1-mavzu: Sug’urtaning mohiyati, funktsiyalari va bozor munosabatlaridagi o’rni



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/29
tarix06.10.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#152613
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
sugurtaning mohiyati funktsiyalari va bozor munosabatlaridagi orni

 
9-Mavzu: Javobgarlik sug’urtasi va uni o’tkazish tartibi 
 
REJA: 
1. Javobgarlik sug’urtasida sug’urta ob’ekti va sub’ekti. Avtotransport vositalari 
egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini sug’urtalashning 
zarurligi va asosiy shartlari va sug’urta tarifi.
2. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalashning moxiyati va 
uni amalga oshirish tartibi. 
3. Kasbiy javobgarlikni sug’urtasi haqida tushuncha. Notariuslarning kasbiy 
javobgarligini sug’urtalash bo’yicha shartnoma tuzish. 
4. Notariuslarning kasbiy javobgarligini sug’urtasi bo’yicha sug’urta tarifini 
aniqlash va sug’urta da’volarini ko’rib chiqilishi. 
5. Auditorning kasbiy javobgarligini sug’urtasi bo’yicha sug’urta tariflarini 
aniqlash va sug’urta da’volarini ko’rib chiqilishi.
 
 
1.
Bozor munosabatlari sharoitida yuridik va jismoniy shaxslarning uchinchi 
shaxslar manfaatiga zarar etkazish xavfi kuchayadi. Bu xavfning ro’y berishi
natijasida etkazilgan zararni qoplash yuzasidan zarar etkazgan shaxslarning 
javobgarligini sug’urta qilish mamlakatimizda o’z rivojini topmoqda. Ana shunday 
javobgarlikni sug’urta qilishning keng tarqalgan turlaridan biri – transport 
vositalari egalarining uchinchi shaxslarga zarar etkazish fuqarolik javobgarligini 
sug’urtalashdir. 
Ma’lumki transport yuqori xavfni keltirib chiqaruvchi manbalardan biri 
hisoblanadi. 


Trasport haydovchisi transport vositasini boshqarish jarayonida uchinchi 
shaxslarning muayyan manfaatlariga, sog’lig’iga zarar etkazishi mumkin.
Yo’l transport hodisasi natijasida zarar ko’rgan shaxslar, ko’p holatlarda 
aybdorlardan zararni undirib ololmaydilar. G’ayri qonuniy harakat tufayli yuridik 
yoki jismoniy shaxslarning sog’lig’i, hayoti yoki mol-mulkiga etkazilgan aybdor 
shaxs tomonidan to’liq hajmda qoplanishi lozim. Qonun hujjatlarida zararni to’lash 
majburiyati zarar etkazuvchi bo’lmagan shaxsga yuklatilishi mumkin. Zarar 
etkazgan shaxs agar zarar o’z aybi bilan etkazilmaganligini isbotlasa zararni 
to’lashdan ozod etilishi 
mumkin. 
Bugungi kunda aholi turmush darajasining doimo oshib borishi transport 
vositalarining yanada takomillashishi jahonda avtomobillar sonining muntazam 
o’sishiga olib kelayapti. 
Afsuski transport vositalari sonining ko’payishi salbiy oqibatlarga olib 
keladi. Ya’ni, yo’l-transport hodisasi bilan bog’liq/ 
Hozirgi sharoitda yuridik va jismoniy shaxslarning uchinchi shaxslar 
manfaatiga zarar etkazish xavfi kuchaymoqda. Bu xavfning ro’y berishi
natijasida etkazilgan zararni qoplash yuzasidan zarar etkazgan shaxslarning 
javobgarligini sug’urta qilish mamlakatimizda o’z rivojini topmoqda. Ana shunday 
javobgarlikni sug’urta qilishning keng tarqalgan turlaridan biri – transport 
vositalari egalarining uchinchi shaxslarga zarar etkazish fuqarolik javobgarligini 
sug’urtalashdir. 
Ma’lumki transport yuqori xavfni keltirib chiqaruvchi manbalardan biri 
hisoblanadi. 
Trasport haydovchisi transport vositasini boshqarish jarayonida uchinchi 
shaxslarning muayyan manfaatlariga, sog’lig’iga zarar etkazishi mumkin.
Yo’l transport hodisasi natijasida zarar ko’rgan shaxslar, ko’p holatlarda 
aybdorlardan zararni undirib ololmaydilar. G’ayri qonuniy harakat tufayli yuridik 
yoki jismoniy shaxslarning sog’lig’i, hayoti yoki mol-mulkiga etkazilgan aybdor 
shaxs tomonidan to’liq hajmda qoplanishi lozim. Qonun hujjatlarida zararni to’lash 
majburiyati zarar etkazuvchi bo’lmagan shaxsga yuklatilishi mumkin. Zarar 
etkazgan shaxs agar zarar o’z aybi bilan etkazilmaganligini isbotlasa zararni 
to’lashdan ozod etilishi mumkin. 
Bugungi kunda aholi turmush darajasining doimo oshib borishi transport 
vositalarining yanada takomillashishi jahonda avtomobillar sonining muntazam 
o’sishiga olib kelayapti. 
O’zbekiston Respublikasida engil avtobil ishlab chiqarish sanoatining 
sanoatining rivojlanishi ma’lum bir ma’noda transport vositalari sug’urtasini
hamda transport vositalari egalarini fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtasini 
rivojlanishiga va sug’urta kompaniyalariga ma’lum bir ma’noda aniq vazifalarni
yuklashi tabiiy albatta. Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, Respublikamiz 
xududida engil avtomobillar sonining keskin ravishda o’sib borishi jamiyatimiz va 
uning vakillari uchun foydali hisoblanadi. Lekin shu bilan bir qatorda shuni 
unutmaslik kerakki, avtotrasport soning keskin ravishda ortib borishi o’z-o’zidan 
yo’llarimiz hududida hunuk va noxush xodisalarni yuzaga keltirishi mumkin. 


Barchamizga ma’lumki 2008 yil 22 oktyabrda O’zbekistonda “Transport 
vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash to’g’risida”gi 
Qonun kuchga kirdi. 2009 yilning 22 yanvaridan boshlab transport vositalari 
egalari fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash (FJMS) polisiga ega 
bo’lmaganlar, eng kam ish haqi miqdorida, mansabdor shaxslar esa eng kam ish 
haqining uch barobari miqdorida jarima to’ladilar. 
Transport 
vositalari 
egalarining 
fuqarolik 
javobgarligini 
majburiy 
sug’urtalashda jabrlanuvchining mulkiga zarar etganda eng ko’pi bilan $1050, 
jabrlanuvchining sog’lig’i yoki hayotiga zarar etganda esa eng ko’pi bilan $1950 
miqdordagi mablag’ni ko’zda tutadi. Sug’urta qoplamasi sug’urtalovchi tomonidan 
bevosita jabrlanuvchiga etkazilgan zarar miqdorida, lekin yuqorida qayd etilgan 
qiymatdan ortiq bo’lmagan miqdorda to’lanadi. 
Bunda o’z-o’zidan nega zararning barchasi to’lanmaydi degan savol 
tug’iladi? Zararning hammasi ham qoplanishi mumkin, lekin buning uchun 
sug’urtalanuvchi majburiy sug’urtadan tashqari fuqarolik javobgarligini ixtiyoriy 
sug’urtalash polisiga ega bo’lishi kerak. Chunki etkazilgan zarar o’rnatilgan 
limitdan yuqori bo’lish holatlari ham kam emas. 
Masalan, sug’urtalanuvchi fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash 
polisiga ega bo’lsa, Qonunga muvofiq jabrlanuvchining mulkiga zarar etkazilganda 
sug’urta qoplamasi $1050ga teng miqdorda chegaralanadi, etkazilgan zarar 
miqdori $3000 ni tashkil etadi. Bu holda sug’urta kompaniyasi faqat ko’zda 
tutilgan $1050 ni to’laydi, qolgan qiymatni esa sug’urtalanuvchi o’z yonidan 
to’lashiga to’g’ri keladi. 
Transport 
vositalari 
egalarining 
fuqarolik 
javobgarligini 
majburiy 
sug’urtalashda sug’urta polisi qiymati birinchi navbatda transport vositasining turi 
va quvvatiga bog’liq (yillik baza stavkasi). Masalan, engil avomobil dvigatelining 
hajmi, avtobus va mikroavtobusning yo’lovchi sig’imi, yuk avtomobilining yuk 
ko’tarish qobiliyati qanchalik katta bo’lsa, polis narxi ham shuncha yuqori bo’ladi. 
