1-mаvzu: “Tadbirkorlik asoslari” fаniga kirish fanning predmeti va o’rganish usullarI



Yüklə 64,22 Kb.
səhifə8/10
tarix20.10.2023
ölçüsü64,22 Kb.
#158108
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mavzu. Iqtisodiyot va tadbirkorlik asoslari

Barqaror o’sish – bu ikkinchi muhim maqsaddir. Biz o’zimizning tovarlar va xizmatlar milliy ishlab chiqarilishini son jihatdan yalpi milliy mahsulot (YAMM) degan statistik ko’rsatkichining o’zgarishini ko’zatib baholaymiz. Iqtisodiy o’sish – bu aholi jon boshiga to’g’ri keladigan YAMM (aholi soniga bo’lingan umumiy YAMM)ning doimiy ko’payishidir. Biz ish faolligi qandaydir pastga tushishlarsiz yoki narxlarning tez o’sishisiz (inflyatsiyasiz), yoki ishsizlik oshmasdan, YAMM nisbatan doimiy sur`atlar bilan yiliga 4% dan 5% gacha o’sishiga erishish uchun intilamiz.
Ishlab chiqarish, bandlik va YAMMning o’sishi – bu ko’rsatkichlarning barchasi juda yaxshi o’lchanadi. Lekin biz ayrim boshqa iqtisodiy maqsadlarni ko’rib chiqishga o’tganimizda, ular to’g’risida biz umumiyroq yondashuvlardan kelib chiqib, fikrlashimiz lozim.
Tanlov erkinligi – bu deyarli har bir odam maqsadlar ro’yxatining birinchi qatoriga qo’yadigan maqsaddir. Lekin aniq terminlarda bu nimani bildiradi? Iqtisodchilar, tanlov erkinligi iste`molchilar, xodimlar va biznes uchun muhimligini ta`kidlashadi.
Iste`molchining tanlov erkinligi - iste`molchilar faqatgina o’z ehtiyojlari va xohishlariga asoslanib, juda keng doiradagi muqobil tovarlardan, o’zlari sotib olishni xohlagan tovarlarni tanlab olishlari mumkinligini bildiradi. Iste`molchiga - “Siz o’zingiz xohlagan har qanday razmerli va rangli shlyapani egasi bo’lishingiz mumkin, lekin bu shlyapa o’rta razmerda va qora rangli bo’lishi shart!” – deb gapiriladigan tizim bizni mutlaqo qoniqtirmaydi.
Kasbiy faoliyatni tanlash erkinligi – iqtisodiy erkinlikning muhim tomonidir. Erkaklar va ayollar havas bilan bajariladigan va ayni vaqtda shundan munosib ish haqi hamda shaxsiy qoniqish olinadigan ishni tanlash imkoniyatiga ega bo’lishni xohlaydilar. Va nihoyat, “erkin tadbirkorlik”ning muhimligi to’g’risidagi gaplarni tez-tez eshitib turamiz. Bu – tanlash erkinligining muhim jihatidir. Bu odamlarga o’z bizneslarini erkin tashkil etish va, natijada foyda ko’rish uchun, ishlab chiqarish omillaridan qulay tarzda foydalanish imkoniyatini beradi. Zamonaviy iqtisodiyot tizimi erkinlikning mana shu xususiy turi poydevoriga qurilgan.

Yüklə 64,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin