetida mavjud neft mahsulotlari, yoqilg‘i-
moylash materiallarining (neft, benzin, kerosin, dizel yoqilg‘isi, moylar va boshqalar),
gazsimon yoqilg‘i turlarining (gaz va gazolin), shuningdek qattiq yoqilg‘i turlarining
(ko‘mir, o‘tin va boshqalar) qoldig‘i va ularni chetdan sotib olish evaziga ko‘payishi,
kreditida esa – ularning ishlab chiqarish va boshqaruvga sarfi, shuningdek boshqa
chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan
qiymatda aks ettiriladi.
•
1040 «Ehtiyot qismlar». Ushbu schetning debetida mashina va mexanizlar,
transport vositalarini ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlari, avtomobillarning
zahiradagi shinalarining mavjud qoldig‘i va ularni chetdan sotib olish evaziga
ko‘payishi, kreditida esa – ularning ishlab chiqarish va boshqaruvga sarfi, shuningdek
boshqa chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik
bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi.
•
1050 «Qurilish materiallari». Ushbu schetning debetida qurilish, qurilish –
montaj ishlari, qurilish detallari va konstruksiyalarini yasash uchun zarur bo‘lgan qurilish
materiallarining zahiradagi mavjud qoldig‘i va ularni chetdan sotib olish evaziga
ko‘payishi, kreditida esa – ularning qurilish, qurilish-montaj ishlariga, turli
konstruksiyalarni ishlab chiqarishga sarfi, shuningdek boshqa chiqimlari natijasida
kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks
ettiriladi.
•
1060 «Tara va tara materiallari». Ushbu schetning debetida xo‘jalik inventari va
buyumi sifatida ishlatilmayotgan barcha turdagi taralar, taralarni yasash va ta’mirlash
uchun zarur bo‘lgan material va detallarning zahiradagi mavjud qoldig‘i va ularni
chetdan sotib olish evaziga ko‘payishi, kreditida esa – ularning ishlatilishi, shuningdek
boshqa chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik
bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi.
•
1070 «Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar». Ushbu schetning
debetida chetga qayta ishlash uchun berilishi mumkin bo‘lgan asosiy va yordamchi
materiallarning zahiradagi mavjud qoldig‘i va ularni chetdan sotib olish evaziga
ko‘payishi, kreditida esa – ularning ishlatilishi, shuningdek boshqa chiqimlari natijasida
kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks
ettiriladi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
104
•
1090 «Boshqa materiallar». Ushbu schetning debetida yuqoridagi schetlarga
kiritilmagan, ishlab chiqarishdan , asosiy vositalarni tugatishdan va boshqa
operatsiyalardan olingan moddiy boyliklarning (chiqindilar, tuzatib bo‘lmaydigan brak
mahsulotlar, metallolom, eski shinalar va rezinalar, ishlatilgan moy, nigrol va sh.k.)
zahiradagi mavjud qoldig‘i va ularni ishlab chiqarishdan olinishi evaziga ko‘payishi,
kreditida esa – ularning ishlatilishi, shuningdek boshqa chiqimlari natijasida kamayishi
tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‘lgan qiymatda aks ettiriladi.
•
1510 «Materiallarni tayyorlash va sotib olish». Ushbu schet korxonaning hisob
siyosatida tayyorlov jarayonini alohida aks ettirish ko‘zda tutilgan holda qo‘llaniladi.
Uning debetida materiallarni tayyorlash va sotib olish jarayonining qiymati, kreditida esa
ushbu qiymatni kirim qilingan materiallar qiymatiga kiritilishi ettiriladi. Agar
korxonaning hisob siyosatida materiallarning kirimini bevosita to‘g‘ridan to‘g‘ri 1010-
1090 –schetlarda aks ettirish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda 1510-schet qo‘llanilmaydi.
•
1610 « Materiallar qiymatidagi chetlanishlar». Ushbu schet korxonaning hisob
siyosatida materiallarning tayyorlov va sotib olish qiymatini hisob baholarida aks ettirish
ko‘zda tutilgan holda qo‘llaniladi. Hisob bahosi bo‘lib, odatda, normativ yoki rejali
tannarx hisoblanadi. Tayyorlangan (sotib olingan) materiallarning haqiqiy tannarxini
hisob bahosidan ko‘p bo‘lishi ushbu schetning debetida, kam bo‘lishi esa uning kreditida
1510-schet bilan korrespondensiya-langan holda aks ettiriladi. 1610-schetning debet
qoldig‘i summasi hisob baholaridan ortiq qiymatda kelib tushgan materiallarga to‘g‘ri
keladigan chetlanishlar summasini ko‘rsatadi. Baholar o‘rtasidagi farqlar sotib olingan
materiallarni haqiqatda sarflangan vaqtida ularning hisob bahosidagi qiymatiga
proporsional ravishda harajatlar schetlariga kiritilib boriladi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Dostları ilə paylaş: |