Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy komponentlari:
1. SHaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub`ekti va ob`ekti, ta`lim soxasidagi xizmatlarning iste`molchisi va ularni amalga oshiruvchisi.
|
2. Davlat va jamiyat - ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafili.
|
3. Uzluksiz ta`lim - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, ta`limni barcha turlarini davlat ta`lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi.
|
4. Fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi ilg’or pedagogik va axborot tehnologiyalarini ishlab chiquvchi
|
5. Ishlab chiqarish - kadrlarga bo’lgan extiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy texnika jihatdan ta`minlash jarayonining qatnashchisi.
|
“Ta`lim texnologiyalari” kursining maqsad va vazifalari
Ta`lim texnologiyalari (PT) - shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3-ming yillikda davlatimiz ta`lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o’qituvchi faoliyati yangilanadi, talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllantiriladi.
|
“Ta`lim texnologiyalari” - bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo’lib, u talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.
|
“Ta`lim texnologiyalari” fanining maqsad va vazifalari:
- bo’lajak kasb ta`limi o’qituvchilarini zamonaviy ta`lim texnologiyalarining nazariy asoslari bilimlari bilan qurollantirish;
- yaxlit pedagogik darajada ta`lim-tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etishlari uchun zarur mahoratlarga ega bo’lishlari;
- zamonaviy ta`lim texnologiyalari, g’oyalar maktablar, yo’nalishlar, keng turlarida yo’l topa bilish mahorati;
- pedagogik faoliyatni ijodiy va metodik to’g’ri rejalashtirishga tayyorlikni shakllantirish;
- mustaqil ishlash, mustaqil bilim olish, o’zini tarbiyalash va o’zini mutaxasislik darajasini doimiy oshirib borishga intilishni faollashtirish.
|
”Ta`lim texnologiyalari” fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
“Ta`lim texnologiyalari” fanini o’rganish pedagogika nazariyasi va tarixi, pedagogik mahorat, psixologiya, demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, falsafa, mantiq, etika, ma`naviyat, O’zbekiston tarixi, yosh fiziologiyasi va gigienasi bilan o’zaro bog’liqlikda quriladi.
|
7-ilova
Dostları ilə paylaş: |