Keyin quyidagilarga ko’ra sug’urta polisi narxini orttiruvchi va 
pasaytiruvchi koeffitsentlar qo’llaniladi: 
- transport vositasi ro’yxatga olingan joy; 
- transport vositasini boshqarishga ruxsat etilgan shaxslar soni; 
- o’tgan davr va haydovchi staji davomida sug’urta hodisalarining ro’y bergan yoki 
bermaganligi; 
- transport vositasidan foydalanishning mavsumiyligi; 
- qoida buzish holatlarining mavjudligi; 
- haydovchining yoshi. 
Shu bilan birga, ta’kidlash kerakki, fuqarolik javobgarligini majburiy 
sug’urtalash bo’yicha maksimal sug’urta mukofoti yillik baza stavkasiga muvofiq 
ravishda uning besh barobaridan yuqori bo’lmasligi kerak. 
Shunga ko’ra, agar sug’urtalanuvchi, masalan, divigatel hajmi 1200-2000 
sm
3
atrofida bo’lgan engil avtomobil egasi bo’lsa va undan taksi sifatida 
foydalanilmasa, fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalashning yillik polisi 
miqdori yuqorida qayd etilgan omillarga ko’ra $10,8 dan $67,5 gacha bo’lgan 
qiymatni tashkil etadi. 


Shu bilan birga, 1941-1945 yilgi urush qatnashchilari yoki partizanlari 
yohud ularga tenglashtirilgan shaxslar, 1941-1945 yildagi urush davri mehnat 
faxriylari, bolaligida ota-onalaridan biri yoki qayta turmushga chiqmagan beva 
ayol bilan birga kontsentratsion lagerda bo’lgan sobiq asirlar, xarbiy xizmatni 
o’tash chog’ida yarador, kontuziyasi yoki nogiron bo’lgan va shuning natijasida 
haok bo’lgan yoki frontda orttirilgan kasallik oqibatida vafot etgan xarbiy 
xizmatchilarning farzandlari, Chernobil AESidagi avariya natijasida jabrlanganlar, 
nafaqadagilar va nogironlar uchun sug’urta mukofoti narxining 50 foizi miqdorida 
chegirma belgilanadi. 
Transport 
vositalari 
egalarining 
fuqarolik 
javobgarligini 
majburiy 
sug’urtalashda sug’urtalanuvchi yo’l-transport hodisasi aybdori bo’lib qolsa va 
uchinchi bir shaxsga zarar etkazsa, bunday vaqtda sug’urtalanuvchi yoki 
sug’urtalanuvchining vakolatiga ega bo’lgan shaxs yo’l-transport hodisasi sodir 
bo’gandan so’ng 72 soatdan kechigmagan holda sug’urta kompaniyasining, yo’l 
harakati xavfsizligi xizmatining hodisa sodir bo’lgan va transport vositasi 
ro’yxatga olingan xududlardagi bo’limlarini yozma ravishda voqeadan xabardor 
qilishi lozim. 
Shuningdek, sug’urta kompaniyasiga sug’urta polisining asli yoki nusxasini 
ilova qilgan holda sug’urta to’lovini to’lash haqidagi ariza, etkazilgan zarar fakti 
va miqdorini, mulkka etkazilgan zarar vaqti va miqdorini, jabrlanuvchining 
shaxsini, vorislik yoki huquqqa egalikning kuchga kirishini tasdiqlovchi 
hujjatlarni, shuningdek, vorislarning shaxsini va huquqqa egalikning davlat 
ro’yxatidan o’tganini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi lozim. 
O’z navbatida, sug’urta kompaniyasi 15 kun muddatdan kechiktirmagan 
holda sug’urta qoplamasini to’lash to’g’risidagi arizani ko’rib chiqishi va o’z 
qarorini sug’urtalanuvchiga ma’lum qilishi shart. Sug’urta qoplamasi to’lash rad 
qilinganda, rad qilish to’g’risidagi qarorda asoslovchi dalillar ko’rsatilgan bo’lishi 
shart. 
Sug’urtalanuvchi, birinchi navbatda, o’z tashabbusi yoki sug’urta 
kompaniyasining talabi bilan zararlangan mulkni yoki uning qoldiqlarini zarar 
etkazilish holatlarini aniqlash va qoplanishi talab etiladigan zarar miqdorini 
aniqlash maqsadida ko’rib chiqish va mustaqil ekspertizadan o’tkazish uchun 
sug’urta kompaniyasiga taqdim etishi shart. 
