Imkoniyatlar tengligi – yana bir maqsad. Bu tanlash erkinligi bilan o’zviy bog’liq, chunki barcha odamlar taxminan teng darajadagi erkinlikka - iste`molchi, xodim va tadbirkor sifatida o’z huquqlarini amalga oshirish erkinligiga ega bo’lishlari lozimligini ta`kidlaydi.
Iqtisodiy xavfsizlikmaqsadi - bizning iqtisodiy jamiyatimiz a`zolari munosib oziq-ovqat, kiyim, turar joy va boshqa zarur narsalar olishga Yetarli miqdorda pulga ega bo’lishlariga intilishimizni bildiradi. Kambag’allikning keng tarqalishi nafaqat bizning odamlar uchun iqtisodiy xavfsizlik maqsadiga erishishga o’rinishimiz bekorga ketganidan dalolat beradi, balki jamiyatda iqtisodiy adolat maqsadiga erishish imkoniyati to’g’risida ham jiddiy savolni ko’taradi. Iqtisodiy hayotda betaraflik va adolat tushunchalarining talqiniga har kim ham qo’shilavermaydi, lekin deyarli barcha bu maqsad qo’yilishi va unga erishishga qaratilgan ishlar bajarilishi muhimligini tushunishadi.
Yana bir muhim iqtisodiy maqsad borki, u bir mamlakatning davlat chegaralari bilan cheklanib qolmay, boshqa mamlakatlarga ham tarqaladi. Bu – halqaro muvozanat (balans) maqsadi. Biz tashqi savdo va halqaro to’lovlar sohalarida mustahkam va muvozanatga keltirilgan aloqalarni saqlab turishni xohlaymiz. Bu maqsadga erisha olmaslik, nafaqat mamlakat ichkarisi va xorijda jiddiy iqtisodiy muammolar tug’dirishi mumkin, balki tinchlikka xavf tug’diradigan halqaro keskinlikning oshish ehtimoli ko’payishiga olib kelishi mumkin.
Hozirgi vaqtda iqtisodiyotning xususiy sektorida tadbirkorlik, asosiy iqtisodiy vazifalarni amalga oshirganda, davlat sektoriga nisbatan yuqoriroq samaradorlik va mehnat unumdorligini ta`minlaydi degan tushuncha butun dunyoda qabul qilingan. Milliy farovonlikning asosiy qismi korxonalar faoliyatining natijasi sifatida shakllanadi:
Tovarlar va xizmatlar. Korxonaning asosiy iqtisodiy vazifasi odamlar manfaatdor bo’lgan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va tarqatishdir. Tadbirkorlar ham iste`molchilar talabini aniqlab beruvchi, ham shu talabni qondirish uchun barcha zarur narsalarni bajaruvchi rolni ijro etishadi.
Bandlik. Korxonalar “haqiqiy” ish o’rinlarining asosiy ijodkorlaridir, ya`ni ishlashga muhtoj va ishlashni xohlaydigan odamlarning bandligini ta`minlaydilar. Haq to’lanadigan bandlik darajasi – milliy farovonlikning o’ta muhim ko’rsatkichidir.
Daromad. Korxona tomonidan ish o’rinlarini barpo etish orqali, ishchilarning ish haqi va xizmatchilarning maoshlari, foydalar va soliqlar shaklida, uning aktsiyadorlarining daromad bazasi mavjudligi ta`minlanadi.
1.1 . Ishchilar va xizmatchilarnig ish haqi, foydalar. Ish haqi va foydalar olish imkoniyatini taqdim etish masalasi, soliqlar to’lash va daromad (soliqlar to’langandan keyingi daromad)ni iste`mol qilish fondiga va moliyaviy mablag’larni iste`molchilari jamg’arma fondiga (investitsiya sarmoyasi) ko’chirish nuqtai nazaridan, biznes tomonidan Yechiladigan o’ta muhim masaladir.
Soliqlar. Alohida (jismoniy) shaxslar va korxonalardan soliq undirmasdan, davlat muassasalari va xizmatlarining faoliyat yuritishini iloji bo’lmas edi.
Soliqlar to’langandan keyingi daromad. Boshqacha aytganda, korxona ixtiyorida qoladigan daromad, deb nomlanadigan bu daromad, soliqlar to’langandan keyin hosil bo’ladi va iste`mol tovarlari xarid qilishga hamda jamg’armalar to’plashga sarflanishi mumkin.
5.1. Iste`mol maqsadlariga xarajat qilish. Pul mablag’larini iste`mol maqsadlariga sarflash, nafaqat asosiy ehtiyojlarni qondirish uchun, balki tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishini rag’batlantirishga qaratilgan talabni shakllantirish uchun ham zarurdir.
5.2. Shaxsiy jamg’armalar. Shaxsiy jamg’armalar – bu bevosita iste`mol qilish bilan bog’liq xarajatlarga sarflanmaydigan daromad.
Ishlab chiqarish jamg’armalariga sarmoyalar. Korxona sarmoyalarni zahiralar, taqsimlanmagan foyda, qarz orqali yoki korxona aktivlarini sotish yo’li bilan moliyalashtiradi.Foyda ko’rmay ishlaydigan korxonalar uchun esa, bu manbalardan foydalanish cheklangan bo’ladi. Korxona ishlab chiqarish quvvatlarini ko’paytirish: yangi texnologiyalar, modernizatsiyalash va ishlab chiqarish aktivlarini kengaytirish uchun investitsiya sarmoyasiga muhtoj bo’ladi.
Milliy farovonlik. Bizlarning ehtiyojlarimizni qondirish uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish vositalari, savdo va jamoat xizmatlari hamda texnologik “nou-xau”larning salmoqli qismi korxonalar faoliyatidan kelib chiqadi, ya`ni xususiy egalikda bo’lgan resurslarning iqtisodiy rivojlanishi natijasida paydo bo’ladi.