Sug’urta kompaniyasi esa, o’z navbatida, agar o’zaro yozma ravishda 
boshqa muddat kelishilmagan bo’lsa, zararlangan mulk yoki uning qoldiqlarini 
besh kundan ortiq bo’lmagan muddat ichida ko’rib chiqishi va mustaqil ekpertizasi 
o’tkazishi darkor. 
Sug’urta kompaniyasi zarlangan mulkni yoki uning qoldiqlarini ko’rib 
chiqmasa va yuqorida qayd etilgan muddat ichida mustaqil ekspertiza o’tkazmasa, 
sug’urtalanuvchi shunday ekspertizani mustaqil ravishda tashkil etishi 
mumkin.Bundan tashqari, bunday holda sug’urtalanuvchi sug’urta kompaniyasiga 
zaralangan mulk yoki uning qoldiqlarini taqdim etmaslikka haqlidir, sug’urta 
kompaniyasi esa mazkur mustaqil ekspertiza natijalariga e’tiroz bildirishi mumkin 
emas. 


Sug’urta to’lovi uchun asos bo’lgan mustaqil ekspertiza qiymati sug’urta 
kompaniyasi tomonidan qoplanuvchi 
zarar tarkibiga kiritiladi, ammo har qanday 
takdirda ham umumiy to’lov o’rnatilgan sug’urta summasidan oshmasligi kerak. 
Shuni unutmaslik kerakki, sug’urta qoplamasini to’lash sug’urta kompaniyasi 
tomonidan zararnm qoplash to’g’risidagi qapor q a b u l qilingandan keyin 5 
kundan kechiktirmay amalga oshriladi
Boshqa variant. Mijoz jabrlanuvchiga etkazgan zararni o’z yonidan to’laydi,
sug’urta kompaniyasi esa o’rnatilgan limit (sug’urta miqdori) doirasida mijozning 
xarajatini qoplaydi. Ammo sharti shundaki, bu ishni mijoz o’z sug’urta 
kompaniyasining yozma roziligi asosida amalga oshirgan bo’lsa va unga etkazil-
gan zararni qoplaganini tasdiqlovchi hujjatlarni takdim etgan bo’lishi kerak. Agar 
mijoz zararni qisman qoplagan bo’lsa, sug’urta kompaniyasi sug’urta to’lovining 
tegishli qismini mijoziga, qolgan qismini esa jabrlanganga (uning vorisi yoki 
xuquqa egalik qiluvchi shaxsga) yuqoridagi shartga asosan to’laydi. Yana bir 
variant mavjud. Jabrlanuvchi hayotiga, sog’lig’iga va (yoki) mulkiga etkazilgan 
zararni qoplashni so’rab yozma ravishda o’zi polis olgan sug’urta kompaniyasiga 
murojat qiladi. O’z navbatida, ushbu kompaniyaning sug’urta qoplamasini to’lash 
bilan bog’liq barcha harajatlarini qoplaydi. Bu sug’urta holati zararni bevosita 
bartaraf etishi deb ataladi. Ta’kidlash joizki, sug’urta kompaniyasi mijozining 
tashabbusi yoki sug’urta kompaniyasining talabi bilan qabul qilingan zararni barta-
raf etish yoki kamaytirish bo’yicha kechiktirib bo’lmas choralar bilan bog’liq 
mijozning barcha talab qilingan va isbotlangan (sud xarajatlari, jarimalar va 
boshqa shunga o’xshash to’lovlardan tashqari) xarajatlarini qoplaydi. 
Mamlakatimiz sug’urta tarixida shu kunga qadar ushbu sug’urta turi 
bo’yicha faoliyat yurituvchi biror sug’urta kompaniyasining bankrotga uchrash 
holati kuzatilmagan. Ammo shunga qaramay, kelajakda bu holatning yuzaga 
kelmasligiga hech kim kafolat berolmaydi. 
2. 
O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi bugungi kunda xizmat 
burchini bajarayotgan paytida jarohat olgan xodimlarning ijtimoiy muhofazasini 
ko’zda tutadi. Mehnat Kodeksi ish beruvchining xodimiga etgan ziyon uchun 
javobgar ekanini belgilagan. Ma’lumki, Mehnat Kodeksining 189- va 192-
moddalariga binoan, ish beruvchi olgan jarohati, kasb kasalligi yoki mehnat 
jarayoni bilan bog’liq ravishda sog’lig’iga etgan zararni, shuningdek boquvchisini 
yo’qotganlik uchun etgan zararni belgilangan tartibda to’liq qoplashi shart. 
Ko’rinib turibdiki, xizmat burchini o’tayotgan paytda jarohat olgan 
xodimlarni moddiy jihatdan himoyalash ish beruvchi hisobidan amalga oshiriladi. 
Xodimning xizmat burchini o’tayotgan paytda olgan jarohati uchun ish beruvchi 
javobgar hisoblanadi. 
Shu bilan birga, ish beruvchi qoplashi kerak bo’lgan zarar hajmi doim ham 
ish beruvchining moliyaviy imkoniyatlariga mos kelavermaydi yoki ish 
beruvchining faoliyatiga sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin. Chunki ish beruvchi 
qoplashi kerak bo’lgan ziarar hajmiga bir vaqtda va har oyda to’lanishi kerak 
bo’lgan konpensatsiya to’lovlari kirishi mumkin. Masalan, Mehnat Kodeksining 
190-moddasiga binoan, xodimning sog’lig’iga etgan zarar uchun qoplanishi kerak 


bo’lgan mablag’ xodim jarohat olgan vaqtga qadar olgan oylik o’rtacha ish haqiga 
qo’shimcha ravishda, xodim olgan jarohat darajasiga qarab belgilangan oylik foiz, 
jarohat olishi bilan bog’liq harajatlarni qoplash, shuningdek, bir martalik nafaqa 
ko’rinishidagi to’lovdan iborat. Bir martalik nafaqa hajmi jamoa shartnomasida, 
agar shartnoma tuzilmagan bo’lsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi yoki 
xodimlarning boshqa vakolatli organi o’rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. 
Bunda jarohat olgan xodimga to’lanadigan bir martalik nafaqa hajmi jaroxatlangan 
xodimning bir yillik o’rtacha ish haqidan kam bo’lmasligi, halok bo’lgan 
xodimning oila a’zolariga beriladigan bir martalik nafaqa hajmi esa xalok bo’lgan 
xodimning oltita o’rtacha yillik ish haqidan kam bo’lmasligi kerak. 
Shu munosabat bilan, “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy 
sug’urtalash to’g’risida”gi Qonun barcha ish beruvchilarga ularning xodimlari 
xizmat burchini o’tayotgan paytda hayoti yoki salomatligiga ziyon etgan taqdirda 
majburiy tarzda sug’urta himoyasini taqdim etishni ko’zda tutadi.
Qonun xodimlarning xizmat burchini o’tayotgan paytda hayoti yoki 
salomatligiga ziyon etishi yoki kasb kasalligiga uchrashi, halok bo’lishi yohud 
kasb kasalligi oqibatida vafot etishi bois ish beruvchining javobgarligi yuzaga 
kelgan hollarda sug’urta kompaniyalari tomonidan davriy va bir martalik 
to’lovlarni to’lash uchun zarur mablag’larni to’lashlarini ta’minlovchi murakkab 
tizim uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 
Bugungi kunda mamlakatimizda turli mulkchilik shaklidagi 34 ta sug’urta 
kompaniyasi faoliyat ko’rsatmokda. Jumladan, “O’zbekinvest” EIMSK jadal 
rivojlanayotgan sug’urta kompaniyalaridan biridir. 1994 yilda tashkil etilgan ushbu 
kompaniya bugun barcha viloyatlar va Qoraqalpog’iston Respublikasida keng 
hududiy filiallar tarmog’iga va sug’urta bo’limlariga ega. 
Sug’urta qonunchiligiga asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligining “Umumiy sug’urtalash” ning 17 toifasi bo’yicha sug’urta qilish va 
qayta sug’urtalash xizmatlarini ko’rsatish huquqini beradigan litsenziyasiga ega 
ushbu kompaniya asosiy e’tiborini bugungi kundagi dolzarb vazifa – ish 
beruvchining fukaroligini majburiy sug’urta qilish ko’lamini kengaytirishga 
qaratmoqda. 
Sug’urtaning ushbu turining majburiyligi birinchi navbatda mamlakatning 
barcha ish beruvchilarini qamrab olish imkonini beradi. Bu esa o’z navbatida 
sug’urtaning ushbu turi bo’yicha minimal sug’urta tariflarini qo’llash imkonini 
yaratadi. Mohiyatan, majburiy sug’urtaning bu turi mamlakat ish beruvchilari 
o’rtasidagi jabr ko’rgan ish beruvchilar ko’rgan zararlarni qoplash uchun 
mo’ljallangan mablag’larni qayta taqsimlash mexanizmi sifatida ish ko’radi. 
Bu mexanizm birinchi navbatda jabr ko’rgan xodimlar ko’rgan zararni 
qonunda belgilangan sug’urta summasi doirasida qoplash kafolatini ta’minlaydi. 
Ikkinchidan, majburiy sug’urta ish beruvchi o’zining jabr ko’rgan xodmiga zararni 
qoplab berganda ham moliyaviy barqarorligi saqlanib qolishi va ish beruvchining 
faoliyatini qo’llab-quvvatlovchi real usul bo’lib xizmat qiladi.
Mazkur sug’urta turiga asosan ish beruvchi, ish beruvchining fuqarolik 
javobgarligini sug’urtalash shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchi, annuitetlar 
shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchi, jabrlanuvchi va naf oluvchi ushbu majburiy 


sug’urta turining sub’ektlari sanaladi. Jismoniy shaxs bilan qonunchilikda 
belgilangan tartibda mehnat shartnomasini tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs ish 
beruvchi deb tan olinadi. 
Mehnat jarohati, kasb kasalligi yoki xizmat burchini bajarayotgan vaqtda 
salomatligiga ziyon ktib, sug’urta qoplamasini olish huquqiga ega bo’lgan xodim 
jabrlanuvchi hisoblanadi. 
Naf oluvchi – xodim o’z xizmat burchini o’tayotgan vaqtda halok bo’lgan 
hollarda sug’urta qoplamasini olish huquqiga ega bo’lgan shaxslardir. Masalan, 
halok bo’lgannning qaramog’ida bo’lgan mehnatga layoqatsiz shaxslar, 
shuningdek, o’n olti yoshga etmagan farzandlari, otasining o’limidan keyin 
tug’ilgan bolasi, halok bo’lgan kishining ishlamaydigan yo bo’lmasa, bolalar 
tarbiyasi bilan band bo’lgan xotini (yoki eri), yoki halok bo’lgan kishining 
farzandlari, uch yoshga etmagan uka va singillari, nabiralarini tarbiyalayotgan 
oilaning boshqa a’zosi yoki halok bo’lganning o’limi kunida uning qaramog’ida 
bo’lish huquqiga ega bo’lganlar. 
Mehnat jarohati, kasb kasalligi yoki xizmat burchini bajarayotgan vaqtda 
salomatligiga ziyon ktib, sug’urta qoplamasini olish huquqiga ega bo’lgan xodim 
jabrlanuvchi hisoblanadi. 
Naf oluvchi – xodim o’z xizmat burchini o’tayotgan vaqtda halok bo’lgan 
hollarda sug’urta qoplamasini olish huquqiga ega bo’lgan shaxslardir. Masalan, 
halok bo’lgannning qaramog’ida bo’lgan mehnatga layoqatsiz shaxslar, 
shuningdek, o’n olti yoshga etmagan farzandlari, otasining o’limidan keyin 
tug’ilgan bolasi, halok bo’lgan kishining ishlamaydigan yo bo’lmasa, bolalar 
tarbiyasi bilan band bo’lgan xotini (yoki eri), yoki halok bo’lgan kishining 
farzandlari, uch yoshga etmagan uka va singillari, nabiralarini tarbiyalayotgan 
oilaning boshqa a’zosi yoki halok bo’lganning o’limi kunida uning qaramog’ida 
bo’lish huquqiga ega bo’lganlar. 
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash shartnomasi 
bo’yicha sug’urtalovchi umumiy sug’urta sohasida faoliyat olib borish huquqini 
beruvchi tegishli litsenziyaga, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi, 
viloyatlar va Toshkent shahrida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini 
majburiy sug’urtalash shartnomalari yoki annuitet shartnomalarini tuzish, ish 
beruvchi yoki jabrlanuvchi (naf oluvchi)larning sug’urta qoplamasini to’lash 
haqidagi talablarini belgilangan tartibda ko’rib chiqishga vakolatlangan alohida 
bo’linmalarga ega bo’lishi kerak. Annuitetlar shartnomasi bo’yicha 
sug’urtalovchilarga ham shunga o’xshash talablar qo’yilgan. Hayot sug’urtasi 
sohasida faoliyat yuritiyotgan sug’urtalovchilar annuitetlar shartnomasi bo’yicha 
sug’urtalovchilar sifatida ish ko’rishlari mumkin. 
Yuqorida ko’rsatilgan sug’urta sub’ektlarining majburiy sug’urtaning ushbu 
turini amalga oshirish chog’ida o’zaro munosabatda bo’lish tartiblari va shartlari 
Qonunda belgilab qo’yilgan. Sug’urta sub’ektlari o’zaro munosabatlari tartibi va 
shartlari majburiy sug’urtalashning ish mexanizmini tashkil etadi. 
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash jarayonini 
shartli ravishda ikki bosqichga bo’lish mumkin. Birinchi bosqich majburiy sug’urta 
shartnomasi imzolangan paytdan sug’urta hodisasi sodir bo’lgan kun yoki majburiy 


sug’urta shartnomasi tugagan sanagacha davom etadi. Ikkinchi bosqich majburiy 
sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta hodisasi yuzaga kelgan paytdan boshlanadi. 
Birichi bosqich sug’urta munosabatlarida faqat sug’urtaning ushbu turini 
amalga oshirgan sug’urtalovchi va ish beruvchi kabi sub’ektlar qatnashadi. Mazkur 
bosqichda majburiy sug’urta shartnomasi tuziladi va sug’urtaning ushbu turi 
bo’yicha sug’urta mukofoti to’lanadi. Sug’urta shartnomasiga binoan, 
sug’urtalovchi kelishilgan haq (sug’urta mukofoti) evaziga sug’urta hodisasi 
yuzaga kelganda ish beruvchi va jabrlanuvchi, yoki naf oluvchiga sug’urta 
shartnomasida kelishilgan sug’urta summasi doirasida sug’urta to’lovlarini to’lash
majburiyatini zimmasiga oladi. 
Ta’kidlash kerakki, majburiy sug’urta shartnomasining asosiy shartlari 
Qonunning o’zi bilan muvofiqlashtiriladi. Mazkur shartlar asosida Vazirlar 
Mahkamasining 177-sonli Qarori bilan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini 
majburiy sug’urtalash Qoidalari tasdiqlangan.
Ushbu Qoidalar majburiy sug’urtalashning mazkur turini amalga 
oshirishning umumiy qoidalari, subrogatsiya, sug’urtalovchini almashtirish yoki 
annuitetlar shartnomasiga ko’ra sug’urtalovchini o’zgartirish, yakuni qoidalar kabi 
umumiy shartlarni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, Qoidalar fuqarolik 
javobgarligini majburiy sug’urtalash shartnomasiga tegishli shartlarni ham o’z 
ichiga oladi. Bu shartlar majburiy sug’urta shartnomasini tuzish, o’zgartirish va 
muddatidan avval bekor qilish, sug’urta summasi, sug’urta mukofoti va uni to’lash 
qoidalari, majburiy sug’urta shartnomasida tomonlarning huquq va majburiyatlari, 
sug’urta hodisalarini ko’rib chiqish tartibi, ko’rilgan zarar hajmini aniqlash va 
majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta qoplamasini to’lash, shuningdek, 
annuitetlar shartnomasiga tegishli, annuitetlar shartnomasini tuzish tartibini 
belgilovchi shartlar, sug’urta summasi, sug’urta mukofoti va annuitetlar 
shartnomasi bo’yicha qaytarib sotib olish summasi, annuitetlar shartnomasida 
tomonlarning huquq va majzburiyatlari, annuitetlar shartnomasi bo’yicha joriy 
to’lovlar shaklida sug’urta qoplamalarini to’lash tartibi, annuitetlar shartnomasini 
o’zgartirish va muddatidan avval bekor qilish tartibidan iborat. 
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash shartnomasi 
oshkora shartnoma hisoblanadi va bir yil muddatga tuziladi. Lekin agar ish 
beruvchining faoliyati bir yildan kam muddat davom etishi mo’ljallangan bo’lsa, u 
holda shartnoma ish beruvchi tomsonidan ushbu faoliyatni olib borish muddatiga 
tuziladi. 
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalashda sug’urta 
mukofoti quyida keltirilgan formulalar orqali aniqlanadi: 
Shartnoma 1 yil muddatga tuzilganda: 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin